Katakana (yaponcha: 片仮名, カタカナ|カタカナ?, yaponcha talaffuzi: [hiʁaˈɡaːna]) yapon tili yozuv tizimining bir qismi boʻlgan sillabik yozuv uslubi. Hiragana, Kanji hamda Romaji (yaponcha soʻzlarni lotin alifbosida yozish uslubi) bilan birgalikda qoʻllanadi[3].

Katakana

"Ka" belgisi
Yozuv tipi Sillabik yozuv
Tillar Yaponcha, Ryukyu, Aynu[1]
, Tayvan Hokkien, Palau tillari
Paydo boʻlish joyi Nara
Hudud Yaponiya
Yaratuvchi Kūkai
Yaratilgan sanasi Milodiy 800-yillar
Davr Heyan davri
Yozuv yoʻnalishi gorizontan chapdan o'nga; vertikal yozilganda esa o'ngdan chapga
Belgilar soni 48
Kelib chiqishi
  • Jiaguven yozuvi
  • Chjuangshu
  • Lishu
  • Manyogana
Qardoshlari Hiragana
Unicode koʻlami
ISO 15924 Kana[2]

Murakkab kanji iyerogliflari boʻlaklaridan olingani sabab, Katakana soʻzi toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilganda "boʻlaklangan kana" degan maʼnoni anglatadi. Hiragana va katakana kana tizimining ikki qismidir. Bir nechta istisnolardan tashqari, yapon tilidagi har bir boʻgʻin ikkala tizimda ham alohida kana (belgi) bilan ifodalanadi. Bu "a" () kabi unli; "ka" () kabi undoshdan keyin unli; yoki kontekstga qarab m, n yoki ng ([ ŋ ]) deb oʻqiluvchi "n" () burun sonoranti boʻlishi mumkin.

Kanji muqobili mavjud boʻlmagan yaponcha soʻzlar va grammatik qoʻshimchalar uchun ishlatiladigan hiragana tizimidan farqli oʻlaroq, katakanani inglizchadagi kursiv yozuv uslubiga qiyoslash mumkin. Xususan, katakanadan yaponchaga chet tillaridan kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarni (yaponchada: gairaigo) transkripsiya qilish; urgʻu berish; taqlid soʻzlarni ifodalash; texnik va ilmiy atalamalar; oʻsimliklar, hayvonlar va minerallarning nomlarini yozishda foydalaniladi.

Katakana belgilari asosan yapon buddist rohiblari tomonidan xitoy iyerogliflarini yaponchaga transliteratsiya qilish jarayonida, murakkab iyerogliflarni soddalashtirish orqali yaratilgan[4].

Yozuv tizimi

tahrir
Gojuon – Katakana belgilari jadvali
a i u e o
k
s
t
n
h
m
y [5] [5]
r
w [5]
(n)

Funktsional va diakritik belgilarni hisobga olmaganda, toʻliq katakana yozuvi 48 ta belgidan iborat:

  • 5 ta birlik unlilar: あ, い, う, え, お (mos ravishda talaffuz qilinadi: [a], [i], [ɯ], [e] va [o])
  • 42 undosh-unli birikmasi: masalan キ, テ, ホ, ユ, ワ (mos ravishda talaffuz qilinadi: [ki], [te], [ho], [yu] va [wa])
  • 1 ta undosh: ン ([ ŋ ])

