Godavari, Godi — Hindistondagi daryo. Uzunligi 1450 km, havzasinint mayd. 290 ming km2. Gʻarbiy Gat toglarining sharqiy yon bagridan boshlanib, Dekan yassitogʻligini kesib oʻtadi va Bengaliya qoʻltigʻiga delta (2 ming km2) hosil qilib quyiladi. Yuqori oqimi va dengizboʻyi tekisligiga chiqish yerida ostonalar ustidan oqadi. Yassitogʻlikda chuqur vodiydan oʻtadi. Shu sababli faqat quyi oqimidagina sugʻorishda foydalaniladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 3500 m3/sek. Iyun—avgustda suvi koʻpayadi. Oʻrta oqimi va deltasida kema qatnaydi. Godavari boʻyida Rojamandri shahri joylashgan. Godavarida toʻgʻonlar, yirik GES va irrigatsiya sistemalari qurilgan.

Godavari
Tavsif
Uzunligi 1 465
Suv sarfi 3 061,18 m³/s
Joylashuvi
Davlat Hindiston
Godavari

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES
os 9