Indoneziya respublika televideniyesi

Indoneziya Respublikasi televideniyesi ( indonezcha: Televisi Republik Indonesia / TVRI )Indoneziya davlatga tegishli, jamoat teleradiokompaniyasi hamda Indoneziyadagi eng qadimgi televizion tashkilotdir. Uning (TVRI) bosh shtab-kvartirasi Markaziy Jakartada joylashgan [1] .

TVRI Indoneziya teleeshittirish bozoridagi monopoliyani 1989-yil 24-avgustda birinchi tijorat telestansiyasi RCTI eshittirishni boshlagunga qadar o'z qo'liga olgan edi.

Tarixi

tahrir
 
TVRI ning Jakartadagi shtab-kvartirasidagi teleminora.

1961-yilda Indoneziya hukumati 1962-yilda Jakartada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish doirasida milliy televideniyeni tashkil etishga qaror qildi. 1961-yil oxirida televidenie tayyorlov qo‘mitasi tashkil etildi. Oktyabr oyida prezident Sukarno Senayan , Jakartada studiya va ikkita teleminora qurishni buyurdi. TVRI 1962-yil 17-avgustda Indoneziyaning Mustaqillik kunini nishonlash uchun birinchi translyatsiya sinovini efirga uzatdi. Birinchi telekanal (hozirgi TVRI 1-kanal) 1962-yil 24-avgustda, 1962-yilgi Osiyo oʻyinlari ochilishida ochilgan. Ikki yil o'tgach, Yogyakarta, Semarang, Medan, Surabaya, Makassar, Manado, Batam , Palembang, Bali hamda Balikpapanda mintaqaviy televidenie filiallari tashkil etildi. 1963-yil boshida "Indoneziya Respublikasi televidenie jamg'armasi" rasman telekanalning rasmiy boshqaruv agentligiga aylandi.

1974-yilda TVRI kengash maqomi bilan Axborot vazirligi tarkibiga kirdi. Uning vazifasi hukumat siyosati haqida jamoatchilikni xabardor qilishdir. Ikki yil o'tgach, TVRI Indoneziyada sun'iy yo'ldosh orqali efirga uzata boshladi.

1979-yilda TVRI ning rangli televizion signali sun'iy yo'ldosh orqali uzatila boshlandi. Birinchi rangli yangiliklar dasturlari "Berita Nasional", "The World in News", "Special Report" va "Berita Terakhir Evening News" edi.

1970-yillarning oxiri va 1980-yillarda TVRI Milliy Axborot Vazirligining aniq belgilangan ommaviy axborot vositalarining tarkibiy qismiga aylandi. Bir vaqtning o'zida TVRI 2-kanalni (sobit chastotali kanal 8) o'rnatildi. Shuningdek, TVRI viloyat televizion ishlab chiqarish studiyalarini ham tashkil etdi.

1989-yilda hukumat xususiy telestansiyalarga eshittirishni boshlashga ruxsat berganidan so‘ng TVRI o‘z monopoliyasini yo‘qotdi hamda birinchi tijorat telekanali RCTI ishga tushirildi.

Islohotlardan so'ng, TVRI maqomi, avval Moliya vazirligi mas'uliyati ostida, keyin esa Davlat korxonalari vazirligi va Moliya vazirligining ruxsati ostida mas'uliyati cheklangan jamiyatga aylandi.

TVRI holati

tahrir

TVRI tarkibida 22 ta mintaqaviy telekanal va 6800 dan ortiq xodimlar mavjud, ulardan 2000 tasi Jakartada joylashgan. Axborot - ma'rifiy va ko'ngilochar dasturlar har kuni ertalab tonggi soat 4:00 dan 1:30 gacha efirga uzatiladi.

Hukumat raqamli televideniyesidan tashqari, TVRIda 4 ta kanal o'z faoliyatini yuritmoqda: TVRI 1-kanal (TVRI Milliy kanali), TVRI 2-kanal (TVRIning mintaqaviy telekanal tarmog'i), TVRI 3-kanal (asosan ingliz dasturlari), TVRI 4-kanal ( sport bilan), hozirda DVB-T.

Tarixiy belgilari

tahrir

Yana qarang

tahrir

参考文献

tahrir
  1. „TVRI Website“. 2015-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-avgust.

Tashqi havola

tahrir
  NODES