Fenollar — gidroksil guruxlari aromatik yadro uglerod atomlari bilan bevosita bogʻlangan oksi hosilali aromatik birikmalar. Molekulasidagi gidroksil guruh soniga qarab fenollar 1 atomli, 2 atomli va kup atomli boʻladi. 1 atomli fenollar gomologik qatorining 1 vakili — oksibenzol S6N5 ON odatda fenol xam deyiladi. Toluolning oksi hosilasi (metilfenollar) o, m va lkrezollar, ksilollarning oksi xreilalari esa ksilollar deyiladi. Naftalin qatorning fenollari naftollar deb ataladi. Oddiy 2 atomli fenol odioksibenzol — pirokatexin, m dioksibenzol — rezorsin va ldioksibenzol — gidroxinon deb nomlanadi. Koʻp atomli fenol pirogallol, floroglyutsin deyiladi.

Koʻpchilik fenol rangeiz kristallar, ayrimlari suyuq moddalar. Baʼzi fenol oʻziga xos oʻtkir hidli. Oddiy fenol suvda bir oz, deyarli barcha Fenol spirt, efir, benzolda yaxshi eriydi. Fenolning spirtlardan farqi shuki, ular kuchsiz kislotalar; ishqorlar bilan osongina reaksiyaga kirishib tuzsimon moddalar — fenolyatlar (mas, C6H;ONa) hosil qiladi.

Koʻpgina fenol oson oksidlanadi. Fenolni sintezlashda tegishli galogen hosilalari gidrolizidan (mis tuzlari ishtirokida) foydalaniladi. Fenol arildiazoniya tuzlari eritmasini qizdirib va boshqa usullarda ham olinadi. Toshkoʻmir smolasi va qoʻngʻir koʻmirning birlamchi dyogoti (chirki) fenol qatorlarining muhim manbai hisoblanadi.

Baʼzi fenol antiseptiklar, antioksidlovchi sifatida qoʻllanadi. Fenol fenolformaldegid smolalar, poliamidlar va boshqa polimerlar olishda koʻplab ishlatiladi. Fenol asosida buyagichlar, dori va parfyumeriya preparatlari, pestitsidlar, plastifikatorlar, sirt faol moddalar va boshqa sintez qilinadi. Fenollar zaharli. FENOLOGIYA (yun. phainimena — hodisa va ... logiya) — tabiatdagi mavsumiy hodisalar, ularning boshlanish muddatlari va shu muddatlarni belgilovchi omillar toʻgʻrisidagi bilimlar sistemasi. "Fenol" terminini belgiyalik botanik Sh. Morran taklif etgan (1853). Yuksak oʻsimliklarda kurtaklarning boʻrtishi va yozilishi, barg chikarishi, gunchalash (shonalash), gullash, urugʻ va mevalarning pishib yetilishi, kuzda barglar sargʻayishi va toʻkilishi (xazonrezgilik); sut emizuvchi hayvonlarda qishki uyqudan uygʻonish, juftlashish, bolalash, mavsumiy tullash va hokazo; qushlarda bahorgi uchib kelish, uya solish, tuxum qoʻyish, joʻja ochish, kuzgi uchib ketish va boshqa; baliqlarda bahorgi serharakat hayot, uvildiriq (ikra) tashlash, mavsumiy koʻchib yurish; hasharotlarda qishlab chiqqan individlarning bahorgi uygʻonishi, gʻumbaklardan hasharotlar paydo boʻlishi, tuxumdan lichinka (qurt) ochib chiqishi, juftlashishi, tuxum qoʻyishi va hokazoning sodir boʻlish muddatlarini oʻrganadi.

Tekshirish obʼyektiga binoan, fenologiya umumiy va xususiy fenologiyaga boʻlinadi. Umumiy fenologiya tabiat taraqqiyotini yil fasllarining bir meʼyorda almashinib turishi bilan bogʻliq holdagi yaxlit hodisa sifatida oʻrganadi. Xususiy fenologiya fitofenologiya yoki oʻsimliklar fenologiyasi hamda zoofenologiya — hayvonlar fenologiyasiga boʻlinadi. Fitofenologiyada madaniy va yovvoyi oʻsimliklar, begona oʻt va boshqalarning mavsumiy rivojlanishi oʻrganiladi.

Tabiatdagi mavsumiy hodisalar qadimdan oʻrganila boshlagan. Xozirgi ilmiy fenologiya XVIII asrda qaror topdi. 1734-yilda fransuz olimi R. Reomyur gʻalla ekinlari va hasharotlarning mavsumiy rivojlanishi xaroratga bogʻliq ekanligini oʻrgana boshladi. 1748-yildan boshlab K. Linney fenologik kuzatishlar olib bordi va 1750-yilda kuzatuv punktlarining birinchi tarmogʻini tashkil etdi. XIX asr oʻrtalariga kelib, Gʻarbiy Yevropadagi barcha yirik mamlakatlar va Rossiyada fenologik kuzatishlar olib boriladigan boʻldi. XX asrda fenologik kuzatishlar va tadqiqotlar Markaziy Yevropadagi hamma mamlakatlar hamda AK,Shda, keyinroq borib, boshqa mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham keng tarqaldi.

Tabiatdagi mavsumiy hodisalarning boshlanish muddatlarini belgilab beruvchi omillar va qonuniyatlarni ekologik fenologiya oʻrganadi. Bu omillar endogen va ekzogen omillarga boʻlinadi. Ekzogen omillarni tashqi muhit belgilaydi. Oʻsimliklarning bahorgi uygʻonish muddatlarini, asosan, issiqlik rejimi belgilab beradi. Hayvonlarda mavsumiy hodisalarning muddati, koʻpincha, ularning oziqlanish sharoiti bilan bogʻliq. Masalan, hasharotxoʻr qushlar bahorda hasharotlar koʻpaygan vaqtda uchib keladi.

Odatda, oʻsimliklar ustida oʻtkaziladigan fenologik tadqiqotlarda vizual kuzatish, miqdoriy oʻlchash (mas, oʻsimliklar massasining oʻsishi), integral (u yoki, bu rivojlanish fazasiga kirgan oʻsimliklar soni foiz hisobida) metodlar qoʻllanadi. Har yillik kuzatishlar natijasi spektrlar shaklida; muayyan hududda oʻsimliklarning har xil fenofazaga kirish muddatlari jadval va grafik shaklda tabiat kalendariga qayd etib boriladi. Odatda, bunday kuzatishlar maxsus ajratilgan tajriba maydonchalari va tabiat qoʻriqxonalarida oʻtkaziladi. Kuzatish natijalari, yaʼni u yoki bu fenofazalar muddati geografik atlaslar tarkibiga kiruvchi fenologik xaritalarga tushiriladi.

Fenologiya maʼlumotlaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va hosilni yigʻishtirib olishning eng qulay muddatlarini belgilab berish, asalarilar uchun asal shirali oʻsimliklar va yashil xiyobonlar tashkil etish uchun daraxtlarni tanlashda, oʻrmonlarda va boshqa joylarda yongʻin eng koʻp xavf tugʻdiradigan fasllarni aniklashda foydalaniladi.Undan Tashqari TKTI da qoʻllanadi.




  NODES