Amerika Qoʻshma Shtatlari Jez, latun — asosan, mis bilan ruxdan (50% gacha) iborat qotishma. Jez olish qadimdan (mil. av.) maʼlum. Ilgari (18-asrgacha) misni pista koʻmir qoʻshilgan pyx rudasi bilan birga eritib Jez olishgan, 19-asrga kelib misni toʻgʻridan-toʻgʻri pyx bilan birga eritib ola boshlashgan. Tarkibida rux miqdori ortgan sari Jez rangi qizgʻishdan och sariq ranggacha oʻzgaradi. Koʻrkamligi, arzonligi, mexanik xossalari yaxshiligi uchun mis qotishmalari ichida Jez eng koʻp ishlatiladi.

Oddiy Jez — misning fakat rux bilan qotishmasi. Tarkibida 10% gacha rux boʻlgan Jez tompak, 1 0 - 2 0 % gacha rux ft/ boʻlgani yarim topak deb ataladi. Bularning zanglashga chidamliligi va plastikligi yuqori boʻlgani uchun ulardan radiator va kondensator quvurlari, list va lentalar tayyorlanadi. Tarkibida taxminan 30% rux boʻlgan Jez patron latuni deyiladi va sovuqlayin shtamplash, presslash yoʻli bilan undan turli buyumlar olinadi. Tarkibida 39% gacha rux boʻlgan Jez bir fazali (a), 39 dan 45% gacha rux boʻlgani ikki fazali (5) qotishmalardir.

Jez tarkibida rux miqdori kamaygan sari qotishmaning plastikligi ortib boradi. Eng plastik Jez a — latundir. Tarkibida 45% dan ortiq rux boʻlgan Jezlar juda qattiq va moʻrt boʻlganligidan texnikada ishlatilmaydi. Jezning xossalarini yanada yaxshilash uchun alyuminiy, qalayi, temir, marganets, nikel, kremniy, qoʻrgʻoshin va b. elementlar (hammasi boʻlib 10% gacha) qoʻshiladi. Shunda koʻp aralashmali (maxsus) Jez hosil boʻladi. Tarkibida chamasi 15% rux va 0,5% alyuminiy boʻlgan Jez tillarang boʻlgani uchun undan zargarlik va bezak buyumlari tayyorlanadi. Tarkibida 1,5% gacha qalayi boʻlgan Jez dengiz latuni deyilib, dengiz suviga chidamli boʻlgani uchun kemalarga ishlatiladi, 3% gacha qoʻrgʻoshin qoʻshilgan Jez (qarang Avtomat latuni) avtomobil va soatsozlikda qoʻllanadi.

Jez deformatsiyabop va quymabop xillarga boʻlinadi. Deformatsiyabop Jezdan quvurlar, list, tasma, chiviq va b. prokatlanadi, quymabop Jezdan esa armaturalar, antifriksion detallar, podshipnik vtulkalari va b. quyiladi. J. umumiy mashinasozlikda, asbobsozlikda, issiqlik texnikasi va b. sohalarda ishlatiladi.

[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES
os 14