Hamo (arabcha: حماة) — Suriyaning gʻarbiy qismidagi shahar, Osiy vodiysida. Hamo muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 265 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Qishloq xoʻjaligi (don, paxta, mevalar) rayonining savdo markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, sement, metallurgiya sanoati korxonalari mavjud.

Hamo

حَمَاة
Shahar
35°08′00″N 36°45′00″E / 35.13333°N 36.75000°E / 35.13333; 36.75000
Mamlakat Suriya
muhofaza Hamo
tuman Hamo
Hukumat
 • Voliy Mahmoud Zanubua[1]
Markazi balandligi 305 m
Rasmiy til(lar)i arab tili
Aholisi
 (2023)
996,000[2]
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi +963 33
Hamo xaritada
Hamo
Hamo

Tarixi

tahrir

Usmonlilar hukmronligi

tahrir
 
1742-yil qurilgan Hamodagi Azm saroyi

Mamluklar hukmronligining gullab-yashnagan davri 1516-yilda, Usmonli turklari Halab yaqinidagi Marj Dabiq jangida mamluklarni magʻlub etib, Suriyani bosib olishlari bilan tugadi. Hamo va Suriyaning qolgan qismi Konstantinopoldan mamlakatni boshqarayotgan Usmonlilar hukmronligi ostiga oʻtdi[3]. Usmonlilar davrida Hamo asta-sekin mintaqaning maʼmuriy tuzilmasida muhim ahamiyatga ega boʻldi. U dastlab Tripolidagi iyolat („viloyat“) livalaridan („tuman“) birining markaziga aylantirilgan[4]. Hamo Oʻrta yer dengizi sohili sharqidan Osiyoga oʻtadigan savdo yoʻllari uchun muhim markazga ham aylandi. Shaharda 1556-yildan beri mavjud boʻlgan Xon Rustum posho singari bir qancha xonlar (karvonsaroylar) qurilgan[3]. Hamo voliysi 1692-yilda Usmonli imperiyasining qabilalarni joylashtirish dasturi doirasida turkman koʻchmanchilarini Hamo-Hims hududiga joylashtirish vazifasini yukladi[5].

Keyin 18-asrda Damashq voliysi mulki tarkibiga kirdi.[4]. Bu vaqtda Damashq voliylari Usmonlilar uchun Suriyaning boshqa qismlarini ham boshqargan Azmlar xonadoni edi. Ular Hamoda hashamatli qarorgohlar, jumladan Azm saroyi va Xon Asad poshoni qurdilar, bu karvonsaroylarni 1742-yilgacha Hamoni bir necha yil boshqargan Asad Posho al-Azm qurdirdi[3]. Bu vaqtga kelib shaharda 14 ta karvonsaroy boʻlib, ular asosan chigit, paxta, jun va boshqa tovarlarni saqlash va tarqatish uchun foydalanilgan[6]. 1864-yilda Viloyat qonuni qabul qilingandan soʻng, Hamo kattaroq Shom viloyatining bir qismi boʻlgan Hamo sanjagining poytaxti boʻldi (shahar koʻproq maʼmuriy vakolatlarga ega boʻldi)[4]

Manbalar

tahrir
  1. „President al-Assad issues decrees on appointing new governors for eight Syrian provinces“. Syrian Arab News Agency (2022-yil 20-iyul). Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  2. „2023 official census“. cbss. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  3. 3,0 3,1 3,2 Ring, 1996, p.318.
  4. 4,0 4,1 4,2 Dumper, Stanley, and Abu-Lughod, 2007, p.163.
  5. Çakar, Enver „Les Turkmènes d’Alep à l’époque ottomane (1516–1700)“, . Aleppo and its Hinterland in the Ottoman Period / Alep et sa province à l'époque ottomane. Brill, 2019. ISBN 978-90-04-37902-2.  p.25.
  6. Reilly, 2002, p.72.

Adabiyotlar

tahrir



  NODES
INTERN 1