Kordova, Kurtuba – Ispaniyaning janubiy qismidagi shahar, Andalusiyada, Gvadalkvivir daryosi vodiysida. Kordova provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 310 ming kishi (1998). Shahar miloddan avvalgi bunyod etilgan. 711-yildan Kordova arablar qoʻl ostiga oʻtgan. 756-yildan Qurtuba amirligi, 929-yildan Kurtuba xalifaligining poytaxti boʻlgan. 1236-yildan Kordova Kastiliya tarkibida.

Kordova – transport yoʻllari tuguni. Mis eritish sanoatining yirik markazi. Elektrotexnika va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, oziq-ovqat (jumladan, vinochilik, un tortish, shakarqand va boshqalar), toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Universitet, tasviriy sanʼat va arxeologiya muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan masjid (qarang Kordova katta masjidi), Madinat az-Zahro saroyi qoldiqlari, San-Migel va San-Lorenso cherkovlari (XIII asr) va boshqa saqlangan[1].

Taniqli shaxslari

tahrir

Muhammad I (Kordova amiri)

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES