Illyuminator (lot. illuminator -yoritqich) — yoritish va shamollatib turish maqsadida kema, suv osti kema-si, samolyot korpusiga ishlangan oynali tuynuk. Dumaloq va toʻrt burchak, ochilmaydigan va ochiladigan xillari boʻladi. Koʻpincha, nam oʻtkazmaydigan qilib yasaladi. Suv ostida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladigan apparatlar, vertolyot, kosmik kema va b. dagi dumaloq tuynuk ham I. deb ataladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES