Gvayakol (2-metoksifenol), o-S6N4(ON)OSN3 — oʻziga xos hidli rangsiz kristallar. Mol. m. 124,13; zichligi 1129 kg/m3. Suyuqlanish temperaturasi 28,5°, qaynash temperaturasi 205°. Havoda va yorugʻlik taʼsirida qorayadi. Etanol, efir, xloroform, muz holidagi sirka kislota, ishqor eritmalarida yaxshi eriydi, 17° li suvda 1,7% eriydi; suv bugʻi bilan birga haydaladi; yod va oltingugurtni eritadi. Gvayakolning ishqoriy tuzlari suvda yaxshi, kalsiyli va magniyli tuzlari esa oz eriydi. Gvayakolning spirtdagi eritmasi temir (Sh)-xlorid taʼsirida havo rangga, soʻngra yashil rangga kiradi. Metillanganda veratol (1,2di-metoksibenzol), dimetillanganda pirokatexinga aylanadi. Gvayakolni sintetik yoʻl bilan oanizidindan ham olish mumkin. Gvayakol xushboʻy moddalar, mas, vanilin, evgenol, izoevgenol, santalidoli. ch.da, pirokatexin olishda, baʼzi shifobaxsh preparatlar, mas, ftivazid, papaverin, tiokol tayyorlashda, atir-upa va oziq-ovqat sanoatida qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  NODES