Farmakologiya (lotinch- 'pharmaconʼ – dori va 'logos'- fan) – Dorishunoslik fani; odam va hayvonlar organizmiga dorilar yuborilgandan keyin ularda roʻy beradigan oʻzgarishlarni oʻrganadi. Farmakologik moddalar organizmning turli aʼzolari, toʻqimalari, hatto hujayralari faoliyatini oʻzgartirishi mumkin.

Farmakologiya boʻlimlari:
* Farmatsiya
* Umumiy Farmakologiya
* Xususiy Farmakologiya
  • Farmatsiya – dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish boʻyicha izlanishlar, tadqiqotlar, shuningdek, ularni ishlab chiqarish, tayerlash, sifatini nazorat qilish, standartlash usullari, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, saqlash, ular haqida axborot berish, dorixona va davolash muassasalariga yetkazib berish va sotish kabi vazifalarni oʻz ichiga oladigan ilmiyamaliy faoliyatlar majmui.
  • Umumiy farmakologiya- dorilarning organizm bilan oʻzaro taʼsirini, umumiy qonuniyatlarini, farmakokinetika; farmakodinamika chuqurroq oʻrganadi.
  • Xususiy farmakologiya – dorilarning alohida, konkret guruhlari va boʻlimlarining kinetika va dinamikasini oʻrganadi

Tibbiyotdagi oʻrni

tahrir

Tibbiyot olamida farmakologiya alohida ahamiyatga ega: bir tomonda, tibbiyotning asosiy nazariy fanlari – fiziologiya, patologik fiziologiya, biokimyo boʻlsa, ikkinchi tomonda amaliy fanlar— terapiya, pediatriya, xirurgiya va boshqalar turadi. Farmakologiyadagi nazariy bilimlar amaliy tibbiyotda qoʻllanadi.

Qisqacha tarixi

tahrir

Farmakologiya tarixi insoniyat tarixi bilan birga boshlangan, chunki oʻsha davlarda ham odamlar kasal boʻlganlar, yirtqich hayvonlarga, yongʻinlarga duch kelganlar, ilonlar, chayonlar chaqqan, ular atrofdagi giyohlardan, hayvonot olamidan shifo, dori-darmon izlaganlar. Eramizdan 3600 yil ilgari papirusga yozilgan kitob „Har xil aʼzolarga qoʻllanadigan dorilar toʻgʻrisida“ deb nomlangan. Farmakologiya fanining rivojlanishida qadimiy Osiyo olimlarining hissasi katta boʻlgan. Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab davlatlarida oʻsimliklar bilan davolash keng tus olgan. Xitoy tibbiyotming asoschisi '''Shell Nung''' bundan 3 ming yil ilgari oʻz asarlarida oʻsimliklaming sinonim nomlari, botanik taʼrifi, oʻsimliklardan mahsulotlar tayyorlash davrlari va usullari, doridarmonlaming taʼsir doirasi, qoʻllanilishini bayon etgan. Qadimgi yunon shifokorlari Buqrot (e.o 460-377), Dioskorid (1asr), Jolinus (Galen 2asr) dori-darmonlar yatatishda tajribalar olib borgishgan.

Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyoda Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning dorivor giyohlar va moddalar haqidagi asarlari F. taraqqiyotiga muhim turtki boʻldi. Ibn Sinoning „Tib qonunlari“ asarida qayd etilgan 811 xil oddiy dorilarning 612 tasi dorivor oʻsimliklar va ulardan foydalanish usullariga bagʻishlangan.

 

Abu Rayxon Beruniy]]

 
Abu Ali ibn Sino

XVI asr da Gʻarb olimi Paratsels farmakologiyani kimyoviy moddalar bilan toʻldirgan, tibbiyotda yatrokimyo („yatros“—vrach) yoʻnalishining asoschisi boʻlgan. XVIII asr oxirlarida Ganeman dorishunoslikda gomeopatiya yoʻnalishiga asos solgan. Bunda davolash monandlik, oʻxshashlik qonuniga asoslangan, gomeopatik dorixonalar hozirgi kunda ham keng tarqalgan. XIX-asrga qadar F. asosan empirik tarzda rivojlangan. Shu davrga kelib eksperimental F. shakllandi. Bunda F. Majandi, Klod Bernar, R. Buxgeym, I. P. Pavlov, V. V. Zakusov, M. D. Mashkovskiy va boshqa jahon olimlarining ulkan hissalari bor.

