Eratosfen (miloddan avvalgi taxminan 276, Kirena, hozirgi Liviya – 194, Aleksandriya, Misr) – qadimiy yunon olimi. [[Aleksandriya[[ (Iskandariya) va Afina shahrilarida tahsil koʻrgan. Iskandariya kutubxonasining boshligʻi boʻlgan. Matematika fanida tub sonlarni topish usulini taklif etgan. Matematik geografiyaga asos solgan, jumladan, yer yuzining obod qismi (eykumena) ning xaritasini tuzgan. Birinchi boʻlib yer meridiani yoyi uzunligini hisoblagan. Fanga „geografiya“, „kenglik“, „uzunlik“ tushunchalarini kiritgan. Erotasfen xronologiya, astronomiya, tilshunoslik, falsafa va musiqa bilan ham shugʻullangan. Erotasfen asarlarining ayrim qismlarigina bizgacha yetib kelgan.




  NODES