Gudzon qoʻltigʻi - Shim. Muz okeanining quruqlik ichkarisidagi dengizi, Kanada hududida. Sharqda Gudzon boʻgʻozi orqali Atlantika okeani bilan, shim.da boʻgʻozlar orqali Shim. Muz okeani bilan tutashgan. Mayd. 848 ming km2. Oʻrtacha chuq. 112 m, eng chuqur joyi 258 m. Xavoning oʻrtacha temperaturasi yanvarda —22° dan —31° gacha, iyulda 5° dan 15° gacha; suv oktabrdan iyulgacha muzlaydi. Shoʻrligi 23,0—30,5%". Suv har yarim sutkada 7,9 m ga koʻtarilib-pasayib turadi. Baliq va tyulen ovlanadi. Asosiy portlari: Cherchill, Port-Nelson. G.q.ni ingliz dengizchi sayyohi G. Gudzon 1610 yilda kashf qilgan va uning nomi bilan atalgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES