Kamakura

Yaponiyaning Kanagava prefekturasida joylashgan shahar

KamakuraYaponiyadagi shahar, Xonsyu o.da. Aholisi 170,3 ming kishi (1990-yillar oxiri). Kino sanoati rivojlangan. Mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. K. — shahar-muzey. 12-asrda qad. Yaponiya poytaxti oʻrnida vujudga kelgan. 1333-yilgacha "Kamakura davri" harbiy hukmdorlari poytaxti boʻlgan. Buddaviylar ziyorat markazlaridan. Milliy boyliklar muzeyi va b. muzeylar bor. Shaharda buddaning yirik bronza haykali (13-asr) saqlangan. Dengizboʻyi kurorti, turizm rivojlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES