Kanal, sugʻorish kanali — maxsus qazilgan suv yoʻli, sugʻorish sistemasining asosiy qismi. K., oʻtaydigan vazifasiga qarab, magistral (dare, suv ombori va shahrik. suv manbalaridan sugʻoriladigan yerlarga suv oqib keladigan); taqsimlaydigan (magistral kanallardagi suvni tuman yoki xoʻjaliklarga tarqatadigan); xoʻjalik (suvni tumanlararo yoki xoʻjaliklararo K.dan olib, xoʻjalikning sugʻoriladigan yerlariga oqizadigan), suvni egatlarga taqsimlash uchun xizmat qiladigan muvaqqat (ariq) turlarga boʻlinadi. K. suv olish inshootlaridan boshlanadi. Suv olish inshootlari orqali suv K.ga oʻzi oqib oʻtadi (oʻzioqar kanallar) yoki nasos st-yasi (mashina kanallari) orqali koʻtarib beriladi. K. qazilma, koʻtarma, yarim qazilma-yarim koʻtarma tarzda qurilishi mumkin. Odatda, uning koʻndalang kesimi trapetsiya shaklida boʻladi. Ayrim hollarda, K. oʻzani beton yoki temir beton bilan krplanadi, hozirgi davrda yigʻma temir-beton konstruksiyalaridan keng foydalanilmoqda. Magistral, tumanlararo vaxoʻjaliklararo Kanallar boʻylab uni ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻl va aloqa liniyasi oʻtkazish uchun yer-qirgʻoq polosasi ajratiladi. Bir K.dan ikkinchisiga suv taqsimlanadigan joylarda rostlagich zulfinlari va suv oʻlchagich moslamalar bilan taʼminlanadigan suv taqsimlagich inshootlar quriladi,; K.ning daryo, yoʻl, jar va shahrik. toʻsiqlar bilan kesishgan joyida akveduk, dyuker va boshqa gidrotexnika inshootlari kuriladi. K. trassasi, uning oʻlchamlari va quriladigan inshoot tiplari maxsus texnik-iqtisodiy va gidravlik hisoblar asosida tanlanadi. Yirik sugʻorish sistemalarida magistral K.lar uzunligi bir necha yuz km ga yetadi. K.ning asosiy ekspluatatsiya koʻrsatkichlari: suv oʻtkazish imkoniyati (maksimal suv sarfi kanalning koʻndalang kesimi boʻylab vaqt birligida oʻtadigan suv hajmi, m³/s); kanalning foydali ish koeffitsiyenti (kanal oxiridagi suv sarfining uning bosh qismidagi suv sarfiga nisbati, hisoblanayotgan uchastkada mayda kanallarga berilgan suv sarfi chegirib tashlanadi. K. tubiga shimiladigan suvni kamaytirish va kanalning foydali ish koeffitsiyentini oshirish maqsadida K. oʻzani polietilen plyonka va boshqa sunʼiy materiallar bilan qoplanadi).

Novo teatro di machine et edificii, 1607

Qishloq xoʻjaligi, asosan, sugʻorma dehqonchilikka asoslangan Oʻrta Osiyoda juda yirik K.lar, jumladan, Turkmanistonda Krrakum kanali, Tojikistonda Katta Hisor kanali, Oʻzbekistonda Amu-Buxoro mashina kanali, Karshi magistral kanali, Katta Fargʻona kanali, Janubiy Mirzachoʻl kanali, Doʻstlik kanali va boshqa qurilgan (jadvalga q.). Oʻzbekistonda umumiy suv sarfi sekundiga 2500 m3 dan ortiq 74 kanal bor. Xoʻjaliklararo kanallarning umumiy uz. 32,4 ming km dan ortiq (2000).

Oʻrta Osiyodagi yangi oʻzlashtirilayotgan yerlarda xoʻjalik K.lari qurishda temir-betondan yasalgan novlar (lotoklar) keng qoʻllanilmoqda. Qadimdan sugʻorib kelinayotgan maydonlardagi sugʻorish tarmoqlari qayta qurilmoqda — ochiq xoʻjalik K.lari suv oʻtkazgich quvurlar bilan almashtirilmoqda. K.lar avtomatik boshqarish sistemasi tarkibiga olinmoqda, bu esa suvni behuda sarflash va boshqa ekspluatatsisi nobudgarchilikka barham beradi, uni isteʼmolchilarga optimal taqsimlashni taʼminlaydi (Oʻrta Osiyoda birinchi suv xoʻjaligini avtomatik boshqarish sistemasi Zarafshon daryosi havzasida 1978-yilda tashkil etilgan). K.lardan foydalanishni sugʻorish tarmogʻi boshqarmalari va maxsus boshqarmalar amalga oshiradi. Boshqarmalarning asosiy vazifalari: suvdan foydalanish rejalariga muvofiq suvni yetkazib berish, hisobga olish va taqsimlash; K.ni, inshoot va aloqa tarmoqlarini yaxshi holatda saqlash, joriy va avariya taʼmirini oʻtkazishdan iborat. Yillik joriy ishlarga (K.ni loyqa va oqiziq choʻkmalaridan tozalash, qisman buzilgan joylarni tuzatish ishlari va shahrik.) suv isteʼmolchi xoʻjaliklar jalb qilinadi. Bunday hollarda sugʻorish boshqarmalari texnika nazoratini amalga oshiradi.

Yana qarang

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • Ahmedov X. A., Sugʻorish melioratsiyasi, T., 1977; Natal chuk M. F. i dr., Ekspluatatsiya orositelnix sistemi, M., 1983.

Sharif Hamdamov, Ziyomiddin Artukmetov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES
mac 1
os 38