KalgariKanadaning gʻarbiy qismidagi shahar. Alberta provinsiyasida, Qoyali togʻlar etagida. Aholisi 819,3 ming kishi (1996). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim sanoat, savdo (galla va chorva) markazi. Shaharning bunyodga kelishi neft sanoatining oʻsishi bilan bogʻliq. Neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet bor. Qishki kurort. Kalgarida 15-Qishki olimpiada oʻyinlari (1988) boʻlib oʻtgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  NODES
os 6