Jabgʻu, ya b gʻ u — 1) kushonlar davrida oliy unvonlardan biri; 2) Turk xoqonligida xoqon va tegin (xonzoda, taxt vorisi) kabi maʼmuriy-harbiy mansablardan keyin turadigan unvon.

Harbiy sarkarda sifatida qoʻshinning oʻng qanotiga sardorlik qilgan. Bu mansabni egallashga faqat qagʻan urugʻidan chiqqan shaxslargina haqli boʻlgan. Xitoy solnomalarida taʼkidlanishicha, jabgʻu hukmdordan soʻng oliy maʼmuriy-harbiy mansab sifatida faoliyat koʻrsatgan. Gʻarbiy turk xoqonligida gabgʻu istilohi davlat boshligʻi va oliy bosh qoʻmondon maʼnosida isteʼmolda boʻlgan. "Tarixi Tabariy"da qayd etilishicha, Tohariston hukmdori jabgʻu unvonini egallab turgan. Birinchi Turk xoqonligi barpo boʻlgunga qadar, Ashina urugʻiga mansub boʻlgan turklar elida eng oliy maʼmuriy-harbiy unvon jabgʻu hisoblangan. Xoqonlik tashkil etilgach, davlat boshligʻi qagʻan, uning noibi esa jabgʻu deb atalgan. Turk xoqonligiga asos solingandan soʻng jabgʻu unvonini egallab turgan Buminta qagʻan, uning inisi Iapamiga bahodur-jabgʻu unvoni beriladi. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida jabgʻu "yafgʻu" fonetik shaklida qoʻllangan boʻlib, "xoqondan ikki daraja past oʻrinda boʻlgan odam" tarzida izoxlangan; 3) Oʻgʻuzlar va qarluqlar hukmdori[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar

tahrir
  • Klyashtornyy S. G., Savinov D. G., Stepnyye imperii drevney Yevrazii. Sankt-Peterburg: Filologicheskiy fakul'tet SPbGU, 2005
  NODES