Islandiya

Atlantika okeanining shimoliy qismidagi Islandiya orolida joylashgan davlat

Islandiya (Island), Islandiya Respublikasi (Lydveldid Island) — Atlantika okeanining shimoliy qismidagi Islandiya orolda joylashgan davlat. Maydon 103 ming km2. Aholisi 368 ming kishi (2021-yil). Maʼmuriy jihatdan 23 okrug (sisla)ga, ular esa jamoalarga bo'linadi. Poytaxti — Reykyavik shahri.Islandiya hech qachon quyosh botmaydi.

Islandiya Respublikasi
Lýðveldið Ísland
ShiorY'o`q
Madhiya: Lofsöngur
(Hymn)
Location of Islandiya
Poytaxt Reykyavik
Rasmiy til(lar) Islandcha
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Guðni Jóhannesson
Bjarni Benediktsson
Mustaqillik
• Daniya Tojida mustaqil davlat bo`ldi
1-dekabr 1918
• Daniyadan
17-iyun 1944
Maydon
• Butun
103,000 km2 (107-oʻrin)
• Suv (%)
2.7
Aholi
• 2019-yilgi roʻyxat
357,050 (172-oʻrin)
• Zichlik 3,47/km2
YIM (XQT) 2017-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$23 mil. (136-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$70,352
Pul birligi Iceland Krona (ISK)
Vaqt mintaqasi UTC+0
• Yoz (DST)
UTC+0
Qisqartma IC
Telefon prefiksi 354
Internet domeni .is

Davlat tuzumi

tahrir

Islandiya —parlamentar respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1944-yil 17 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (Gvyuniy Yavuhenson), u aholi tomonidan toʻgʻridan to'g'ri saylov yoʻli bilan 4-yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident bilan alting (bir palatali parlament) birgalikda amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyatni ham prezident amalga oshiradi va hukumatni tayinlaydi.

Tabiati

tahrir

Islandiya qirgʻogʻi janubida tekis, qolgan qirgʻoqlari yirik qoʻltiq va fiordlar bilan parchalangan[1]. Yer yuzasining koʻp qismi vulqonlardan xreil boʻlgan plato. Bal. 800 m li togʻ massivlari va 200 ta vulkan (30 tasi harakatda) bor. Mashhurlari: Gekla, Laki, Askya va Xvannadalsxnukur (baland nuqtasi 2119 m).Islandiya hududining 6 %i lava dalalaridan iborat. Sohilda pasttekisliklar bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Shpat, oltingugurt, torf, lignit va b. konlar (issiq suvli, bug'li, maʼdanli buloqlar va geyzerlar) mavjud. Iqlimi subarktika, dengiz iqlimiga, Golfstrimning taʼsiri kuchli. Sohilda yanvarning oʻrtacha temperaturaasi — 1, —3°, iyulniki 9, 1G. Yillik yogʻin 500–4000 mm. Islandiyaning markaziy qismlarida qishda 5 oygacha qor erimaydi. Islandiya maydonining 11,8 ming km2 muzlik. Yiriklari: Vatnayyokudl (mayd. 8400 km2, qalinligi 1000 m) va boshqa. Daryolari qisqa, serostona, qor va muzliklardan toʻyinadi, gidroenergiya resurslariga boy. Koʻl koʻp. Sohillarda serunum torflichim, ichkarilarda tog arktika tuproqlari uchraydi. Oʻsimligi kam, jami 400 tur kjsak oʻsimlik bor. Islandiya hududining 2/3 qismi mox va lishaynikli toshloq. Lava dalalarida hech narsa oʻsmaydi. Katta maydonlar torfli botqoqlik va oʻtloq. Kichikroq oq qayin oʻrmonlari saqlangan. Qutb tulkisi, sichqonsimonlar, shimoliy bugʻusi, norka, morj, tyulen, baliqchi qushlar, baliqlar, kitlar bor. Milliy bogʻlari (Tingvedlir, Mivati-och-Lax-sau, Skaftafedl, Yekyul-Saurgl-yurvyur) va qoʻriqxonalar bor.

Aholisining 99 % islandlar. Qolgan qismi nemis, norveg va danlar. Rasmiy til — island tili. Dindor aholining 93 % protestant (lyuteran). Aholining 91 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Reykyavik, Koupa-vogur, Akureyri.

