Gerrero — Meksikadagi shtat, mamlakatning jan.-gʻarbida joylashgan. Maydon 63,7 ming km2. Hududining katta qismini Jan. Syerramadre togʻ sistemasi (bal. 3000 m dan koʻproq) egallaydi. Iqlimi tropik iqlim, oʻrtacha yillik temperatura 25°. Yiliga 800 mm gacha yogʻin yogʻadi. Aholisi 2,6 mln. kishidan koʻproq (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Chilpansingo. Gerrero Meksikaning xoʻjaligi yaxshi rivojlanmagan qoloq shtatlaridan. Aholi asosan dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Uncha katta boʻlmagan konchilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Xalqaro dengiz kurorti —Akapulko avtomobil yoʻli orqali Mexiko shahar bilan bogʻlangan.[1]

Gerrero
ispancha: Guerrero

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Tarkibida 81 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Chilpansingo
Yirik shahari Akapulko
Asos solingan sanasi 27 октября 1849
Gubernator Anxel Agirre Rivero (Ángel Aguirre Rivero), PRDPRD. С 01.04.2011.
Rasmiy tili ispan
Aholi (2010) 3 388 768
Zichligi 53,16 kishi./km²
Millatlar tarkibi Metislar, asteklar, mishteklar, tlapeneklar, amusgo, oqlar, afro-meksikaliklar.
Dinlar tarkibi Katoliklar (89,2 %), protestantlar va evangellar (4,4 %), boshqa nasroniylar(2 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,4 %), ateistlar vaagnostiklar (3,1 %).
Maydoni 63 749 km² (14-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 3550 m
Kengligi 18º 53' — 16º 19'º N
Uzunligi 98º 00' — 102º 11'º E
Vaqt mintaqasi UTC-6
Kod ISO 3166-2 MX-GRO
Pochta indeksi Gro.
Rasmiy sayti http://www.guerrero.gob.mx
Xaritada
Gerrero xaritada
17°36′47″N 99°57′00″W / 17.61306°N 99.95000°W / 17.61306; -99.95000

Manbalar

tahrir
  1. "Gerrero" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES
os 11