Dajla (turkcha: Dicle; inglizcha: Tigris; arabcha: دجلة; kurdcha: Dîcle; forscha: دجله) — Turkiya va Iroqdagi daryo, qisman Suriya hududidan oʻtadi. Uz. 1850 km, havzasining mayDajla 375 ming km². Turkiyaning jan.sharqidagi togʻlardan boshlanadi. Al-Qurn sh. yaqinida Furot daryosi bilan qoʻshilgach, Shatt ul-Arab deb ataladi va Fors qoʻltigʻiga quyiladi. Eng yirik irmoqlari: Katta Zab, Kichik Zab va Diala. Yuqori oqimi, asosan togʻlar orasidan, oʻrta va quyi oqimi Mesopotamiya tekisligidan oʻtadi. Qishda Mesopotamiyaga yoqqan yomgʻirdan, bahorda togʻlardagi qor va muzlarning erishidan toshadi. Oʻrtacha suv sarfi Bagʻdod sh. yaqinida 1240 m³/sek, maksimal suv sarfi 10000 m³/sek, minimal suv sarfi 150 m³/sek. Yogʻin kam yogʻishi, bugʻlanish va sugʻorishga sarflanishi natijasida quyi oqimida suvi ancha kamayib ketadi. Daryo koʻplab loyqa, qum, shagʻal oqizib keladi. Quyilish joyidan Bagʻdod sh.gacha (suv koʻpayganda Mosul sh.gacha) kema qatnaydi. Dajlaning Bagʻdod sh.dan jan.dagi vodiysida joylashgan bir necha yirik koʻl uning suvini bir meʼyorda oqishini taʼminlaydi. Dajla sohillarida Diyorbakir (Turkiya), Mosul, Bagʻdod (Iroq) sh.lari joylashgan. Suv ombori bor. Dajla va Furot daryolari oraligʻi qaDajla sivilizatsiya markazlaridan boʻlgan (u yerda mil. av. Bobil, Ossuriya, Shumer va Akkad kabi yirik davlatlar joylashgan edi).

Dajla
Tavsif
Uzunligi 1 850
Suv sarfi m³/s
Davlat Iroq, Suriya va Turkiya
Dajla

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jilDajla Toshkent, 2000-yil


  NODES
os 14