Kesim — gapning bosh boʻlaklaridan biri . Ega bilan ifodalangan shaxs, predmet va xodisaning umumiy belgisini bildiradi. Kesim gapni uyushtiruvchi markaz boʻlib, predikativlikning belgisini koʻrsatadi. Ikki tarkibli gapda egaga tobe boʻladi; oʻziga bogʻlanib kelgan soʻzlarga nisbatan esa hokim hisoblanadi. Kesim barcha mustaqil soʻz turkumlari bilan ifodalanadi. Qaysi soʻz turkumi bilan ifodalanishiga koʻra, feʼl va ot Kesimlarga boʻlinadi. Feʻl kesim sof fel va baʻzan ravishdosh bilan ifodalanadi. Feʻldan boshqa soʻz turkumlari ( ot, sifat, son, olmosh, ravish va taqlid soʻz) bilan, shuningdek, feʻlning harakati nomi shakli bilan ifodalagan kesim ot kesim deyiladi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  NODES