Flyuvial relyef shakllari -Vaqtincha va doimiy oqar suvlar ta’sirida vujudga kelgan relyef shakllaridir. Flyuvial (lotincha «flyuvios»-daryo oqizish, degan ma ’noni bildiradi) relyef shakllari deb ataladi. Oqar suvlar ma’lum (kuch)energiyaga ega bo'lib, o‘z yonida uchragan tog' jinslarini yemiradi, yemirgan jinslarni oqizib, quyi qismida cho‘ktiradi. Oqar suvlar bajardigan ishiga qarab 3 turga bo'linadi:

Islandiya milliy bog'idagi flyuvial relyef shakllaridan biri

Eroziya jarayoni natijasida hosil bo'lgan relyef shakllari

tahrir

Oqar suvlarning o ‘yish ishi eroziya (lotincha «erodo»-yuvilish) deyiladi. Eroziya jarayoni chuqurlashtirish eroziyasi va yon eroziyaga bo'linadi.

Chuqurlashtirish eroziyasi asosan qattiq jinslardan tarkib topgan va nishab hududlardan oquvchi daryolarda rivojlanadi. Nishab hududlardan oquvchi daryo tez va shiddat bilan oqqanligi uchun suv ostini yuvib, o'zanni chuqurlatadi. Chuqurlashtirish eroziyasi tufayli daryo qayirlari vujudga keladi.

 
Flosagna Kanyoni

Yon eroziya asosan daryolarning tekislik qismlarida sodir bo'ladi va suv ikki qirg'oqni yemirgani uchun o ‘zanni kengaytiradi. Tekislikda daryolar yon eroziyasi tufayli ilon izi bo'lib oqadi va tirsaklar hosil qiladi. Vaqt o'tishi bilan daryo olib kelgan yotqiziqlar tufayli tirsaklar daryodan uzilib qolib, yarim oy shaklidagi ko'llarni hosil qiladi. Amudaryo tekislik qismida sekin oqib qirg‘og‘ini yuvib turadi. Uni mahalliy xalq «deygish» deb atashadi. Amudaryo 1898-yil Karki shahri yonida 6 minut ichida 10 metr qirg'oqni yuvib. o'pirib yuborgan. 1932-yil Amudaryo To'rtko'l shahri chegarasidagi eni 500 m qirg‘og‘ini yuvib ketgan, natijada poytaxt Nukusga ko‘chirilgan. Eroziyaning bu ikki turi doimo birgalikda sodir bo'lsada, lekin tog'li hududlarda chuqurlashtirish (ostki) eroziya, tekislikda esa yon eroziyasi kuchli bo'ladi.

Daryo eroziyasi mahsulotlarining oqizish kuchi suv oqimining sustlashishi natijasida susayadi, oqib kelayotgan moddalar cho'ka boshlaydi. Daryoning yuqori va o'rta oqimlarida yirikroq, quyi oqimida esa maydaroq jinslar cho'kadi. Daryo yemirib olib kelib ma'lum yerga yotqizadigan materiallar allyuvial (latincha «alluvialis»-oqiziqli) yotqiziqlar deyiladi. Demak, oqar suvning erozion ishi albatta jinslarni ham yuvib ketish, ham to'plashdan iborat.

Vaqtincha oqar suvlar ham judda katta erozion ish bajaradi. Oqar suv quruqlikning hamma joyida ish bajaradi va xilma-xil relyef shakllarini vujudga keltiradi. Vaqtincha oqar suvlar ta’sirida ariqchalar, jarlar va balkalar hosil bo'ladi. Oqar suvlar quruqlik yuzasining barcha qismiga ta ’sir etib, undagi eruvchan moddalarni yuvib ketadi va mexanik jihatdan yemiradi. Bu yuzalama yoki yonbag'ir eroziyasidir. Uning natijasida yonbag'irlar yoppasiga yuviladi, pasayadi, tekislana boradi.

 
Flyuvial relyef shakllaridan biri. Islandiya

Yonbag'ir etagi yaqinida va uning pastki qismida yuvilib tushgan uvoq jinslar to'planadi, bu yotqiziqlar delyuviy (lotincha - «deluere» - yuvmoq) deyiladi. Eroziya o'z vaqtida to'xtatilmasa, chuqurcha va jo'yaklar jarga aylanadi. Jarlar tik uzun cho'zilgan botiq bo'lib. uning yonbag'irlari tik va o'simliklarsiz bo'ladi. Jala yoki qor suvlarining yonbag'irlarni yuvib ketishi natijasida jarlar vujudga keladi. Rivojlanayotgan jarning yonbag'ri tik, ko'pincha vertikal bo'lib, ular jar tagida tutashib o'tkir burchak hosil qiladi. Bosh jardan atrofga yon jarlar shoxlab ketishi natijasida katta va kichik jarlar hamda chuqurliklarning murakkab tizimi vujudga keladi. Kuchli jalalar va eruvchilik vaqtidagi qor suvlarining yon bag'irni yuvishi natijasida bosh va yon jarlar uchi tekislik ichkarisiga yanada kirib boradi, tekislikni yemiradi va undan xo'jalikda foydalanishni qiyinlashtiradi. Jarlarning paydo bo'lishi va yanada o'sishiga tabiiy omillar va insonning xo'jalik faoliyati ta’sir ko'rsatadi.

Tabiiy omillarga quyidagilar kiradi:

 
Eroziya jarayoni hosilasi

1. Balandlik relyefi, buning natijasida suv oqimining qiyaligi va kuchi ortadi;

2. Yozgi yomg'irning jala tarzida yog‘ishi va qorning bahorda tez erishi. Buning natijasida kuchli suv oqimlari vujudga kelib, o'yiqlarni yanada kuchli chuqurlashtiradi;

3. Joylarning oson yuviluvchi va ayni vaqtda tik jarlik hosil qiluvchi tog' jinslaridan (lyosslar va lyossimon qumoqlardan) tarkib topganligi.

Inson (antropogen) omilga quyidagilar kiradi:

1. Ilg'or agrotexnika qoidalariga rioya qilmasdan yerlarni haydash, sug‘orish, yaylovlardan notog ‘ri foydalanish, o ‘rmonlarni rejasiz kesish va boshqa o'simliklarni payhon qilish;

 
Suffoziya jarayoni hosilasi

2. Har xil qurilishlar, xususan, shahar va qishloq qurilishlari, gidrotexnik inshootlar, yo‘l qurilishlari, tog‘-kon sanoati;

3. Maishiy va kommunikatsion qurilishlar (neft, gaz, suv quvurlari va har xil kabellar yotqizish) va boshqalar.

Jarlarning katta-kichikligi, ya'ni chuqurligi va uzunligi joyning balandligi va jinslar tarkibiga qarab turlicha bo'ladi. Jarlarning chuqurligi 10-20 m, ba’zan 80 m gacha bo'ladi. Uzunligi bir necha kilometrga yetishi mumkin. Ba‘zi hollarda jarlar juda tez o'sadi. O 'rta Rossiya qirlaridagi bir jarning 3 yilda 490 m o'sganligi hisobga olingan. Bu yerda bir kuchli jaladan keyin suv uzunligi 17 m va chuqurligi 35 sm chuqurlik hosil qilgani ham qayd etilgan. K.M.Mirzajonov ma’lumotga ko'ra Zarafshon vodiysida jarlarning o'sishi o'rta hisobda yiliga 3 m dan 26 m gacha, lyoss mavjud bo'lgan hududlarda 150 m o'sishi kuzatilgan. Vaqt o'tishi bilan jar tagi normal qiyalik profiliga yetadi. Shundan so'ng jarlarning chuqurlashuvi susayadi, denudatsiya jarayonlari kuchayib, jar yonbag'rining tikligi kamayadi. Natijada jar balkaga -yassi jarga aylanadi.

Balkalar

tahrir

Balka - bu ham uzun cho'zilgan botiq bo'lib, uning yonbag'irlari tik va o'simliklar bilan qoplangan bo'ladi. Demak, jar o'z rivojlanishi jarayonida asta-sekin balkaga aylanadi. Yakka jarlar hamma joyda bor, balka - yassi jar relyefi dasht va o'rmon-dasht zonalarida keng tarqalgan. Masalan, O'rta Rossiya qirlari, Volgabo'yi qirlarida, Yuqori Ural oldida, Oltoy tog' oldilarida, AQSHning o'rta g'arbida, Kanadada keng tarqalgan.

Agar eroziya jarayoni gillardan tarkib topgan joyda ro‘y bersa, ular sirtlar relyefini vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Sirtlar relyefiga tepalari dumaloq yassi, yonbag'irlari qiya bo'lgan yonbag'irlari va tagi o'simlik bilan qoplangan keng vodiylarning birgalikda uchrashi xosdir. Yer yuzasi relyefini shakllanishida yer osti suvlari ham ishtirok etadi. Yer osti suvlarining relyef hosil qiluvchi ishiga surilma va suffoziyalar natijasida hosil bo'lgan botiqlar misol bo'la oladi.

