Gonsalo Matias Ramush (2001 yil 20 iyunda tugʻilgan) – portugaliyalik hujumchi Portugaliya terma jamoasi aʼzosi. U Liga 1ning Parij Sen-Jermenda jamosiga Portugaliya Primeira Liga jamoasi Benfikadan ijara asosida kelib qoʻshilgan.

Gonsalo Ramush
2020-yilda Ramush, Benfika formasida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gonsalo Matias Ramush
Tavallud sanasi 20- iyun 2001 yil
Boʻyi 1,85 m
Ampluasi Hujimchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paris Saint-Germain
 
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009-2011 Olhanense
2011-2013 Loulé
2013-2019 Benfika
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019-2021 Benfika B 37 (16)
2020- Benfika 64 (30)
2023-Paris Saint-Germain   3 (0)
Milliy terma jamoa
2017-2018  Portugaliya U-17 9 (1)
2018  Portugaliya U-18 2 (0)
2019  Portugaliya U-19 15 (9)
2020  Portugaliya U-20 2 (0)
2020-2022  Portugaliya U-21 18 (14)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ramush Portugaliyaning Olhao shahrida tugʻilgan hamda „Benfika“ning yoshlar akademiyasida shugʻullangan. U 2019 yilda "Benfika B" da oʻynay boshlagan va bir yildan soʻng asosiy jamoaga koʻtarilgan. Asosiy jamoadagi uch mavsumdan soʻng, Ramush oʻzini klubning ajralmas futbolchisi sifatida koʻrsatadi hamda Benfika bilan 2022-2023 yilgi mavsumda liga chempionligini qoʻlga kiritgan.

Ramush oʻz mamlakati sharafini turli darajalardagi jamoalri safida himoya qilgan. Portugalya yoshlar jamoasi bilan Yevropa chempionatida ishtirok etgan hamda 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrinnini egallagan. Shuningdek Ramush Portugalya U21 safida ham mamlakat sharafini xalqaro maydonlarda himoya qilgan. Nixoyat Ramush 2022 yilda Portugaliya milliy terma jamoasiga chaqiruv oladi hamda 2022 yilgi FIFA Jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Faoliyat

tahrir

Benfika

tahrir

Dastlabki yillar (2019-2020)

tahrir

2013-yil 12 yoshli Gonsalo dastlab Loule, keyin esa Benfika yoshlar akadimyasiga keladi. U professional futbolchilik faoliyatini 2019-yil 13-yanvarda boshlagan. „Benfika B“ jamoasi bilan „Braga B“ga qarshi oʻyinning 84-daqiqasida Nuno Tavaresning oʻrniga maydonga tushadi, hamda Liga Prodagi debyutini oʻtkazadi[1]. 2020-yil 21-iyul kuni Portugalyaning eng nufuzli ligasida debyutni oʻtkazadi. Oʻshanda Ramush Benfikaning Desportivo das Aves jamoasiga qarshi safardagi uchrashuvning 85-daqiqada Pitszining oʻrniga maydonga tushadi hamda Benfika asosiy jamoasi safida debyut qiladi. Uchrashuvda Ramush 8 daqiqa ichida ikkita gol uradi Benfika esa 4:0 xisobida gʻalabaga erishadi[2]. Oʻsha mavsumda Ramos UEFA Yoshlar ligasi 2019-2020 yilgi mavsumda „Benfika“ yoshlar jamoasining asosiy yulduzi sifatida oʻynaydi. Mavsum finalida „Real Madrid“ yoshlar jamoasiga 3:2 hisobida magʻlub boʻladi. Oʻsha uchrashuvda Ramush ikkita gol uradi. Ramos UEFA Yoshlar ligasini eng yaxshi toʻpurar sifatida yakunlaydi[3]. 2020-yil 7-oktyabrda Benfika bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirishga rozi boʻladi[4].

Asosiy jamoadagi debyut mavsumi (2020-2022)

tahrir

Mavsumni Benfika B jamoasida boshlagan Ramos 12 uchrashuvda 11 gol uradi. Oʻsha mavsumda u UEFA Yevropa ligasi uchun „Benfika“ning qaydnomasiga kiradi. U Yevropa Ligasidagi debyutini 2020-yil 29-oktabrda "Standart de Liej" jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazadi. Oʻshanda Benfika 3:0 xisobida gʻalabaga erishgan. 21-noyabr kuni Taça de Portugal jamoasiga qarshi baxsning asosiy 11 taligidan joy oladi. Mavsumda Ramush ligada 4ta oʻyinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.

2021-2022 yilgi mavsum boshida u murabbiy Xorxe Jezus tomonidan toʻliq asosiy jamoaga safiga jalb etiladi. Ramush Chempionlar ligasi saralashida Moskvaning „Spartak“ klubiga qarshi oʻyinda maydonda 53 daqiqa harakat qiladivmavsumdagi ilk oʻyinini oʻtkazadi. Shuningdek Chempionlar ligasi saralash baxslarining toʻrtta oʻyinida maydonga tushadi hamda hech qanday gol ura olmaydi.

