Elektr aloqa — axborotlar (nutq, harfraqamlar, tasvir va boshqalar) sim yoki radiosignallar orqali elektr signallari tarzida hamda optik aloqa tizimi yordamida uzatiladigan aloqa. Signallarni uzatish usuliga qarab, simli aloqa va radio aloqa; uzatiladigan axborotlarning turiga qarab, telefon aloqa, telegraf aloqa, faksimil aloqa, bir vaqtning oʻzida nutqiy va tasviriy axborotlarni saqlaydigan va uzatadigan videotelefon aloqa va boshqalarga boʻlinadi. Uzatuvchi va qabul qiluvchi punktlar orasida Elektr aloqa oʻrnatish uchun uzatuvchi va qabul qiluvchi apparatlar, aloqa kanali, kommutatsiya tizimi qurilmalari qoʻllanadi. Uzatuvchi apparat signallar (nutqlar, telegramma matni belgilari, perforatsion lentalarga yozilgan belgilar va boshqalar)ni elektr signallariga aylantiradi. Qabul qiluvchi apparat qabul qilingan elektr signallarini qayta eshittirish uchun qulay shaklga keltiradi.




  NODES
Done 1
punk 1