Tarixi

tahrir

Islandiya hududiga taxminan 870 - yildan odamlar koʻchib kelib, kimsasiz orolni oʻzlashtira boshlaganlar. Ularning koʻpchiligi norveglar boʻlgan. Skandinaviyaning boshqa mamlakatlari, jumladan, Shvetsiyadan kelganlar ham bor edi. Ular mamlakatni Island — Muzlar mamlakati deb atadilar. 11-asr oxiriga kelib bu yerdagi qishloq xoʻjaligi xonadonlari 4,5 mingga yetdi. Yaylov chorvachiligi, dengiz ovi aholining asosiy mashgʻuloti edi. Dengiz sayyohligi rivojlanib, 10-asrning 80-yillarida islandlar Grenlan-diyani kashf qildilar va taxminan 1000-yilda Shimoliy Amerikaga yetib bordilar. Islandiyaga koʻchib kelgan kishilar tomonidan tuzilgan Xalq majlisi — alting 930 yilda oʻzining birinchi yigʻilishini oʻtkazdi. Orolning tashqi dunyodan ajralganligi, xoʻjalik turmushining oʻziga xos xususiyatlari tufayli bu yerdagi urugʻchilik munosabatlari uzoq vaqtgacha saqlanib qoldi. 13-asrgacha si-yosiy hokimiyat xalqdan butunlay ajralmagan edi, oddiy erkin kishilar — bondlar asosiy ijtimoiy qatlam boʻlgan. Islandiya tarixining shu davri adabiyotda "Xalq hokimiyati davri" deb yuri-tiladi. Oʻrta asrlarga kelib yakka qishloq xoʻjaligi xonadoni asosiy xoʻjalik va boshlangʻ-ich jamoat yacheykasiga aylandi. Ammo 1262—64 yillarda Islandiyaning asilzodalari oʻrtasidagi ichki nizolardan foydalangan Norvegiya davlati uni oʻziga boʻy-sundirib oldi, 1380-yildan esa u (Norvegiya ham) Daniya bilan uniya (ittifoq)da boʻlgan. 1397-yildan Kalmar ittifoqi tarkibida. 1537-yildan yana Daniya qara-mogʻida.

19-asr 2-yarmidan island millatining tashkil topishi natijasida mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1874—1903-yillari Islandiya baʼzi muxtor huquklarga ega boʻldi. Birinchi jahon urushi davrida Islandiyaning Daniyaga qaramligi zaiflashdi. Islandiyaning AQSH va Buyuk Britaniya bilan iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlari kuchaydi. Ozodlik kurashi avj olgach, Daniya Islandiyani Daniya-I. uniyasi bilan cheklangan mustaqil davlat deb tan oldi (1918). Islandiyaning doimiy betarafligi eʼlon qilindi. 1944-yil maydagi referendum natijasida Islandiya xalqi Daniya bilan uniyani bekor qildi va shu yil 17 iyunda Islandiya Respublika deb eʼlon qilindi.

Islandiya — 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1997-yil 25 sentabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 17 iyun — Mustaqillik kuni (1944).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

tahrir

Xalq ittifoqi partiyasi, 1968-yil tuzilgan; Mustaqillik partiyasi, 1929-yil tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1916-yil tuzilgan; "Xalq uygʻonishi" siyosiy birlashmasi, 1944-yilda asos solingan; Islandiya sotsal-demokratik partiyasi, 1916-yil tashkil topgan; Birlashgan soʻllar bloki, 1999-yilda tuzilgan. Islandiya kasaba uyushmalari birlashmasi 1916-yil tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi.

Xoʻjaligi

tahrir

Islandiya — industrial-agrar mamlakat. Baliqchilik, energetika, sement, alyuminiyishlab chiqarish, metallsozlik rivojlangan.

Sanoatida baliq ovlash va uni qayta ishlash yetakchi oʻrinda. Mehnatga layoqatli aholining 12% shu tarmoqda band boʻlib, yalpi ichki mahsulotning 20% va xorijiy valyuta tushumining salkam 80% ni taʼminlaydi. Yiliga 1,5 mln. tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Baliq ovlash flotida 1 mingdan or-tiq kema bor. Asosiy baliq mahsulotlari: muzlatilgan, quritilgan va tuzlangan baliq, baliq yogʻi, baliq uni.

Islandiyada sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilma va xom ashyo zaxiralari yoʻq. Alyuminiy (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), ferrosilitsiy, diatomit, azotli oʻgʻit ishlab chiqaradigan bir necha korxona bor. Baliq ovlash kemalarini taʼmirlaydigan va yangilarini ishlab chiqaradigan kemasozlik korxonalari mavjud. Lok-boʻyoq, charmpoyabzal, toʻqimachilik sanoati, trikotaj va mebelishlab chiqarish rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 4,4 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Turar joy va issiqxonalarni isitish uchun qaynoq buloq suvlaridan foydalaniladi. Aholi jon boshiga elektr energiyadan foydalanishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Key-ingi yillarda boy tabiiy resurslarga ega boʻlgan Arktikada hamkorlik qilishga I. katta eʼtibor bera boshladi. U mazkur mintaqada atrof muhitni muhofaza qilishga, uni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlantirishga koʻmaklashuvchi Arktika ken-gashiga aʼzo boʻlib kirgan.

Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar butun mamlakat hududining 14% ni tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholining 9,5% agrosanoat majmuida band. Kichik fermerlar koʻp. Yetakchi tarmogʻi qoʻychilik va sut chorvachiligidir, qoramol, yilqi ham boqiladi. Yem-xashak, kartoshka, issikxonalarda sab-zavot yetishtiriladi.

Islandiyada dengiz transporti yetakchi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 10530 km. Temir yoʻl yoʻq. Asosiy dengiz portlari: Reykyavik, Akureyri. Aviatsiya transporti katta ahamiyatga ega. Chet el sayyohligi rivojlangan: yiliga 190 mingga yaqin sayyoh kelib-ketadi.

Islandiya chetga baliq va baliq mahsulotlari, rangli metallar, qoʻy goʻshti va te-risi, jun chiqaradi, chetdan transport vositalari, neft va neft mahsulotlari oladi. Islandiyadaning tashki savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Skandinaviya mamlakatlari. Pul birligi — island kronasi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

tahrir

Islandiyada 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 yillik majburiy boshlangʻich taʼlim, 16 yoshdagi bolalar uchun 3 yillik oʻrta taʼlim joriy etilgan. Oliy taʼlim ti-zimida 5 universitet, jumladan, Reykyavik universiteti, 11 ixtisoslashgan institut bor.

Reykyavikda Milliy kutubxona, xalq kutubxonasi, Islandiya milliy muzeyi, Tabiiyot tarixi muzeyi va Davlat badiiy galereyasi mavjud. Eng yirik ilmiy muassasa Reykyavik universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqotlar instituti (1937) dir. Unda baliqchilik xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi fanlari va b. boʻlimlar bor. Universitet xuzurida bakteriologiya va patologiya institutlari ham mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Islandiyada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Altidubladid" ("Xalq, gazetasi", kundalik gazeta, 1919-yildan), "Altidumadu-rini" ("Sotsial-demokrat", haftalik gazeta, 1931-yildan), "Vikan" ("Hafta", 2 haftada chiqadigan bezakli jurnal, 1938-yildan) "Vinnan" ("Mehnat", oylik jurnal, 1943-yildan), "Morgunbladid" ("Tonggi gazeta", kundalik mustaqil gazeta, 1913-yildan), "Toudvilinn" ("Xalq erki", kundalik gazeta, 1936-yildan). Islandiyada davlat radioeshittirish va televideniye xizmati mavjud; radioeshittirish 1930 i., televideniye 1966-yil tashkil etilgan.

Adabiyeti tarixida saga (xalq, dostonlari) yetakchi janr boʻlgan. Norvegiya va Daniya hukmronligi davrida Islandiyada madaniyati tushkunlikka uchrasada, diniy qoʻshiqlar qatorida qahramonlik qoʻshiqlari ham yaratildi. 18-asrdava 19-asr boshlarida I. adabiyotida jonlanish yuz berdi. B. Torarensen, Y. Xadlgrimsson romantizmning yirik vakillari sifatida maydonga chiqishdi. T. Erlingsson, G. Paulsson kabi shoir va adiblar ijodi realistik ruh bilan sugʻorilgan. X. K. Laksness island mehnatkashlarining erk uchun kurashini tasvirladi. 20-asr boshlarida dramaturgiya rivojlandi. Hoz. zamon adabiyeti taraqqiyotida mashhur hajvchi shoir S. Steynar, hikoyanavis X. Stefaunsson, lirik romanlar muallifi O. Y. Sigurdsson, dramaturg A. Bogason va b.ning roli katta.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati 11 — 13-asrlardan rivojlana boshladi. Bu davrda kitob miniatyurasi, yogʻoch oʻymakorligi sanʼati rivoj topdi. Islandlarning turar joylari langxus ("uzun uy") deb atalgan. Yonma-yon joylashtirilgan bu uylar yerni chuqur oʻyib chim va torf bloklardan kurilgan. Imorat-bop yogʻoch chetdan keltirilgan. 18-asroʻr-talarida Xoular va Reykyavikda toshdan soborlar qurildi. 19-asrda keltirilgan yogʻoch, tuf, bazalt, temirdan 2—3 qavatli uylarni qurish urf boʻldi. 1920-yillar meʼmorligiga zamonaviy shakllar, konstruksiyalar (yaxlit temir-beton, poʻlat sinch) joriy etila boshladi. Keyingi yillarda Reykyavik va Akureyri shaharlarida 4—5 qavatli uylar, maʼmuriy, jamoat binolari daniyaliklar taʼsirida modern uslu-bida barpo etildi. Sigurdur Gudmund-sson, Gudyoun Samuelsson, Sigvaddi Tordarson kabi meʼmorlar yetishib chik,-di (Reykyavikdagi milliy teatr bino-si, 1928—32, Tibbiy markaz, 1946—50 va boshqalar).

Tasviriy sanʼat ijodkorlari mustamlakachilik zulmi ostida ham qad. naqqoshlik, oʻymakorlik anʼanalarini davom ettirdilar. 19-asrda milliy ozodlik kurashi kuchayishi bilan Islandiyadada rassomlik sanʼati — portret (Sigurdur Gudmundsson) va manzara (Tourarini Torlauxsson, Ausgrimur Younsson) janri rivoj topdi. Rassomlar ijodida Islandiyadaning yov-voyi, bokira tabiati qiyofasi milliy uygʻonish ramzi sifatida ifodalandi. 20-asrda Kyarval izgʻirin shimol tabiatini, Gudmundur Torsteynsson xalq ertaklari va afsonalari qahramonlarini, Kristin Younsdouttir, Gunlyoygur Shkeving esa mehnatkash xalq turmushini tasvirladilar. Hay-kaltaroshlardan Eynar Younsson, Aus-mundur Sveynsson va b. island xalqining tarixi, hayoti va folklori mav-zularini haqqoniy gavdalantirdilar. Hoz. zamon rassomchiligida realistik anʼanalar bilan birga modern oqimi ham yoyilgan. Xalq amaliy sanʼati turlari (oʻymakorlik, kashtachilik va boshqalar) rivojlangan.

Musiqasi

tahrir

Anʼanaviy musiqasi, asosan, diniy aytimlari (grigorian, keyinchalik protestant xoralp) hamda xalq (qaxramonlik mavzuidagi rimur, raqsbop vikivaki) qoʻshiqlaridan ibo-rat. Xalq cholgʻularidan torli-kamonli langshpil va fidla sozlari mavjud. I. professional musiqasi 19-asr oxiridan tez rivojlana boshladi. Unga milliy madhiya muallifi kompozitor S. Svey-nbyornsson asos soldi. U orkestr, fortepiano va skripka uchun asarlar, kantata, balladalar yozdi. 20-asrda Yevropa konservatoriyalarida taʼlim olgan kompozitorlar island folklori asosida milliy musiqa yaratishga harakat qildilar. Kompozitorlardan P. Iso-ulfsson, Y. Leyfs, E. Torodsen, Y. Torarinsson, xonandalardan G. Simonar, S. Islandi, pianinochi A. Beyte-nensson va b. mashhur. Reykyavikda Oliy musiqa maktabi, I. davlat sim-fonik orkestri, musiqa doʻstlari ja-miyati, Kamer musikasi klubi, Jaz klubi va b. bor. Akureyri, Akranes, Xabnarfordur va b. shaharlarda ham musiqa jamiyatlari mavjud bo'lgan.

Teatri

tahrir

Skaldlar sheʼriyati va qad. xalq dostonlarida teatr sanʼati unsurlari boʻlgan. 1720-yildan Skaulxoltdagi lotin maktabi dastlabki teatr tomoshalarini koʻrsata boshladi. Bu teatr 1799-yilda Reykyavikka koʻchdi va 19-asrning 2-yarmigacha teatr madaniyatining markazi boʻldi. Dramaturg S. Pyetursson 18-asr 2-yarmi va 19-asr boshlaridagi island teatrining yirik arboblaridan edi. 19-asr 2-yarmidan havaskorlik teatr toʻgaraklari tuzilib, M. Yoxumsson va I. Eynarsson pyesalari sahnalashtirildi. 1897-yilda tashkil topgan Reykyavik teatr jamiyati professional teatr ga asos soldi. I. dramaturglarining pyesalari, shuningdek, V. Shekspir, F. Shiller asarlari sahnalashtirildi. 1950-yil milliy teatr tashkil etildi. J. Verdi operalari, I. Shtraus operettalari va F. Lou baletlari teatr sahnasidan oʻrin oldi. Reykyavik va b. shaharlarda bir necha yarim professional truppalar mavjud. I. Bore, L. Paulsson, X. Byornsson, K. Keld, X. Skulasson kabilar I.ning eng yaxshi rejissyor va aktyorlaridir.[2]

Manbalar

tahrir
  1. Road Trip Around Iceland
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  NODES
INTERN 1