Dala sichqonlari (Microtinae) -xomyaklar oilasining kenja oilasi, baʼzan alohida oila sifatida karaladi. Tanasining uzunligi 10–12 sm, baʼzi turlari 36 sm gacha. Kurak va oziq tishlari doimo oʻsib turadi. Shim. yarim shardagi barcha qitʼalar va orollarda tarqalgan. Yil davomida faol hayot kechiradi. Koʻpchiligi koloniya boʻlib yashaydi. 43 turi maʼlum. Dala sichqonlariga lemminglar, ondapgralar, koʻrsichqonlar, kulrang Dala sichqonlar, suv sichqonlari va shu kabilar kiradi. Asosan oʻsimliklarning yer ustki qismi bilan oziqlanadi, baʼzi turlari oziq gʻamlaydi. Koʻpchilik turlari tulyaremiya, leptospiroz kasalliklar mikroblarining tabiiy tashuvchisi hisoblanadi yoki ekinlarga ziyon keltiradi. Ondatralar va suv sichqonlari muynasi uchun ovlanadi.

Dala sichqonlari
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  NODES