Katakana oʻngdagi jadvalda koʻrsatilganidek, 5×10 oʻlchamdagi jadval (gojuon: 五十音 - „Ellik tovush“) shaklida tartiblangan va ア (a), イ (i), ウ (u), エ (e), オ (o), カ (ka), キ (ki), ク (ku), ケ (ke), コ (ko) tartibida oʻqib boriladi. Katakanada avval unlilar, soʻngra undoshlar oʻqilishi tartibi Sanskritdan kelib chiqadi. Ayni ustun yoki qatorda joylashgan belgilar umumiy grafik hususiyatlarga ega emas. Yi, ye va wu begilari noodatiy maqsadlarda turli gliflar bilan qoʻllanilsada, zamonaviy yapon tili yozuvida umuman mavjud emas. „50 tovush“ gojuon jadvaliga koʻpincha 51-belgi: ン (n) burun sonoranti ham kiritiladi. Katakana kananing yuqori oʻng burchagida kelib, boʻgʻinning birinchi tovushini oʻzgartituvchi diakritik belgilarga ham egadir. Dakuten ( ゛) diakritik belgisini qoʻshish orqali, jarangsiz undosh jarangli undoshga aylanadi: k→g, s→z, t→d va h→b. Masalan カ(ka) belgisiga dakuten qoʻshilganda u ガ(ga)ga aylanadi. Yana bir diakritik belgi handakuten esa aylana shaklida boʻlib, u ham dakuten kabi kananing yuqori oʻng burchagiga qoʻshiladi va quyidagi oʻzgarishga olib keladi: h→p. Masalan: ハ(ha) → パ(pa). Diakritik belgilardan ming yildan ortiq vaqt mobaynida foydalanib kelingan boʻlsa-da, faqat 20-asrning ikkinchi yarmida yapon yozuv tizimi normalarida ishlatish majburiy etib belgilandi.

Shuningdek, baʼzi belgilar odatiy kattalikda, soʻngra kichikroq oʻlchamlarda ishlatilganda maxsus semantik xususiyatlarga ega boʻlishi mumkin.

Boʻgʻin va orfogrfiya

tahrir
Katakananing yapon orfografiyasida koʻrinishlari
a i u e o
k
g
s
z
t
d
n
h
b
p
m
y [5] [5]
r
w [5]
(n)
Funksional va diakritik belgilar
     Foydalanilmaydi, yoʻqolgan yoki eskirgan

Yuqorida koʻrsatilgan 48 ta katakana belgilaridan faqat 46 tasi zamonaviy yapon tilida qoʻllanadi va ulardan biri faqat bitta maqsadda ishlatiladi:

  • wi va we zamonaviy yapon tili talaffuzida undosh tovushni tushirib qoldirishi sababli eskirgan belgilar sifatida tafsiflanib, mos ravishda i va e bilan almashtirilgan.
  • wo belgisi xozirda faqat kelishik sifatida ishlatiladi va odatda オ [o] unlisi bilan bir xil talaffuz qilinadi.

Ya(ャ), yu(ュ) yoki yo(ョ) belgilarining kichik versiyasi i tovushi bilan tugaydigan katakanaga qoʻshilishi mumkin. Bu i unli tovushini a, u yoki o ga siljitadi (palatalizatsiya). Masalan: キャ (ki + ya) /kja/. Katakana belgilariga kichik ya(ャ), yu(ュ) va yo(ョ) belgilari qoʻshilishi yoon deb nomlangan.

Sokuon deb ataluvchi kichik ッ(tsu) belgisi oʻzidan keyin keluvchi undoshni ikkilantiradi. Yapon tilida bu muhim farqlarni ajratib olishga yordam beradi. Masalan, サカ (saka) soʻzi tepalik maʼnosini bildiradi, soʻz oʻrtasiga sokuon qoʻshilganda esa uning maʼnosi サッカ (sakka) – yozuvchiga oʻzgaradi. Chet tillaridan oʻzlashtirilgan soʻzlarda sokuon qoʻllanishi koʻp uchraydi. Masalan, yaponchaga ingliz tilidan oʻzlashgan bed soʻzi ベッド (beddo) shaklida ifodalanadi. Sokuon baʼzan soʻzlarning oxirida glottal toʻxtash vazifasida keladi. Ammo, na(ナ), ni(ニ), nu(ヌ), ne(ネ), no(ノ) belgilaridagi undosh tovushni ikkilantirish uchun sokuon oʻrniga n(ン) belgisidan foydalaniladi.

