Inchuan, Ninsya — Xitoyning shim. qismidagi shahar. Ninsya-Xuey muxtor rayonining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 943,4 ming kishi (1998). Xuanxe daryosidagi pristan. Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi rayoni markazida joylashgan; chorva mahsulotlari bozori. Mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  NODES
mac 1
os 7