Koreya Xalq Demokratik Respublikasi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yoki Shimoliy Koreya — Koreys yarimorolida, Janubiy Koreya shimolida joylashgan mamlakatdir. Maydoni 120,54 ming km². Aholisi 23 486 550 kishi. Poytaxti — Pxenyan. 9 ta maʼmuriy provinsiyaga va 4 ta markazga boʻysunuvchi shaharlar (Pxenyan, Keson, Xamxin, Chxonjin). Davlat boshligʻi — prezident. Davlat hukumatining yuqori organi va qonun chiqaruvchi organi — bir palatali Yuqori Xalq yigʻini hisoblanadi.

  • 1948-yil Kim Ir San rahbarligida Mehnat partiyasi MK hukumati shakllandi.
  • 1958-yilda qishloq va shaharlarda ijtimoiy shakllanish tugallandi.
  • 1972-yil dekabrda KXDRning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi
朝鮮民主主義人民共和國
ShiorAegukka
Madhiya: 강성대국
(Baquvvat va prosperirasha el)
Location of Koreya Xalq Demokratik Respublikasi
Poytaxt Pxenyan
Eng katta shahar Pxenyan
Rasmiy til(lar) Koreyscha
Yetakchilar
Kim Chen Ir
• MHK Raisi
Kim Chen Ir
Choe Ryong-hae
Pak Pon Dju
Maydon
• Butun
120,540 km2 (97-oʻrin)
• Suv (%)
4,87
Aholi
• 2011-yilgi roʻyxat
24,457,492 (49-oʻrin)
• Zichlik 193,54/km2
YIM (XQT) 2007-yil roʻyxati
• Butun
$ 40 milliard
• Jon boshiga
$ 1,715
Pul birligi Koreys voni Wŏn (KPW)
Qisqartma kp
Telefon prefiksi 850
Internet domeni . kp

Iqtisodiyoti

tahrir

Asosiy sanoat tarmoqlari: qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi, yogʻochni qayta ishlovchi, kimyo va neft kimyosi, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoat tarmoqlari bor. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik ustun turadi. Yerlarga ishlov beriladi va sugʻoriladi. Sholi, texnika ekinlari, dukkaklilar, paxta, tamaki va boshqalar yetishtiriladi. Plantatsiyalarda jenshen, bogʻdorchilik, sabzavotchilik rivojlangan. Yirik shoxli qoramollar, choʻchqachilik, parrandachilik, baliqchilik tarmoqlari bor. Temir yoʻllarning uzunligi — 4915 km dan ortiq, shundan 3500 km elekrtlashtirilgan, avtomobil yoʻllari — 31200 km dan ortiq. Dengiz portlari: Vonsan, Chxonjin, Nampxo, Xinnam. Tashqi aloqalar aylanmasining hissasi 80 % dan ortiq. Metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, togʻ-kon sanoati mahsulotlari, baliq mahsulotlari, mevalar eksport qilinadi. Hamkorlari: Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Germaniya. Pul birligi-vona.KXDR xalq hukumati yillarida mustamlaka mamlakatdan industrial-agrar sotsialistik mamlakatga aylandi. Iqtisodiy rivojlanishi sotsialistik mamlakatlar bilan hamkorlikda olib borildi. Sanoat xissasiga sanoat mahsulotlari va qishloq xoʻjalikning ¾ qismi toʻgʻri keladi. Elektr energiyasi ishlab chiqariladi, koʻmir, temir, rux, molibden, volfram, qoʻrgʻoshin, mis, alyuminiy, magniy, oltin, grafit, pirit, tuz qazib chiqariladi.

Yadro dasturi

tahrir

Shimoliy Koreya uzoq yillardan buyon oʻz qoʻshnilari va AQSHga raketa sinovlari orqali poʻpisa qilib keladi. Biroq bu yoʻl bilan Shimoliy Koreya oʻz maqsadiga erishadi deb boʻlmaydi. Pxenyan taxminiy yillik 28 milliard dollar daromadining asosiy qismini qurollanishga sarflaydi. Shu sababli mamlakat iqtisodiyoti boshi berk koʻchaga kirib qolganiga ancha boʻlgan. Agar qiynalib qolsa, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya va Xitoy kabi davlatlar bilan muzokara stoliga oʻtirib, ortiq qurollanishni davom ettirmaslikka soʻz bergan holda, oziq-ovqat va boshqa koʻmaklarni olib keladi. Oʻzini biroz tiklab olgandan soʻng, qurollar ustida ish olib borishni yana davom ettiradi. Shimoliy Koreya bu manevrdan ancha vaqtdan buyon foydalanib kelmoqda. Aslida esa Pxenyan biror qurol ustidagi tadqiqotlarni muvaffaqiyatli yakunlamagan. Mabodo, biror bir sinovi muvaqqiyatli chiqsa, bu raketalar AQSH yoki Janubiy Koreyaga qarshi qaratilganini daʼvo qilib, ularni choʻchitishga harakat qiladi. Xaqiqatda esa bu sinovlar bilan oʻz boshiga faqat tashvish orttiradi.[1]

Shimoliy Koreya bu strategiyani tanlashiga sabab, SSSR qulagandan soʻng pushti-panohidan ajralib qolgan shimolliklar iqtisodiyotida daxshatli jarlik paydo boʻldi. Koʻpchilik bu inqiroz tez orada hukumatni qulatib, Koreya yarimorolini birlashishiga sabab boʻladi deb taxmin qilgan edi. Hukumat esa, tabiiy ravishda, hokimiyatni oʻz qoʻlida saqlab qolish uchun har narsaga tayyor edi. Kim Chen Ir hukumati mavjud vaziyatda biror tashqi kuch mamlakat ichkarisiga suqilib kirib, inqilob koʻtarishidan doimo xavotirlanardi. Janob Kimga tashqi davlatlarni Shimoliy Koreya ichki ishlariga aralashishdan tiyilishiga sabab boʻladigan oʻzgacha strategiya zarur edi va hukumat hokimiyatdan ajrab qolmaslik uchun yadro quroli ustida ish boshlab yubordi.