Oʻzbekistonda F. 1920-yil Toshkentda Turkiston Davlat Universiteti Tibbiyot fakulteti qoshida F. kafedrasini tashkil etilishi tufayli rivojlandi. Keyinchalik respublikaning turli shaharlaridagi tibbiyot institutlari qoshidagi F. Kafedralarida ochildi. Oʻzbek farmakologlaridan, professor I. K. Kamilov, M. B. Sultonov, Oʻ.B. Zokirov, Q. N. Najmiddinov, S. S. Azizova va boshqalarning izlanishlari natijasida dorivor oʻsimliklar va kimyoviybiologik faol moddalardan 200 dan ortiq shifobaxsh moddalar ajratib olindi, ularning 30 dan ortigʻi klinik tekshiruvlardan oʻtkazilib, tibbiyot amaliyotiga tadbiq etildi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Respublika Sogʻliqni Saqlash Vazirligi qoshida Dorivor moddalar va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish hamda standartlash boʻyicha Bosh boshqarma hamda ular tarkibida farmakologiya va farmakopeya qoʻmitalarining tuzilishi munosabati bilan F. fani yanada ravnaq topdi. Qisqa muddat ichida 20 dan ortiq shifobaxsh oʻsimliklar va 10 dan ortiq yangi biologik faol preparatlar (piratsin, kupir, fentriazolin, kobavit, fensulkal, glipil, mumiyo tabletkasi, navbaxtin, benzketozon va boshqalar) tibbiyotda qoʻllash uchun tavsiya etildi. Hozirgi kunda farmakologiyaning rivojlanishida akademiklardan M. D. Mashkovskiy va D. A. Xarkevich katta hissa qoʻshib kelmoqdalar, ayniqsa, M. D. Mashkovskiyning „Don moddalari“, D. A. Xarkevichning talabalar uchun yozilgan „Farmakologiya“ darsligi fanni oʻzlashtirishda katta ahamiyatga egadir.

Fan maqsadi

tahrir

Farmakologiyaning asosiy maqsadi turli oʻtkir va surunkali kasalliklar, xastaliklarning oldini olish, davolash, zaruriy chora tadbirlar koʻrish uchun turli xil yangi dori moddalarini kashf qilish, ularning taʼsirini oʻrganib, amaliy tibbiyotga tatbiq etishdan iboratdir. Ad. Maxsumov M. N., Malikov M. M., Farmakologiya, T., 1997; Azizova S. S., Farmakologiya, T., 2002.

Fan vazifasi

tahrir
  1. Yangi dorilarni tuzilishi va tarkibini oʻrganish,
  2. Eksperiment hayvonda sinab koʻrish,
  3. Sinovdan oʻtganlarini ishlab chiqarish uchun SSV dan ruxsat olish,
  4. Turli shaklda ishlab chiqarish va aholiga (dorixonalarga) yetkazish.

Manbalar

tahrir
  1. S. S. Azizova-Farmakologiya
  2. Xakevich D. A.rus
  3. Xarkevich D. A. Obщaya resteptura. OʻQuv Qoʻllanma. M.: Medistina, 1982
  4. Xarkevich D. A. Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po farmakologii. OʻQuv Qoʻllanma. M.: Medistina, 1988.
  5. Azizova S. S. Farmakologiya. Darslik. Tashkent: Ibn-Sino, 2000, 2002, 2006.

Qoʻshimcha manbalar

tahrir
  1. Mashkovskiy M. D. Lekarstvennie sredstva. Spravochnik. M.: Medistina, 2001, 2005.
  2. Spravochnik Vidal. M., 2010, 2011.
  3. Faxrutdinov S. F. Farmakologiya. Darslik. Tashkent: Ibn-Sino, 1995.
  4. Maxsumov M. N., Malikov M. M. Farmakologiya. Darslik. Tashkent: Ibn-Sino, 1997.
  5. Kastung B. G. Bazisnaya i klinicheskaya farmakologiya. Monografiya. Sankt-Peterburg – Moskva, 1998.
  6. Xakimov Z. Z., Azimov M. M., Zaysteva O. A., Radjapova Sh. J. Umumiy resteptura. OʻQuv Qoʻllanma. Tashkent, 2005.
  7. Xolmatov X. X., Xarlamov I. A. Osnovnie lekarstvennie rasteniya Sredney Azii. Monografiya. Tashkent: Medistina, 1984.

Havolalar

tahrir
  1. SAMPI
  2. Scimago Journal & Country Rank
  3. Farmakologiya-Youtube Darslik
  4. Asosiy dorilar roʻyxati.
  NODES
Done 1