Galatasaroy (turk. Galatasaray Spor Kulübü) – Istanbuldagi turk professional futbol klubi, Galatasaray sport jamiyati tarkibiga kiradi va Turkiya chempionatida muntazam ishtirok etib keladi. 1905-yilda tashkil etilgan. Klub uy uchrashuvlarini 52 mingdan ortiq tomoshabinga moʻljallangan Türk Telekom Arena stadionida oʻtkazadi. Mamlakatning eng muvaffaqiyatli futbol klublaridan biri, 23 karra Turkiya chempioni, 18 karra Turkiya kubogi sohibi, 17 karra Turkiya Superkubogi sohibi, UEFA kubogi va UEFA Superkubogi sohibi.

Galatasaray
Toʻliq nomi Galatasaray Spor Kulübü
Laqabi Cimbom
Aslan (The Lion)
Sarı-Kırmızılılar (The Yellow-Reds)
Qisqa nomi
  • GS
  • Gala
Asos solingan 20-oktyabr, 1905-yil (119 yil avval) (1905-10-20)[1][2]
Rams Park
Sigʻimi 53,798[3]
Joylashuv koordinatalari 41°06′10″N 28°59′26″E / 41.10278°N 28.99056°E / 41.10278; 28.99056
President Dursun Özbek
Head coach Okan Buruk
Liga Andoza:Turkish football updater
Oʻrni Andoza:Turkish football updater
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

„Galatasaroy“ turnir davomida biror marotaba magʻlubiyatga uchramasdan UEFA kubogi qoʻlga kiritgan ikki jamoadan biri, shuningdek, Chempionlar ligasi guruh bosqichida uchinchi oʻrinni egallab, turnirda gʻolib chiqqan birinchi jamoadir. 1999—2000–yilgi mavsumda UEFA kubogi finalida Londonning „Arsenal“ jamoasini penaltilar seriyasida 4:1 hisobida magʻlub etgan „Galatasaroy“ tarixda yevrokuboklarni qoʻlga kiritgan ilk turk klubiga aylangan.

Klub Turkiya Superligasining amaldagi chempioni hisoblanadi[4][5][6].

"Galatasaroy" nomi toʻgʻridan-toʻgʻri Galatasaroy litseyidan (dastlab „Galata saroyi imperator maktabi“ deb ataladi) kelib chiqqan. Tarixiy nuqtai nazardan ikkita soʻzdan iborat: Galata (Istanbulning tarixiy tumani) va „saroy“ (turkchadan „saroy“ deb tarjima qilinadi).

 
"Galatasaroy" klubining ilk surati, 1905-yil

Klub 1905-yilda Ali Sami Yen boshchiligidagi Galatasaroy oʻrta maktabining bir guruh talabalari tomonidan tashkil etilgan. Galatasaroy Turkiyaning eng qadimgi futbol klublaridan biri hisoblanadi.

Avvaliga Galatasaroy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmagan, chunki Turkiyada tartibga solinadigan sport qonunchiligi yoʻq edi. 1912-yildan boshlab, tegishli nizomlar qabul qilingandan soʻng, klub qonuniy asosda faoliyat koʻrsata boshladi. Galatasaroy 1905—1906-yilgi mavsumda Istanbul ligasiga qoʻshilgan va 1907—1908-yilgi mavsumda gʻolib chiqqan. 1952-yil klub professional klub maqomiga erishadi.

Eng katta muvaffaqiyatlar jamoaga 90-yillarning oxirida kelgan. 2000-yilda Fotih Terim boshchiligidagi „Galatasaroy“ finalda Londonning „ Arsenal“ jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib, UEFA kubogini qoʻlga kiritdi, keyin esa UEFA Superkubogida „Real Madrid“ni magʻlub etgan. Shu tariqa klub Yevropa turnirlarida gʻolib chiqqan ilk turk jamoasiga aylanadi.

