Karqurlar (Tetrao) — tovuqsimonlar turkumiga mansub yirik qushlar urugʻi. Urchish davrida sayrayotgan narining qulogʻi bir necha sekund bitib, tamoman eshitmasdan qoladi (nomi shundan olingan). Uzunligi 56—85 sm, vazni 4—5,5 kg , baʼzan 6,5 kg gacha. 2 turi Yevrosiyo oʻrmonlarida: K. (T. urogallus) Sharqiy Karpatdan Baykalgacha, tosh K. (T. parvirostris) — Baykaldan Kamchatkagacha tarqalgan. Poligam. Yerda, qishda daraxtda yashaydi. Qaragʻay, kedr, baʼzan qoraqaragʻay qubbalari, tilogʻoch va qayin kurtaklari bilan oziqlanadi. Ovlanadi. Oʻrmonlarning kesilishi tufayli soni kamayib bormokda.[1]

Karqurlar
Qazilma davri: Ilk Pliotsen to hozirgacha
Tetrao urogallus
Biologik klassifikatsiya
Tip tur
Tetrao urogallus
Linnaeus, 1758
Turlari

Tetrao urogalloides
Tetrao urogallus

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES
chat 1
os 9