Kihoku (yaponcha: 紀北町 Kihoku-chō?) Yaponiyaning Mie prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2021-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, shaharchada 7876 ta xonadonda 15077 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 59 nafardan to‘g‘ri keladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 257,01 kvadrat kilometrni (99,23 mi²) tashkil etadi.

Kihoku 

紀北町 
Shaharcha
Skyline of Kihoku 
Kihoku 
Bayroq
Kihoku 
Gerb
34°12′41.4″N 136°20′14.2″E / 34.211500°N 136.337278°E / 34.211500; 136.337278
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Kansai
Prefektura Mie
Yaponiya tumanlari|Tuman Kitamuro
Maydon 257.01 km2 (99.23 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2021-yil)
15 077 kishi
Zichligi 59 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9
Telefon kodi 0597-32-3901
Kihoku  xaritada
Kihoku 
Kihoku 
Kihoku shahar hokimiyati

Geografiyasi

tahrir

Kihoku Tinch okeaniga qaragan Mie prefekturasining janubidagi Kii yarim orolining janubi-sharqida joylashgan. Kihoku daryo, dengiz va tog‘lar bilan o‘ralgan va go‘zal muhitga ega hudud hisoblanadi.

Qoʻshni munitsipalitetlar

tahrir

Mie prefekturasi

Nara prefekturasi

Kihoku nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin, qor yogʻmaydi. Kihokuda oʻrtacha yillik harorat 16.1 °C (61.0 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2,670.2 mm (105.13 in) eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26.5 °C (79.7 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan 6.2 °C (43.2 °F) boʻladi.

Kihoku (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 20,1 23,2 26,2 31,8 31,7 36,4 37,8 37,9 36,7 31,7 27,1 25,4 37,9
Oʻrtacha maksimal, °C 11,3 12,2 15,2 19,7 23,2 25,8 29,6 30,9 28,2 23,6 18,8 13,7 21,0
Oʻrtacha harorat, °C 6,2 6,9 9,8 14,3 18,3 21,6 25,5 26,5 23,7 18,7 13,3 8,3 16,1
Oʻrtacha minimal, °C 1,3 1,8 4,4 8,9 13,5 18,0 22,1 23,0 20,1 14,5 8,4 3,3 11,6
Mutlaq minimal, °C −4,7 −5,1 −3 −0,9 3,4 8,6 15,3 15,7 11,5 2,7 −0,9 −4,1 −5,1
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 70,9 80,0 164,3 207,3 253,4 312,9 273,6 262,2 474,0 333,8 147,8 90,2 2 670,2
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3]

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Kihoku aholisi soni soʻnggi 40 yil ichida barqaror ravishda kamaydi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192023,407—    
193025,19+7.6%
194024,365−3.3%
195032,147+31.9%
196030,336−5.6%
197026,691−12.0%
198026,268−1.6%
199023,663−9.9%
200021,362−9.7%
201018,626−12.8%

Tarixi

tahrir

Hozirgi Kihoku hududi qadimgi Shima viloyatining bir qismi boʻlgan, ammo 1582-yilda Kii provintsiyasiga koʻchirilgan. Bu davrda oʻrmon xoʻjaligi boʻyicha yirik loyihalar boshlandi. Meidzi qayta tiklash ishlaridan soʻng, hudud Mie prefekturasining bir qismiga aylantirildi. Nagashima qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan hamda 1899-yilda shahar maqomiga koʻtarilgan. 1970-yilda u oʻz nomini Kii-Nagashima deb oʻzgartirdi. Kihoku shahri 2005-yil 11-oktyabrda Kii-Nagashima va qoʻshni Miyama shaharlarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.

Hukumat

tahrir

Kixoku toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 16 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Kihoku, Ovase shahri bilan birgalikda Mie prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Mie 4-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Kixoku atrofdagi mintaqa uchun savdo markazi boʻlib xizmat qiladi. Tijorat baliqchilik va oʻrmon xoʻjaligi asosiy ish beruvchi tarmoqlardir. Sobiq Miyama shahrining mashhur mahsuloti bu sauri sushi boʻlib, mahalliy ovlaniladigan baliq orasida saurining hissani koʻp. Kihokuda Kii Channel HVDC tizimining statik invertor zavodi mavjud.

Taʼlim tizimi

tahrir

Kixokuda toʻqqizta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda yuqori maktab mavjud emas.

Transport

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

  JR Tokai — Kisei magistral liniyasi

  • Kii-Nagashima — Minose — Funatsu — Aiga

Magistral yoʻl

tahrir
  •   Kisei tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 42
  • Milliy yoʻnalish 260
  • Milliy Yoʻnalish 422

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

tahrir

YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Kii togʻ tizmasidagi muqaddas joylar va ziyorat yoʻllarining bir qismi Kihoku hududida joylashgan.

Taniqli odamlar

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
  NODES