Surilma

tahrir

Surilma deb, yonbag'irdagi tog‘ jinslarini og'irlik kuchi ta’sirida surilib tushishiga aytiladi. Surilmalar dengiz, daryo va ko'llarning suv o'tkazmaydigan gil va suvli qum-shag'al qatlamlaridan hosil bo'lgan tik qirg'oqlarida ko‘p sodir bo'ladi. Qatlamlar daryo yoki dengizga nishab bo'lsa surilma yaxshi rivojlanadi. Yonbag'irning tagini daryo yoki dengiz suvi yuvib turishi natijasida jinslar muvozanati buziladi. Suv o‘tkazmaydigan qatlam ustida to'planayotgan yer osti suvlari gruntni yumshatishi oqibatida jinslar surilib tushadi.

Suffoziya

tahrir
 
Karst jarayoni hosilasi.Qashqadaryo viloyati

Grunt suvlari tomonidan erigan moddalarni va mayda mineral zarralarini olib ketishiga suffoziya deb ataladi. Atmosferada namlik ortiqcha bo'lgan zonalarda suffoziya va eroziya jarayoni birgalikda ro‘y beradi. Suffoziya jarni o ‘sishini tezlashtiradi, tik yonbag'irlarda surilma va o ‘pirilmalarga sabab bo'ladi. Suffoziya natijasida dasht zonasida atrofi berk sayoz botiqlar va voronkalar hosil bo'ladi. Ularning eni 10-15 m, chuqurligi 1-2 m keladi. Ba‘zi suffozion chuqurliklarda tagi yassi sayoz ko'llar joylashgan.

Karst jarayoni hosil qilgan relyef shakllari

tahrir

Yer osti suvlarining ishi natijasida surilmalar, o'pirilishlar hosil qilish bilan birga suvda tez eriydigan jinslar - tuz, gips, ohak va boshqalarga ta ’sir etib, ularni eritib yer osti (g'orlarni), yer usti (karstlarni) bo'shliqlarini ham hosil qiladi. Mexanik harakatlanayotgan oqar suvlarning odatdagi eroziya ishiga bu yerda ularning kimyoviy ta'siri qo'shiladi. Erigan jinslarning olib ketilishi natijasida relyefda bo'shliqlar paydo bo'ladi. Relyef bilan birgalikda gidrografik tarmoqlar ham o'zgaradi: daryolar ko'pincha yer ostiga tushib ketadi. Bir qancha vaqt yer ostida oqqach, yana yer betiga chiqadi. Bunday relyef karst relyefi deyiladi. Karst nomi Bolqon yarim orolidagi ohaktoshli Karst platosi

nomidan kelib chiqqan (L.P. Shubaev, 1975.).

Karst jarayoni mobaynida karbonatli, sulfatli, xloridli kabi jinslarni kesib o'tgan tektonik va qisman mexanik yoriqlar bo'ylab harakatlanayotgan yog'in. yer usti va yer osti suvlari uni eritadi. Agar suv tarkibida erkin tarzda karbonat angidrid ( CO2) mavjud bo'lsa, karstlanish jarayoni yanada tezlashadi. Natijada, yer usti va ostidagi erigan tog' jinslari tarkibida turli shakldagi bo‘shliqlar vujudga keladi.

Suvda eriydigan jinslarni yer usti va ostida joylashishiga qarab karst ikkiga:

  • ochiq
  • yopiq karst tipiga bo'linadi.

Agar oson eruvchi jinslar yer betida bo'lsa, ularda hosil bo'lgan karst ochiq yuza karst yoki o'rta dengiz bo'yi tipidagi karst deyiladi.

Agar ma’lum chuqurlikda joylashib. suvda erimaydigan qum-gil yotqiziqlari bilan qoplangan bo'lsa, uni yopiq yoki O'rta Yevropa tipidagi karst deyiladi. Yopiq karst ochiq karstga nisbatan keng tarqalgan.

Qattiq kalsiy karbonat eritmaga o'tgandan so'ng u yuvilib ketadi. Natijada ohaktoshlarning ochiq yuzasida chuqurligi 2 m gacha keladigan jo'yaklar, ya'ni chuqur ariqlar hosil bo'ladi. Jo'yaklar orasidagi qirralar karrlar deyiladi. Karrlar ochiq karstda hosil bo'ladi, yopiq karstda karrlar bo'lmaydi.

Suv yanada chuqur yoriqlarda harakat qilib, g'orlarni tepa qismini o'pirilib tushishi natijasida voronka deb ataluvchi tik bo'shliqlar hosil qiladi. Ochiq karstda voronkalar jismlarni yuzidan boshlab erishi natijasida vujudga keladi. Ohaktosh qatlamlari qalin ochiq karst voronkasi tovoq yoki qozon shaklida bo'ladi, ularning tagida chuqur teshigi -ponoralari bo'ladi. Bunday voronkalar uncha katta bo'lmaydi, ba’zi hollarda diametri 100 m ga yetadi. O'pirilma voronkalar juda katta bo'ladi. Yopiq karstda esa so'rilish voronkalari hosil bo'ladi.

Ohaktoshlar juda qalin bo'lgan, ayniqsa suv juda chuqurga siziladigan tog'li rayonlarda ochiq karst voronkalari tog‘ jinslaridagi yoriqlarning kengaytirish va o'pirilish natijasida quduq yoki shaxta shaklini oladi. Bunday shaxtalar chuqurligi Qrim yaylovlarida 100 m ga, Karst platosida esa 450 m ga yetadi.

Vaqt o'tgan sari voronkalar orasidagi to'siq qisqarib, qo'shni voronkalar bir-biri bilan qo'shilib ketishi natijasida, cho'ziq chuqurlik- karst vannasi vujudga keladi. Yosh vannalarda bir-biriga qo ‘shilgan voronkalarning tagi ajralib turadi, keyinchalik ular bilinmay ketadi. Vannalar tagida gilli yotqiziqlarning to'planishi o'simliklarning o'sishi uchun sharoit yaratadi. Karst vannalarining tagida ekinlar ekiladi.Yopiq karstda bir-biriga qo‘shilib ketgan karst voronkalari jarlar hosil qiladi. Karst jarlari erozion jarlardan yonbag'rining juda tikligi bilan farq qiladi.

Karst voronkalari va vannalarining qo'shilishidan karst dalalari hosil bo'ladi. Karst jarayoni Qrim yarim orolida, Shimoliy Kavkazda, O'rta Osiyoning Kopetdog', Boysun, Zarafshon, Ko'hitang kabi tog' tizmalarida ayniqsa ko'p uchraydi.

 
Yura g'ori

Tog' jinslarini yer ostida suv tomonidan eritib olib ketilishi natijasida g'orlar ham vujudga keladi. Karst g'orlari uzun yo'laklarga o'xshab cho'zilib ketadi, ba’zi joylari juda keng bo'ladi. G'orlarni yer betida bitta kichkina og'zi bo'ladi. G 'orlar uzunligi bir necha o ‘n va hatto yuz km ga yetishi mumkin. Shveytsariyadagi Xyollox g'ori bilan Appalachi tog'larining janubi-sharqiy yon bag'ridagi Flint-Mamont g'ori dunyodagi eng katta g'orlar hisoblanadi. Xyollox g'ori zal va yo'laklarining uzunligi 78 km, Mamont g'orining uzunligi esa 71 km dan ortadi. Shuningdek, Eysrizenvelt (uzunligi 42 km), Postoyna yoki Adelsberg (uzunligi 15 km), Podolsk qirlaridagi Ozyornaya (uzunligi 26 km) va Kristalnaya (uzunligi 18 km), Qrimdaga Qizil g'or (18 km) lar yirik g'orlardir.

O'zbekistonda Zarafshon tog' tizmasidagi Qirqtog' platosida joylashgan Kilsa g'ori (chuqurligi 1082 m) MDHdagi eng chuqur g'ordir. Sovuq mintaqalarda joylashgan ayrim g'orlarda muzlar saqlanib qolib o'ziga xos muzli g'orlarni vujudga keltirgan. Muzli g'orlarning devorlari va shipi yil bo'yi muz kiristallari bilan qoplanib turadi. Masalan, Uralning g'arbiy yonbag'ridagi Kungur g'ori eng ajoyib muzli g'ordir. U dunyodagi yirik g'orlardan biridir. Yana shunday g'orlar borki, ularning mikroiqlimi atrofidagi joylar iqlimidan ancha iliq bo'ladi. Masalan, Sixote-Alin tizmasidagi g'orlarda qishning sovuq kunlarida ham 15-20°C li harorat saqlanib turadi.

Manbalar

tahrir
  NODES
iOS 1
os 76