Garonna — Fransiyaning jan.gʻarbidagi daryo. Uzunligi 647 km. Havzasining mayd. 56 ming km2. Pirenei togʻlaridan boshlanib, Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻiga Dordon daryosi bilan birgalikda Jironda estuariysini hosil qilib quyiladi. Daryo yuqori oqimida togʻ daryosi, quyi oqimida tipik tekislik daryosidir. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yomgʻir yoqqanda va togʻlardagi qor eriganda qattiq toshadi. Quyilish yerida oʻrtacha suv sarfi 680 m3/sek. Kanallar sistemasi orqali Oʻrta dengiz bilan bogʻlangan. 190 km masofada (Bordo sh.gacha) okean kemalari qatnaydi. Daryoga suv omborlari, GESlar qurilgan. Sugʻorishda foydalaniladi.

Garonna
Tavsif
Uzunligi 647
Davlat Ispaniya va Fransiya
Garonna

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  NODES
os 12