Harorat (temperatura) (lotincha temperatura — kerakli aralashma, o'rtacha holat) — moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.

Gazlar tarkibidagi atom va molekula kabi zarralarning issiqlik ta'siridan xaotik harakati

Harorat — bu jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar (atom va molekulalar)ning harakati kinetik energiyasining oʻrta statistik intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Xarorat birligi sifatida Kelvin gradusi qabul qilingan. SI birliklar tizimida 1K suvning uchlanma nuqtasi termodinamik xaroratining 1/273.16 qismiga teng deb qabul qilingan. Shuningdek Kelvin gradusini mutloq nol xarorat xam deb yuritiladi. Chunki 0 K da xar qanday moddada molekulyar harakat toʻxtaydi. Texnikada esa kelvin shkalasidan tashqari Tselsiy shkalasi xam keng qoʻllanadi. Tselsiy shkalasi suvning qaynash va muzlash xaroratlariga asoslangan va kelvin bilan quyidagi bogʻliqlikka ega: 1K =273,15 S. Farengeyt shkalasiga koʻra esa 0S = 32F va 100S = 212F. Farengeyt shkalasi nochiziqli shkala boʻlib, tS = 5/9 (tF-32) va aksincha tF=9/5 (tS +32) tarzida nisbatda boʻladi. Reomyur shkalasiga koʻra esa suvning muzlash xarorati 0R va qaynash xarorati 80R etib belgilangan. 1R=1.25 S

Harorat umumiy qilib aytganda, predmet va atrof muhitning shunaqa xususiyatiki, qaysiki inson sezgi organlariga sovuq, issiq va xok. sifatida ta'sir etadi. Harorat, modda zarralarining kinetik energiyasi bilan o'zaro bog'liqdir.

Harorat SI da kelvinlarda (K) o'lchanadi. Yordamchi o'lchov birligi sifatida esa Tselsiy darajasidan (°C) keng foydalaniladi.

Haroratni o'lchashda termometr, termal tomoshabin, termopara, optik pirometr va xok. ishlatiladi.[1]

Tarixi

tahrir

Qadimda «harorat», tanasi issiqroq odamlarda boshqa odamlarga nisbatan, ko'proq o'ziga xos xususiyatga — teplorodga ega deb tushunilgan. Shuning uchun harorat deganda kuchli tananing o'ziga xos xususiyati va teplorod tushunilgan. Shundan kelib chiqib spirtli ichimliklarning quvvati va harorat, bir xil — graduslarda o'lchanadi.

Harorat shkalalari

tahrir
 
Suv 0 °C da muzlaydi. Termometr -17 °C ni ko'rsatib turibdi.
Harorat shkalalarining o'zaro nisbatlari
shkalalar Kelvin Tselsiy Farengeyt
Kelvin (K) = K = С + 273,15 = (F + 459,67) / 1,8
Tselsiy (° C) = K − 273,15 = C = (F − 32) / 1,8
Farengeyt (°F) = K · 1,8 − 459,67 = C · 1,8 + 32 = F


Harorat shkalalarini solishtirish

tahrir
Harorat shkalalarini solishtirish
Tavsif Kelvin Tselsiy Farengeyt Rankin Delil Nyuton Reomyur Ryomer
Absolut nol 0 −273.15 −459.67 0 559.725 −90.14 −218.52 −135.90
Farengeyt qorishmasining erish harorati (tuz va muz teng miqdorda) 255.37 −17.78 0 459.67 176.67 −5.87 −14.22 −1.83
Suvning muzlash harorati (qulay sharoitda) 273.15 0 32 491.67 150 0 0 7.5
Inson tanasining o'rtacha harorati ¹ 310.0 36.6 98.2 557.9 94.5 12.21 29.6 26.925
Suvning qaynash harorati (qulay sharoit) 373.15 100 212 671.67 0 33 80 60
ErishTitan 1941 1668 3034 3494 −2352 550 1334 883
Quyosh sirti 5800 5526 9980 10440 −8140 1823 4421 2909

¹ Inson tanasining o'rtacha harorati — 36.6 ° C ±0.7 ° C, yoki 98.2 °F ±1.3 °F. Jadvaldagi ba'zi qiymatlar yaxlitlanilgan!

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Inson tanasining haroratini o'lchash uchun termal tomoshabin“. 2022-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-noyabr.
  NODES
mac 2
os 14