Ekstraksiyalash (lotincha: ajratayapman) – suyuq yoki qattiq moddalar tarkibidagi komponentlarni maxsus (selektiv) erituvchi (ekstragent)lar yordamida toʻla yoki qisman ajratish. Eksraksiyalashning fizik mohiyati ajratib olinayotgan (ekstraksiyalanayotgan) moddaning toʻqnashuv paytida bir faza (suyuq yoki qattiq faza)dan ikkinchi faza – suyuq ekstragent fazaga oʻtishidan iborat.

Ekstraksiyalash quyidagi jarayonlarni: dastlabki modda aralashmasi bilan ekstragentni toʻqnashtirish (aralashtirish); hosil boʻlgan ikki fazani mexanik ajratish; ekstragentni har bir fazadan ajratib olish va regeneratsiyalashni oʻz ichiga oladi.

Ekstraksiyalash jarayonidan sof farmatsevtik preparatlar olishda, shakar, yogʻlar ishlab chiqarishda, aromatik uglevodorodlar, sulfidli neftlarning moyli fraksiyasi, kaprolaktam, texnik krezollardan m va p krezollarni, divinil rektifikatsiyasi qoldiqlaridan dietil efirni, suyultirilgan eritmalardagi sirka kislotani, oqova suvda qolgan fenol va hokazoni ajratib olishda foydalaniladi. Nikel bilan kobalt, nikel bilan mis, siyraker elementlari, platinoidlar, sirkoniy bilan gafniy, niobiy bilan tantal va boshqalarni ajratib olishda Ekstraksiyalash usuli keng qoʻllanadi.

Ekstraksiya, ekstrakt terminlari lotincha „extraho “– „chiqarib olaman“, „sugʻurib olaman“ maʼnolaridagi soʻzdan yasalgan. Bu soʻzning oʻzagi lotin tilida extractum – „maydalangan“, „tuyilgan“ degan maʼnolarni beradi. Bu terminlar nafaqat kimyoda, balki, tibbiyotda ham keng qoʻllanadi. Shuningdek, ish yuritishda ham, katta hajmdagi matndan iborat hujjatda koʻzda tutilgan eng asosiy muddaoni qisqa va loʻnda qilib, alohida yozib qoʻyilgan qismini ekstraksiya deyish mumkin.

Ekstraksiyalash boʻyicha labaratoriya

Chigit magʻzidan moyni ekstraksiya qilish

==Reaktiv va materiallar== 15-20 dona chigit magʻzi, benzin, filtr qogʻoz, ajratgich voronka, chinni kosacha.

Qisman erituvchi va qaynatgich (kipyatilnik) solingan kolbaga qaytar sovitgichli maxsus nasadka ulanadi. Chinni kosachaga 15-20 ta chigit magʻzidan solib toʻla maydalanadi. Kattaroq filtr qogʻozga maydalangan chigit magʻzi solinib, yoʻgʻonligi 1 sm cha qilib yaxshilab oʻraladi va ip bilan 4 tomondan bogʻlanadi. Tayyorlangan oʻrani (gilza)ni nasadkaning ichiga qoʻying. Kolbadagi erituvchini qaynaguncha qizdiriladi, erituvchi avval bugʻlanib, soʻng asta sekin nasadkada yigʻiladi, uning yonidagi naychalarga xam erituvchi toʻplanib qoladi. Suyuqliklar yuzasi meʼyordan oshgach, yigʻilgan suyuqlik kolbaga tushadi. Shunday qilib, modda uzluksiz ekstraksiyalana boradi (1,5-2 soat).Ekstraksiyalangan suyuqlikning erituvchisi oddiy atmosfera bosimida haydaladi, unda kolba tubida moy qoladi. Qoldiq moy miqdori oʻlchanadi.




  NODES