2013-yilning qishida klub Uesli Sneyder va Dide Drogba kabi yulfuzlarni oʻz safiga qoʻshib oladi[7]. 2012—2013 yilgi mavsumda „Galatasaroy“ Chempionlar ligasining chorak finali bosqichiga qadar yetib boradi[8].

2022-yil klub tarixidagi eng omadis yil boʻlib qoldi. Galatasaroy Turkiya Superligasida 13-oʻrinda mavsumni yakunlagan edi. Mavsum davomida 5 yillik ish faoliyatidan soʻng Fotix Terim istefoga chiqarildi va uning oʻrniga Domenek Torren yangi murabbiy etib tayinlandi.

Stadion

tahrir
 
Türk Telekom Arena

Galatasaroyning uy stadioni Turkiyaning Istanbul shahri Sisli tumanida joylashgan zamonaviy koʻp funksiyali Türk Telekom Arena hisoblanadi. Arena oʻz bagʻriga 52 650 kishini sigʻdira oladi. Qurilish qiymati 128 million yevroni tashkil etadi[9]. Türk Telekom Arena stadionining tantanali ochilish marosimi 2011-yilning 15-yanvarida „Galatasaroy“ va „Ayaks“ futbol klublari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi bilan boʻlib oʻtdi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan edi[10].

„Galatasaroy“ning yangi arenadagi ilk rasmiy oʻyini „Sivasspor“ ga qarshi oʻyin boʻlib, mezbonlarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan[11]. 2011-yil 18-mart kuni Fenerbahche klubiga qarshi oʻyinda stadiondagi desibellarda oʻlchangan shovqin jahon rekordini oʻrnatgan. Shovqin 131,76 dB ni tashkil etib, Ginnesning rekordlar kitobiga sport arenalaridagi eng baland shovqin sifatida kiritilgan.

Klub ranglari va formasi

tahrir

Rasmiy klub ranglari

tahrir
Rang[12] Panton CMYK Rang kodi
1235 C%0 M%30 Y%100 K%0 #FCB514 yoki #FFB517
201 C%0 M%100 Y%65 K%34 #A32638 yoki #B50043

 

Davr Ishlab chiqaruvchi Homiy
1977—1978 Mavjud emas Volvo/PeReJa
1978—1979 Mavjud emas
1979—1982 Telefunken
1982—1983 MEBan
1983—1985 Telefunken
1985—1986 Adidas Denizcilik Bankası
1986—1991 TürkBank
1991—1992 Umbro ADEC Saat / Show TV
1992—1995 Show TV
1995—1997 Adidas VakıfBank
1997—1998 Bank Ekspres
1998—2000 Marshall Boya
2000—2001 Telsim
2001—2002 Lotto Aria
2002—2004 Umbro
2004—2005 Avea
2005—2009 Adidas
2009—2011 Turk Telekom
2011—2014 Nike
2014—2015 Huawei
2016—2019 Turk Telekom
2019—2020 Terra Pizza
2020—2024 Sixt

Klub rekorchilari

tahrir
Oʻyinchi Oʻyinlar soni[13] Oʻyinchi Oʻyinlar soni
1   Byulent Korkmas 588 11   Inan Selchuk 331
2   Hoqon Shukur 539 12   Ayxan Akman 328
3   Arif Erdem 485 13   Hoqon Unsal 314
4   Sabri Sario'g'lu 479 14   Okan Buruk 306
5   Fernando Muslera 460 15   Ugur Tyutyuneker 260
6   Ergyun Penbe 428 16   Arda Turan 240
7   Tugay Kerimo'glu 387 17   Farid Mondragon 238
8   Xasan Shash 354 18   Umit Karan 238
9   Kaya Suat 345 19   Umit Davala 227
10   Hoqon Bolta 334 20   Kaya Semix 211

Toʻpurarlar

tahrir
Oʻyinchi Gollar soni[14] Oʻyinlar soni
1   Hoqon Shukur 288 539
2   Erdem Arif 133 485
3   Cholak Tanju 132 146
4   Umit Karan 98 238
5   Burak Yilmas 82 141
6   Georgi Haji 72 192
7   Atesh Nejati 66 140
8   Metin Oktay 61 73
9   Milan Barosh 61 116
10   Inan Selchuk 59 331

Murabbiylar natijalari

tahrir
Turkiya Superligasi chempionlari (21)
Mavsum Murabbiy
1961/62   Qilich Gyunduz
1962/63   Qilich Gyunduz
1968/69   Toma Kaleperovich
1970/71   Berch Brayan
1971/72   Berch Brayan
1972/73   Berch Brayan
1986/87   Yupp Derval
1987/88   Yupp Derval
1992/93   Karl Ferldkamp
1993/94   Rayner Xolmann
1996/97   Fotih Terim
1997/98   Fotih Terim
1998/99   Fotih Terim
1999/00   Fotih Terim
2001/02   Mircha Luchesku
2005/06   Erik Gerets
2007/08   Jevat Gyuller
2011/12   Fotih Terim
2012/13   Fotih Terim
2014/15   Xamza Xamzao'g'lu
2017/18   Fotih Terim
2018/19   Fotih Terim
2022/23   Okan Buruk
Turkiya kubogi sohiblari (17)
Mavsum Murabbiy
1963   Qilich Gyunduz
1964   Qilich Gyunduz
1965   Qilich Gyunduz
1966   Qilich Gyunduz
1973   Berch Brayan
1976   Fetxi Demirkan
1982   Berch Brayan
1985   Yupp Derval
1991   Xeld Zigfrid
1993   Karl Feldkamp
1996   СSunnes Grem
1999   Fotix Terim
2000   Fotix Terim
2005   Georgi Haji
2014   Roberto Manchini
2015   Xamza Xamzao'g'lu
2016   Yan Olde
2019   Fotix Terim
UEFA kubogi chempioni(1)
Mavsum Murabbiy
2000   Fotix Terim
UEFA Superkubogi sohiblari (1)
Mavsum Murabbiy
2000   Mircha Luchesku

Manbalar

tahrir
  1. „Galatasaray Nasıl Kuruldu“. galatasaray.org. 2017-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-yanvar.
  2. „İlk Yıllar“. galatasaray.org. 2022-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-yanvar.
  3. „Galatasaray'da Dursun Özbek yeniden başkanlığa aday“. Anadolu Ajansi (2024-yil 27-aprel). 2024-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-aprel.
  4. TÜRKİYE'NİN EN BÜYÜĞÜ GALATASARAY, 24. KEZ ŞAMPİYON!. www.galatasaray.org (2024-yil 26-may). Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
  5. Trendyol Süper Lig'de 2023-2024 Sezonu Şampiyonu Galatasaray Oldu (tr). www.tff.org (2024-yil 26-may). Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
  6. Алексей Ерин. «Галатасарай» стал чемпионом Турции в 24-й раз в истории, обыграв «Коньяспор». «Чемпионат» (2024-yil 26-may). Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
  7. „Didier Drogba Transferi Hakkında Açıklama“. 2013-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-mart.
  8. „Звёзды в тени, но «Галатасарай» в четвертьфинале“ (deadlink). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-mart.
  9. Proekt Tyurk Telekom areni }(ingl.)
  10. Match otkritiya (turk.)
  11. Istoriya stadiona Ali Sami Yen (turk.)
  12. „GALATASARAY_MEDIAKIT“. 2010-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-mart.
  13. „Галатасарай — Игроки-рекордсмены“ (ru). www.transfermarkt.world. 2023-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  14. „Галатасарай — Лучшие бомбардиры“ (ru). www.transfermarkt.world. 2023-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.

Havolalar

tahrir

Andoza:Wikinews category

  NODES
Done 1
News 1
orte 1