Dissertatsiya (lotincha: dissertatio — tadqiqot, mulohaza) — ilmiy daraja olish uchun taqdim etilgan va jamoatchilik oldida yakka tartibda himoya qilinadigan ilmiy asar. Dissertatsiyani himoya qilish dastlab oʻrta asrlarda nemis tilida soʻzlashadigan mamlakatlarning universitetlarida paydo boʻlgan. 16—17-asrlarda boshqa mamlakatlarga ham tarqala boshlagan. Oʻzbekistonda 1934-yildan fan nomzodi va fan doktori ilmiy dara-jasini olish uchun D. himoya qilish joriy etila boshladi. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun himoya qilinadigan D. yangi ilmiy-amaliy xulosa va tavsiyalarni oʻz ichiga oli-shi, uning muallifi (dissertant) tanlangan mutaxassislik boʻyicha chuqur ilmiy-nazariy bilimga ega ekanligini koʻrsatib berishi lozim. Fan d-ri ilmiy darajasini olish uchun himoya qilinadigan D. fan va texnikaning muayyan sohasidagi katta ilmiy nazariy muammoni hal qilishi, fan va amaliyotning rivojiga ulkan hissa boʻlib qoʻshilishi lozim. Nomzodlik va doktorlik D.lari oliy oʻquv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot institutlarida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlarda himoya qilinadi. Himoyaga taqdim etilgan D.ning asosiy mazmuni alohida kitob tarzida yoki jur., ilmiy toʻplam va b. nashrlarda eʼlon qilinishi lozim. Ularning soni va hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan belgilanadi. Shuningdek, muhim ixtiro va kashfiyotlar, ayrim shaxs yoki jamoa tomonidan yangi mashina, boshqarish tizimi, turli asboblar, qurilma va texnologik jarayenlar yaratishdagi tugallangan ishlar, bir muallif tomonidan tayyorlangan mustaqil ilmiy yoki ilmiy metodik asar darajasida boʻlgan original dareliklar ham ilmiy maʼruza shaklida D. oʻrnida himoyaga takdim etilishi mumkin. D. himoyasi oldidan uning asosiy mazmuni va xulosalari yozilgan avtoreferat eʼlon qilinadi. Himoya qilingan nomzodlik va doktorlik D.lari OAK tomonidan belgilangan muddatlarda tasdiklangandan soʻng D. himoya qilgan shaxslarga davlat tomonidan tasdikdangan namunadagi diplom topshiriladi. Himoya qilingan D.lar himoya oʻtgan ilmiy muassasa kutubxo-nasida, shuningdek, muayyan soha kutubxonalarida saqlanadi.

OʻzRda 2000/2001 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tizimida magistrlar uchun ilmiy yoki ilmiy texnikaviy mazmundagi magistrlik D.sini himoya qilish joriy etilgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES
Done 1