Gloxidiy (yun. glochis — kamon uchi, tirnoq) — chuchuk suv ikki pallali mollyuskalari (baqachanoq, sadafdorlar)ninglichinkasi. G. bahorda mollyuskalarning jabra varaqlari orasiga qoʻyilgan va urugʻlangan tuxumlaridan rivojlanadi. G.da ham voyaga yetgan mollyuskadagi singari ikki pallali chigʻanoq, sezuvchi qillar va bissus bezidan hosil boʻladigan ip boʻladi. G. bir oz suvda harakatlangach, chigʻanoq pallalaridagi tishchalari va lichinkalik ipi yordamida baliqlar jabrasiga va terisiga yopishadi; teri ostiga kirib olib, osmotik oziqlanadi. Bir necha haftadan soʻng metamorfoz orqali kichik mollyuskaga aylangach, suv ostiga tushib voyaga yetadi. G. mollyuskalarning suv havzasida tarqalishida ham muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES