Iyezuitlar (lotincha „Societas Jesu“ – „Iso jamiyati“) – katoliklar monaxlik ordeni aʼzolari. Bu jamiyatni 1534-yilda mayda ispan dvoryani Ignatiy Loyola Parijda tuzgan va 1540-yil papa Pavel III tomonidan tasdiqlangan. U oʻz oldiga katolitsizmni himoya qilish va yoyish, papalik hokimyatini mustahkamlash vazifasini qoʻydi. Kontrreformatsiyaning asosiy quroli boʻlib qoldi. Faqat Yevropa davlatlarida emas, Hindiston, Yaponiya, Xitoy, Filippinda ham tarqaldi. 1610—1768-yillarda Paragvayda „Iyezuit davlati“ mavjud boʻldi.

Iyezuitlar ordenning asosiy tamoyillari: katʼiy markazlashish, mavqeiga qarab kichiklarning kattalarga soʻzsiz boʻysunishi, orden boshligʻining mutlaq nufuzi. Har qanday jinoyatni, agar u xudo yoʻlida qilingan boʻlsa, oqlaydi. 20-asrda klerikalizmning yetakchi guruhiga aylandi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  NODES
os 10