Katakanada ham, hiraganada ham odatda mahalliy soʻzlarda choʻziq unlilarni ikkinchi kana unlisi qoʻshilishi bilan yoziladi. Ammo katakanada chet tillaridan oʻzlashtirilgan soʻzlarda unli tovushni choʻzish uchun choonpu – „uzun unli belgisi“ dan foydalaniladi. Choonpu vertikal matnda vertikal, gorizontal matnda esa gorizontal uzun chiziq (ー) shaklida yoziladi. Masalan, inglizcha „e-mail“ soʻzi yaponchada メール (mēru) shaklida oʻzlashirilgan. Bunda choonpu メ(me) belgisidagi e tovushini uzaytiradi. Ammo, ケータイ(kētai (mobil telefon)) kabi bir nechta mahalliy soʻzlarda ham choonpu ishlatilishi istisnolari mavjud.

Foydalanilishi

tahrir

Zamonaviy yapon tilida katakana koʻpincha chet tillaridan oʻzlashtirilgan soʻzlarni transkripsiya qilish uchun ishlatiladi. Bu kabi soʻzlar gairaigo deb ataladi[6]. Masalan, „televizor“ katakanada テレビ (terebi) deb yoziladi. Shuningdek, katakana odatda mamlakat nomlari, xorijiy joylar va shaxslar ismlarini yozish uchun ham ishlatiladi. Misol uchun, Amerika Qoʻshma Shtatlari koʻpincha kanji imlosi boʻyicha 亜米利加 (Amerika) emas, balki アメリカ (Amerika) deb ataladi.

Taqlid soʻzlarni ifodalashda ham katakanadan qoʻllanadi[7]. Eshik qoʻngʻirogʻinining ovozi inlizchada ding-dong deyilsa, yaponchada ピンポン (pinpon) shaklida yoziladi.

Hayvon va oʻsimlik turlari va minerallarning nomlari kabi texnik va ilmiy atamalarni yozishda ham koʻpincha katakanadan foydalaniladi[8].

Katakana koʻpincha (lekin har doim ham emas) yapon kompaniyalari nomlarini transkripsiya qilish uchun ishlatiladi. Misol uchun, Suzuki – スズキ, Toyota esa トヨタ deb yoziladi. Bu nomlar Yaponiyada keng tarqalgan familiyalar boʻlgani uchun katakanadan foydalanish kompaniya nomlarini inson familiyalaridan ajratishga yordam beradi[9]. Katakana odatda koʻcha belgilari, reklamalar va bilbordlarda ishlatiladi. Yozuvchi jumlada urgʻu bermoqchi boʻlgan soʻzlar ham baʼzan katakanada yoziladi, bu boshqa tillarda kursivdan foydalanishni aks ettiradi[7].

Ikkinchi jahon urushidan oldingi davr rasmiy hujjatlarida huddi zamonaviy yapon matnlarida hiragana va katakana aralashtirilganidek, katakana va kanjini aralashtirib yozilgan, yaʼni katakana wa(わ) yoki o(を) kabi yuklamalar hamda grammatik qoʻshimchalar uchun ham ishlatilgan.

Katakana 1988-yilgacha telegrammalar uchun, 1980-yillarda koʻp baytli belgilar imkoniyati paydo boʻlishidan oldin kompyuter tizimlari uchun ishlatilgan. Oʻsha davrdagi aksariyat kompyuterlar interfeysida kanji yoki hiragana oʻrniga faqat katakanadan foydalanilgan.

Qadimgi xitoy tilidan olingan soʻzlar odatda kanjida yozilgan boʻlsa-da, xozirda zamonaviy xitoy dialektlaridan olingan soʻzlar toʻgʻridan-toʻgʻri katakanada yoziladi.

Zamonaviy xitoy tilidan oʻzlashgan soʻzlarga misollar
Yaponchada Lotin alifbosida oʻqilishi Maʼnosi Xitoychada Xitoychada oʻqilishi Kelib chiqishi
マージャン mājan majong 麻將 májiàng Mandarin dialketi
ウーロン茶 ūroncha Oolong choyi 烏龍茶 wūlóngchá
チャーハン chāhan qovurilgan guruch 炒飯 chǎofàn
チャーシュー chāshū choʻchqa goʻshti steyki 叉燒 chā sīu Kanton dialekti
シューマイ shūmai shumai 燒賣 sīu máai

