Irokezlar (fransuzcha: Iroquois), shuningdek, xaudenosauni yoki xodenosauni (inglizcha: Haudenosaunee, yaʼni „uzun uy odamlari“) — irokez tillarida soʻzlashuvchi, AQSh va Kanadada istiqomat qiluvchi indeys xalqlar guruhi. Kolonializm yillarida fransuzlar ularni Irokez ligasi, keyinchalik Irokez konfederatsiyasi deb nomlagan. Inglizlar esa ularni Besh qabila deb atagan: irokezlar sharqdan gʻarbga qarab yurganda moxaklar, oneydalar, onondagagalar, kayyugalar va senekalardan iborat boʻlgan. 1722-yildan keyin irokez tilida soʻzlashuvchi tuskaroralar ham konfederatsiyaga qoʻshilgan, natijada bu xalqlar Olti qabila deb nomlana boshlangan.

Irokezlar

Irokezlar konfederatsiyasi bayrogʻi
Oʻz nomi Haudenosaunee
Jami: 125 ming
Til Irokez tillari
Dini Uzun uy dini va boshqa ibtidoiy diniy aqidalar, xristianlik
Etnik guruhlar Moxaklar, oneydalar, onondagagalar, kayyugalar, senekalar va tuskaroralar; Saint-Lavrens irokezlari, guronlar, erilar, saskuexannoklar

Irokezlar hukmronligi choʻqqisiga chiqqan 1700-yil atrofida ular Buyuk koʻllar boʻylab bugungi kundagi Nyu-York shtatidan hozirgi Ontario va Kvebekkacha boʻlgan hududni, janub yo'nalishida hozirgi Virginiya va Kentukki shtatlari hamda Ogayo vodiysigacha boʻlgan hududni boshqarishgan.

Yevropaliklarga maʼlum boʻlgan Saint-Lavrens irokezlari, guronlar, erilar, saskuexannoklar qabilalari ham irokez tilida soʻzlashgan. Keng maʼnoda ular ham irokezlar hisoblanadi, chunki ularning barchasi proto-irokez xalqlardan kelib chiqqan. Ammo ular tarixda Irokez ligasi xalqlariga qarshi kurashgan[1].

2010-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Kanadada 60 ming nafar, AQShda esa 81 ming irokezlar istiqomat qiladi[2]. Irokezlarning aksari ibtidoiy diniy aqidalarga sigʻinadi, ayrimlari yevropaliklar istilosidan keyin xristian dinini qabul qilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Daeg de Mott, D. K. „Iroquois“, . Worldmark Encyclopedia of Cultures and Daily Life, Vol. 2, 2nd, Detroit: Gale, 2009 — 304–310-bet. ISBN 978-1414448909. 
  2. Marques, Nicole Terese Capton „Divided We Stand: The Haudenosaunee, Their Passport and Legal Implications of Their Recognition in Canada and the United States“ (2011). Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.

Havolalar

tahrir
  NODES