Liganing birinchi haftasida Moreirense jamoasiga qarshi oʻyinda 90 daqiqa maydonda harakat qiladi. 21 avgust kuni esa Gil Visente jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etgan oʻyinda ilk golli uzatmasini amalga oshiradi. 10 hafta davomida gol urishga hissa qoʻsha olmagan Ramush ilk golini 19 dekabr kuni Maritimo jamoasi darvozasiga kiritadi. Yaremchuk Xorxe Jezus qoʻl ostida „Benfika“ga kelganidan soʻng hamda Darvin Nunes jarohatdan qaytganidan soʻng, Ramush asosiy jamoada cheklangan daqiqalardagina harakat qila boshlaydi, hamda qishki transfer oynasida klubni tark etishga qaror qiladi. Bosh murabbiy Jezusning ishdan boʻshatilishi va unga avvalroq B jamoada murabbiylik qilgan Nélson Veríssimoning asosiy jamoaga vaqtinchalik murabbiy boʻlib kelishi bilan Ramush muntazam oʻynay boshlaydi. 2022-yilning 21-yanvar kuni Aruka jamoasi darvozasiga gol uradi. Oʻshanda 9 ta oʻyinda 6 ta gol oʻrishga erishadi. Ramushning moslashuvchanligi turli hujum pozitsiyalarida oʻynash imkonini beradi, yangi murabbiy bundan unumli foydalana boshlaydi.

Bosh murabbiy Jezusning ketishi va yangi murabbiy kelishi bilan asosiy tarkibda koʻproq imkoniyatlarga ega boʻlgan Ramush 13 aprel kuni UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalining javob oʻyinida "Enfild" da "Liverpul" bilan safardagi baxsda jamoasining 1 ta goliga mualliflik qiladi. Oʻshanda Benfika 3:3 xisobida durang oʻynaydi hamda umumiy hisobda 6:4 hisobida Leverpulga magʻlub boʻlib Chempionlar Ligasidagi oʻz yurishlarini toʻxtatadi. Ramush klub tarixida ilk marta Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final baxslarida gol urgan eng yosh futbolchiga aylanadi. Oʻshanda u endigina 20 yoshni qarshilagan edi[5].

Ajoyib start

tahrir

Ramush 2022/23 yilgi mavsumni 2 avgust kuni UEFA Chempionlar ligasi 3-saralash bosqichining birinchi oʻyinida "Midtyulland" jamoasi bilan baxsda boshlaydi. Oʻshanda u faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etadi[6]. Benfika esa 4:1 xisobida gʻalabaga erishadi.

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

2022-yil 10-noyabrda Ramush Portugaliya milliy terma jamoasining 2022-yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun 26 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritiladi[7]. U terma jamoadagi debyutini 17-noyabr kuni Nigeriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazadi hamda oʻsha oʻyinda bitta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshiradi[8]. 6- dekabr kuni Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Krishtianu Ronalduni Shveytsariyaga qarshi 1/8 final oʻyinida maydonga tushirib, Ramushga asosiy oʻyinda imkoniyat yaratadi. Ramush xet-trik qayd etib, Portugaliyaning 6:1 hisobidagi gʻalabasiga hissa qoʻshadi[9]. Shuningdek Tomash Skuhraviydan keyin Jahon chempionati saralash bosqichida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi boʻladi[10]. Shuningdek, Miroslav Klozedan keyin jahon chempionatidagi ilk oʻyinida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchiga aylanadi[11].

Manbalar

tahrir
  1. „FootballPortugal.net - Gonçalo Ramos (Gonçalo Matias Ramos)“. web.archive.org (13 mayıs 2021). 13 mayıs 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7 aralık 2022.
  2. „Gonçalo Ramos bisa e Benfica goleia em jogo marcado pelo protesto do Aves“ (pt-PT). TSF Rádio Notícias (21 temmuz 2020). 22 temmuz 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7 aralık 2022.
  3. „Youth League : Benfica en demi-finales grâce à Gonçalo Ramos“ (fr). L'Équipe. 20 ağustos 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7 aralık 2022.
  4. „Gonçalo Ramos renews contract“ (İngilizce). www.slbenfica.pt. 26 kasım 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7 aralık 2022.
  5. „A BOLA“ (pt). A Bola. 16 nisan 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 aralık 2022.
  6. „Hat-trick de Gonçalo Ramos na goleada do Benfica“ (pt-PT). www.dn.pt. 1 ekim 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 aralık 2022.
  7. „A lista de pré-convocados da Seleção para o Mundial'2022: conheça todos os nomes“ (pt-PT). www.record.pt. 23 ekim 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 aralık 2022.
  8. „Pre-World Cup friendly results: Belgium slip to shock Egypt defeat as Serbia run riot | Goal.com“. www.goal.com. 17 kasım 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 aralık 2022.
  9. Brown. „Who is Goncalo Ramos — the man who replaced Cristiano Ronaldo“ (İngilizce). The Athletic. 6 aralık 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 aralık 2022.
  10. „Who needs Ronaldo? Ramos hat-trick powers Portugal into World Cup quarter-finals“ (İngilizce). The Independent (7 aralık 2022). 6 aralık 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 aralık 2022.
  11. (İngilizce) Portugal's Ramos dazzles with hat-trick against Swiss. 6 Aralık 2022. Archived from the original on 12 Aralık 2022. https://web.archive.org/web/20221212183414/https://www.rte.ie/sport/world-cup-2022/2022/1206/1340277-portugals-ramos-dazzles-with-hat-trick-against-swiss/. Qaraldi: 9 Aralık 2022. Gonçalo Ramos]]
  NODES
todo 1