Katakanada ラーメン sifatida yoziladigan, butun dunyoda juda keng tarqalgan ramen soʻzi kamdan-kam hollarda xitoychadan olingan asl kanjisi bilan yoziladi. Shuningdek, katakana baʼzan xorijiy yoki boshqa noodatiy aksentda aytilgan soʻzlarni koʻrsatish uchun ham ishlatiladi. Misol uchun, mangada chet el qahramoni yoki robotning nutqi odatiy hiragana oʻrniga katakana bilan ifodalanadi. Baʼzi tez-tez ishlatiladigan soʻzlar norasmiy yoki suhbat ohangini yetkazish uchun ham katakanada yozilishi mumkin. Baʼzi misollar: マンガ - manga, アイツ - aitsu (anau yigit/qiz; u), バカ - baka (ahmoq).

Tarixi

tahrir
 
Katakana belgilarining kelib chiqishi

Katakana yozuvi IX asrda (Heyan davri boshlarida) xozirgi Nara hududida buddist rohiblar tomonidan ishlab chiqilgan. Katakana belgilari manyogana kanjilarining qismlarini soddalashtirish orqali yaratilgan. Masalan, katakananing ka(カ) belgisi ka(加) kanjisining chap qismidan kelib chiqadi. Bunda kajining asl maʼnosi (ka(加) – oʻsish) oʻz ahamiyatini yoʻqotib, yangi belgi faqat ka tovushini ifodalaydi. Oʻngdagi jadvalda har bir katakananing kelib chiqishi koʻrsatilgan: asl kanjining qizil bilan belgilangan qismlari (manyogana) katakana belgilariga aylangan[10]. Katakana yozuvi yaratuvchilari Sharqiy Osiyoga sayoxat qilgani va xind buddistlari bilan ishlagani sabab, unda Sanskrit yozuvi aʼlomatlari ham seziladi[11][12].

Yozish tartibi

tahrir

Quyidagi jadvalda har bir hiragana belgisini yozish tartibi koʻrsatilgan. Jadval yuqori oʻngdan boshlanib va ustun boʻylab pastga oʻqiladigan anʼanaviy tarzda tuzilgan. Raqamlar va oʻqlar mos ravishda yozish tartibini va yoʻnalishini koʻrsatadi.

 

Katakana jadvali

tahrir

Quyidagi jadvalda katakana belgilari lotinlashtirilgan varianti hamda IPA transkripsiyasi bilan birgalikda keltirilgan.

Manbalar

tahrir
  1. McAuley, Thomas E.. Language change in East Asia. Routledge, 2001 — 90-bet. ISBN 0700713778. 
  2. (unspecified title)
  3. Roy Andrew Miller (1966) A Japanese Reader: Graded Lessons in the Modern Language, Rutland, Vermont: Charles E. Tuttle Company, Tokyo, Japan, p. 28, Lesson 7: Katakana: a—no. "Side by side with hiragana, modern Japanese writing makes use of another complete set of similar symbols called the katakana."
  4. „How did katakana and hiragana originate?“.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 See obsolete kana
  6. "The Japanese Writing System (2) Katakana", p. 29 in Yookoso! An Invitation to Contemporary Japanese. McGraw-Hill, 1993, ISBN 0070722935
  7. 7,0 7,1 "The Japanese Writing System (2) Katakana", p. 29 in Yookoso! An Invitation to Contemporary Japanese. McGraw-Hill, 1993, ISBN 0070722935
  8. „Hiragana, Katakana & Kanji“. Japanese Word Characters (2010-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 15-oktyabr.
  9. Meiji Yasuda Life Insurance Company (2008-yil 24-sentyabr). „明治安田生命 全国同姓調査 [Meiji Yasuda Life Insurance Company – National same family name investigation“]. Press-reliz.
  10. Japanese katakana. Omniglot.com
  11. Aiyar, Pallavi. „The oldest recorded Indian in Japan impacts the country's culture even today“ (en-IN). The Hindu (2018-yil 9-iyun). Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  12. „The Influence of Sanskrit on the Japanese Sound System – संस्कृता वाक्“. sites.google.com. 2014-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  NODES
os 36