Elektr kuchlanish — elektr va tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni zanjirning aniq bir qismida koʻchirishida bajargan ishiga teng boʻlgan fizik kattalik. Elektr kuchlarning zanjir qismida birlik musbat zaryadni koʻchirishda bajargan ishi shu qism uchlaridagi potensiallar farqi (φ12) ga teng. Tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni koʻchirishda bajargan ishi esa zanjirning shu qismidagi elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) ye ga teng. SI da Elektr kuchlanish ning birligi volt. Elektr kuchlanishni voltmetr yordamida oʻlchanadi.




  NODES