Iroq Tabiati – Iroqning katta qismini Mesopatamiya pasttekisligi egallagan. U yuqori va quyi Mesopatamiyaga boʻlinadi. Yuqori Mesopatamiya (Al-Jazira) – Dajla va Furot daryolar oraligʻida joylashgan platodir. Quyi Mesopatamiya Bagʻdoddan Basragacha choʻzilgan va bu ikki daryo bilan oʻralib turadi. Janub va Gʻarbda Suriya va Arab sahrolari joylashgan. Shimoli sharqda Zagros togʻ tizmasining janubiy qismi, shimolda Gavra togʻining bir qismi joylashgan. Mamlakat shimolida Oʻrtayer dengizi iqlimi va subtropik kontinental iqlim mavjud boʻlsa, janubda tropik qumq iqlim hukmron. Iroqda qumli boʻronlar boʻlib turadi. Iqlimi jazirama boʻlgani tufayli mamlakatda ichimlik va sugʻorish uchun suv yetishmaydi. Mesopatamiya pasttekisligida dasht, yarimsahro va sahrolar joylashgan. Vohalarda xurmo palmalari oʻsadi. Togʻ va togʻ yonbagʻirlarida ignali butalar, qora archa va keng bargli oʻrmonlar joylashgan[1].

Xoʻjaligi

tahrir

Iroq iqtisodiyoti asosini neft sanoati tashkil etadi. Dunyodagi neft zaxiralarining 11% Iroqqa tegishli. Neft eksporti mamlakat daromadining 95% ni tashkil etadi. 1980-1988 (Eron bilan urush), 1991-yil(Quvaytnibosib ohsh), 1998-1999-yillarda boʻlib oʻtgan harbiy harakatlardan soʻng 2003-yilda mamlakat iqtisodiyoti inqirozga uchradi natijada koʻp sanoat korxonalari ishlashdan toʻxtadi. Mamlakatda tabiiy gaz, fosforit tuzlar, oltingugurt qazib olinadi. Bundan tashqari neftni qayta ishlash, neft-kimyo, metallni qayta ishlash sanoatlari rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yaxshi rivojlangan, bugʻdoy, arpa, guruch, sabzavotlar paxta va boshqalar yetishtiriladi. Aholi yirik shoxli mollarni, qoʻylarni, tuyalarni koʻpaytirishadi. Asosiy eksport mahsulotlari: xom neft, xurmo, mevalar.

Umumiy maʼlumotlar

tahrir

Iroq Respublikasi – Yaqin Sharqdagi davlat. Davlat boshligʻi – prezident. 2003- yil bahorida ingliz-amerika koalitsiyasi Saddam Husayn hokimiyatini harbiy yoʻl bilan agʻdardi. 2005-yilda davlatda parlament saylovlari boʻldi va boshqamv organlari shakllandi. Bir qator shaharlarda ekstremistlar va koalitsiya qoʻshinlari orasida toʻqnashuvlar boʻlib oʻtdi. Mamlakat aholisining 75% ni arablar, 18% kurdlar tashkil etadi, bundan tashqari bu yerda ossuriyaliklar, armanlar, cherkes va boshqalar istiqomat qilishadi.

Geografik maʼlumotlar
Poytaxti Bagʻdod
Maydoni 435,1 ming km2
Aholisi 29 mln. kishi (2007)
Rasmiy tillari arab, kurd tillari
Aholisining diniy tarkibi musulmonlar – 95% (shialar – 60%, sunniylar – 35%), xristianlar – 3%
Davlat tuzumi respublika
Pul birligi Iroq dinori

Manbalar

tahrir
  1. Dunyo mamlakatlari, Davr, Toshkent: Davr nashriyoti, 2013 — 296bet-bet. Qaraldi: 16-sentabr 2023-yil. 
  NODES
os 16