Kapri (ital. Capri — echki) — Tirren dengizidagi orol, Neapol qoʻltigʻining jan. qismida. Italiya hududi. Mayd. 10,4 km2. Eng baland joyi 589 m (Solaro togʻi). Asosan, ohaktoshlardan tuzilgan. Qirgʻoqlari tik, sohillarida manzarali gor koʻp, jumladan, Moviy gʻor, Oq gʻor va b. Subtropik oʻsimliklar oʻstiriladi, bogʻdorchilik rivojlangan. Dengizdan baliq ovlanadi. Kurortlar (Kapri, Anakapri va b.) bor. Turizm rivojlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  NODES
Done 1