Ebro (daryo)
Ebro — Ispaniyaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan daryo. Uzunligi 928 km, havzasining maydoni 86,8 ming km²ni tashkil qiladi. Kantabriya togʻlaridan boshlanib, Aragon tekisligidan oqadi, Katalon togʻlarini kesib oʻtib, Oʻrta dengizga delta hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 560 m³/sek. Qish va bahorda suvi koʻpayadi. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Daryo hududida GES qurilgan hamda undan Saragosa shahrigacha kema qatnaydi.
Ebro (daryo) | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 910 |
Suv sarfi | m³/s |
Davlat | Ispaniya |
Ebro (daryo) |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |