Geologik kesim
Geologik kesim, geologik profil — joyning geologik tuzilishining vertikal tekislikdagi grafik tasviry. Bunday kesim togʻ jinslarining yoʻnalishiga koʻndalang qilib, ayrim hollarda esa biror burchak ostida tuziladi. Geologik kesim geologik xaritalarni toʻldiradi va uni aniqlashtiradi. Yer yuzasida olib borilgan geologik kuzatishlar, burgʻilashdan olingan maʼlumotlar va turli geofizik usullarning natijalaridan geologik kesim tuzishda foydalaniladi. Geologik kesimda togʻ jinslarining oʻzaro munosabati, yoshi, qatlamlarning qalinligi, fatsiyalarning bir-biriga oʻtishi tasvirlanadi. Geologik kesimga joyning relyefi va geologik tuzilishini koʻrsatuvchi geologik xarita, topografik profil va marksheyderlik planlari asos qilib olinadi. Muxandislik geologik kesim antropogen jinslarning qalin gʻilofi bilan qoplangan rayonlar uchun juda muhim. Geologik kesim turli masshtabda: 1:1000000 (regional kesim)dan 1:1000— 1:50 (mufassal kesim)gacha boʻladi. Geologik kesimning vertikal va gorizontal masshtabi bir xil boʻladi. Muhandislik geologiya sila, temir yoʻl va suv omborlari kurishda ishlatiladigan geologik kesimning vertikal masshtabi gorizontal masshtabga nisbatan 10 va hatto 100 baravar katta boʻlishi mumkin.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |