Ikki xil nafas oluvchilar (Dipnoi yoki Dipneustomorpha) — su-yakli baliqlar kenja sinfi (yoki kat-ta turkumi). Devon davridan maʼlum. Koʻpchilik turlari Perm davridan keyin qirilib ketgan. Suvda yashashga moslashgan organlari (jabralar) bilan bir qatorda atmosfera havosidan nafas olishga imkon beradigan organlari (oʻpkasi) ham boʻladi. Skeletining , asosan, togʻaydan iborat boʻlishi, xor-dasining hayoti davomida saqlanib qolishi, umurtqa pogʻonasining yaxshi rivojlanmaganligi I.x.n.o.ning sodda tuzilganligini koʻrsatadi. Shuning bilan birga suyaklar boʻlishi, oʻpka bilan nafas olishi, yurak boʻlmasida uni boʻlib turuvchi boʻlmacha boʻlishi, bosh miyaning kuchli rivojlanganligi ularning oʻziga xos belgilari hisoblanadi. Juft suzgichlari uzun, segmentlarga boʻlingan 3 turkumi boʻlgan. Hoz. I.x,-n.o. chuchuk suvlarda yashaydi; bir oʻpka-’ lilar (Monopneumones) va ikki oʻpkalilar (Dipnumones) turkumlariga boʻlinadi. Bir oʻpkalilarning yagona turi muguztish (Neoceratodus forsteri) Shim.sharqiy Avstraliyaning Kvinslend daryosida yashaydi; tanasi yoʻgʻon (uz. 175 sm gacha), juft suzgichlari — bargsimon, tangachalari yirik, suzgich pufagi (oʻpkasi) bitta. Ikki oʻpkalilarning tanasi choʻziq, tangachalari mayda, juft suzgichlari ipsimon, suzgich pufagi (oʻpkasi) — ikkita. Bir necha turi maʼlum. Protopterlarning 4 turi tropik Afrikaning sayoz suvlarida yashaydi, uz. 30 sm dan 2 m gacha. Qurgʻoqchilik paytida qurib qoladigan suv havzalarida loydan qazigan inlarida uyquga ketadi. Jan. Amerikaning Amazonka daryosi havzasida uchraydigan lepidosiren (Lepidosiren paradoxa) ham qurgʻokchilikni xuddi shu holatda oʻtkazadi. I.x.n.o. har xil umurtqasizlar, baliqlar va b. suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Protoptera va lepidosiren ovlanadi; muguztish muhofaza qilinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES