Coldplay britan alternativ rok guruhi boʻlib, 1996-yili xonanda Chris Martin va gitarachi Jonny Buckland tomonidan London Universitet Kollejida tuzilgan.[1] Avvaliga nomi Pectoralz boʻlgan guruhga bas gitarachi Guy Berryman qoʻshilib, guruh nomi Starfish qilib oʻzgartirildi.[2] Keyinchalik dovulchi va back-vokalchi Will Champion guruhga keldi. Baʼzan menejer Phil Harvey norasmiy beshinchi aʼzo sifatida koʻrsatiladi.[3] Guruh 1998-yili Colplay deb atala boshlandi.[4] Bundan keyin guruh uchta EP: Safety (1998), Brothers & Sisters (singl, 1999) va The Blue Room (1999) chiqardi. The Blue Room Coldplay Parlophone studiyasi bilan shartnoma imzolaganidan keyin chiqargan ilk albomdir.[5]

Coldplay

Coldplay konsertda. Sentabr, 2005.
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi London
Mamlakat Angliya
Faoliyat yillari 1997 — bugun
Janr Alternativ rok
Leybl Parlophone, Capitol
Tarkib Chris Martin
Jonny Buckland
Guy Berryman
Will Champion
Vebsayt www.coldplay.com

2000-yili Coldplay "Yellow" nomli qoʻshiq va Parachutes albomini chiqarib, xalqaro shuhratga erishdi. Guruhning ikkinchi albomi A Rush of Blood to the Head (2002) tanqidchilar tomonidan maqtalib, bir necha mukofotlar, jumladan NME Yil Albomi sovriniga ega chiqdi. Keyingi albom, X&Y, 2005-yili jahonda eng koʻp sotilgan albom boʻldi. Toʻrtinchi, Viva la Vida or Death and All His Friends albomi (2008) Brian Eno produserligida chiqarildi va 51-chi Grammy Awards marosimida yutuqlarni qoʻlga kiritdi.[6] 2011-yil 24-oktabrida Coldplay beshinchi, Mylo Xyloto nomli albom chiqardi, bu albom 34 mamlakat chartlarida birinchi pogʻonalarga koʻtarildi va 2011-yilning eng koʻp sotilgan rock albomlaridan boʻldi.[7]

Guruh koʻplab mukofotlarga erishgan, bular qatoriga yettita Brit Award, beshta MTV Video Music Award va yettita Grammy Award kiradi. Coldplay jahon boʻylab 55 milliondan oshiq albom sotgan.[8][9] 2009-yil dekabrida Rolling Stone jurnali oʻtkazgan soʻrovda Coldplay 2000-yillarning toʻrtinchi eng yaxshi guruhi, deb olqishlandi.[10]

Coldplay musiqadan tashqari Make Trade Fair va Amnesty International kabi turli ijtimoiy va siyosiy kampaniyalarni dastaklab keladi. Guruh shuningdek Band Aid 20, Live 8, Sound Relief, Hope for Haiti Now: A Global Benefit for Earthquake Relief, The Secret Policeman's Ball va Teenage Cancer Trust kabi xayriya konsert va loyihalarida qatnashgan.[11]

Tarkib

tahrir
  • Chris Martin — bosh vokal, pianino/klavisha, gitara
  • Jon Buckland — gitara, garmonika, koʻmakdagi vokal
  • Guy Berryman — bass gitara, sintezator, garmonika, koʻmakdagi vokal
  • Will Champion — baraban/perkussia, pianino, koʻmakdagi vokal.

Diskografiya

tahrir

Turlar

tahrir
  • Parachutes Turi (2000—2001)
  • A Rush of Blood to the Head Turi (2002—2003)
  • Twisted Logic Turi (2005—2006)

Adabiyot

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Ali, Mehreen F. „All That Is Cold play“. Dawn (26-noyabr 2005-yil). 2008-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-may 2008-yil.
  2. (Roach 2003, p. 19)
  3. Roach, p. 22
  4. "Newsreel: An appeal to Wikipedia enthusiasts" (Wayback Machine saytida 2017-08-09 sanasida arxivlangan). Coldplay.com. 25-iyul 2008-yil. Retrieved 26-avgust 2009-yil.
  5. "Coldplay to Quit" (Wayback Machine saytida 2012-10-01 sanasida arxivlangan). Daily Star. 7-yanvar 2008-yil. Retrieved 5-may 2008-yil.
  6. „Nominations for the 51st Grammy Awards“. USA Today (3-dekabr 2008-yil). Qaraldi: 28-dekabr 2008-yil.
  7. Coldplay, Noel Gallagher and Foo Fighters revealed as biggest selling rock acts of 2011 NME. Retrieved 8-mart 2012-yil
  8. Critic's View: The Brit Awards, O2 Arena, London The Independent. Retrieved 26-fevral 2012-yil
  9. Emotional Adele Adds Top Brit Music Awards to Grammy Successes (Wayback Machine saytida 2014-10-20 sanasida arxivlangan) Bloomberg. Retrieved 26-fevral 2012-yil 20 awards
  10. Green Day Named Top Artists Of The Decade By Rolling Stone Readers (Wayback Machine saytida 2013-09-28 sanasida arxivlangan) MTV. Retrieved 9-fevral 2012-yil
  11. (Roach 2003, p. 122)

Havolalar

tahrir
  NODES
Intern 1
mac 4
os 12