Ilya Yefimovich Repin (fin: Ilja Jefimovitš Repin, ukraincha: Ілля Юхимович Рєпін); [1844.24.7 (5.8), Chuguyev, hozirgi Harkov viloyati — 1930.29.9, Kuokkala, Finlandiya, hozirgi Leningrad viloyatidagi Repino] – rus rassomi, 19-asr realistik sanʼatining yirik namoyandasi. Peterburg Badiiyot akadimyasida oʻqigan (1864–71; 1894–1907-yillar dare bergan, 1898–99 yillar rektor). Rossiya boʻylab va chet ellarga bir necha bor sayohat qilgan. 1878-yildan peredvijniklar safida. Repinga oʻqish davrida Ivan Kramskoy, tanqidchi Vladimir Stasovlar kuchli taʼsir koʻrsatgan; inqilobiy demokratlar estetikasi bilan tanishgan Repinuning ongli tarafdorlaridan biriga aylandi. Repin ijodi oʻzining xalqchilligi, insonparvarligi yuksak gʻoyaviyligi va mahorati bilan ajralib turadi. Repindagi kuzatuvchanlik va joʻshqinlik, holat, imoishoralardan obrazlarning x,issiy tasvirlashda moqirona qoʻllash uning asarlarida koʻzga tashlanadi. Koʻp qirrali ijodi (portret, janrli va tarixiy kartinalar, ofort, litografiya, kichik rasmlar)da oʻz davrining qarama-qarshiliklaushi aks ettirdi, xalqning mashaqqatli turmushi, qudratini tasvirladi: "Burlaklar Volga boʻyida" (1870–73, Rus muzeyida), "Tavbadan bosh tortish" (1879–85) va "Kutmagandilar" (1884– har ikkalasi ham Tretyakov galereyasida); "Zaporojyeliklar turk sultoniga xat yozishmoqda" (1878–91), "Malika Sofya" (1879), "Ivan Grozniy va uning oʻgʻli Ivan" (1885) kabi asarlarida tarixiy voqealar taʼsirchan ifodalangan; portretlarvda jamiyatdagi turli kishilarning kuchli ijtimoiy va psixologik harakteristikasi, yorqin tipik obrazlari yaratilgan: "Vladimir Stasov" (1873), "A. F. Pisemskiy" (1880), "M. P. Musorgskiy" (1881), "L. N. Tolstoy" (1887), "I. P. Pavlov" (1924) va boshqa Shuningdek, Repinning kjsak mahorati grafikada ham namoyon boʻldi ("Qizaloq Ada", 1882; "Neva prospekta", 1887 va boshqalar), rassom qalami naturani uning bor jozibasi bilan bera olgan. Repin memorial muzeyi bor (1940). Sankt-Peterburgdagi Rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik institutiga Repin nomi berilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES
os 12