Koreya xalq demokratik respublikasi, KXDR (Choson Minjujuui Inmin Konghwaguk) — Uzoq Sharkda, Koreya yarim orolning shimoliy va qisman materikda, 38-paralleldan shimolida joylashgan davlat. Maydoni 120,54 ming km2. Aholisi 21,96 mln. kishi (2001). Poytaxti — Pxenyan shahri Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (province)ra va viloyat maqomiga ega boʻlgan 2 shahar (Pxenyan va Keson)ga. boʻlinadi. Rasmiy tili — koreys tili. Yirik shaharlari: Pxenyan, Hamxin, Vonson, Xinnam.

Davlat tuzumi. KXDR — sotsialistik davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1972-yil 27-dekabrda qabul qilingan. Unga keyinchalik oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan. Quyidagi hokimiyat organlari amal qiladi: Oliy xalq majlisi (OXM) va uning Doimiy kengashi, Mudofaa qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi (sobiq Maʼmuriy kengash), joylardagi xalq majlislari va xalq qoʻmitalari. Prezident lavozimi va Markaziy xalq qoʻmitasi bekor qilingan. Ularning vakolatlari OXM va uning Doimiy kengashiga taqsimlandi va qisman Vazirlar Mahkamasiga topshirildi. Mudofaa qoʻmitasining raisi (1993-yil 9-apreldan Kim Chen Ir) oliy davlat lavozimi boʻlib, KXDRning siyosiy, harbiy va iqtisodiy kuchlariga rahbarlik qiladi.

Tarixi. Konstitutsiyaga binoan, KXDR — "Suveren sotsialistik davlat" boʻlib, oʻz faoliyatida Chuchxe gʻoyalariga amal qiladi ("Chuchxe" — mustaqillik maʼnosini bildiradi hamda "inqilob va qurilishdagi" barcha masalalarni oʻz kuchlariga tayanib, mamlakat voqeligiga monand ravishda mustaqillik mavqeida hal qilishni koʻzda tutadi). Xalqommasi "buyuk dohiy" Kim Ir Senga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalanib keldi, uning vafotidan soʻng oʻgʻli va vorisi Kim Chen Irga itoatgoʻylik ruhida tarbiyalana boshladi. KXDRda juda qattiq intizomga rioya etiladi, aholi har qanday tashqi taʼsirdan muhofaza qilinadi.

1945—48 yillarda Shimoliy Koreyada yer islohoti oʻtkazildi, sanoat, transport, aloqa, banklar, tashqi savdo davlat ixtiyoriga olindi. 1950—53 yillardagi urush mamlakatga katta zarar yetkazdi, xoʻjalik qurilishini toʻxtatib qoʻydi. Urushdan keyingi yillarda Sharqiy Yevropa, sobiq SSSR, Xitoy koʻmagi bilan 200 ga yaqin xalq xoʻjaligi inshootlari qurildi. Shahar va qishloqsa sotsialistik islohotlar tugab (1958), industriyalash sohasidagi asosiy vazifalar hal etilgach (1970), mafkoʻraviy, texnikaviy va madaniy inqilobni jadallashtirish yoʻli boshlandi. Janubiy bilan oʻzaro kurash keskinlashgan sharoitda xoʻjalik va mudofaa qurilishini bab-baravar olib borish, mustahkam moddiy-texnika bazasini vujudga keltirish vazifasi qoʻyildi (1980). Milliy bayramlari — 16-fevral — Kim Chen Irning tugʻilgan kuni (1942); 15-aprel — Quyosh bayrami (Kim Ir Senning tugʻilgan kuni, 1912); 9-sentyabr — KXDR tashkil etilgan kun (1948). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 7-fevralda oʻrnatgan.

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

tahrir

K. Mehnat partiyasi, 1945-yilda asos solingan. 1946-yilgacha K. Kommunistik partiyasi. 1946-yilda Shim.dagi Yangi xalq partiyasi hamda Jan.dagi Xalq va Yangi xalq partiyalari bilan birlashib, Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi va Janubiy Koreya Mehnat partiyasi vujudga keldi. 1949-yilda ular yagona Koreya Mehnat partiyasi boʻlib birlashdi; K. Sotsial-demokratak partiyasi, 1945-yilda tuzilgan, K. Birlashgan demokratik vatan frontiga kiradi; Chxondogyo—Chxonudan partiyasi (Samoviy yoʻl dini yosh doʻstlari partiyasi),1946-yilda asos solingan, K. Birlashgan demokratax vatan frontiga kiradi; K. Birlashgan demokratik vatan fronti — K. vatanparvar partiyalari va tashkilotlarining umummilliy fronti, mamlakat birligi va demokratik rivojlanishi uchun kurash shiori ostida 1949-yilda tuzilgan. K. birlashgan kasaba uyushmalari, 1945-yilda tuzilgan. Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasiga kiradi.

Iqtisodiyoti

tahrir

KXDR — industrialagrar mamlakat. Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatda ogʻir industriya asoslarini yaratish: metallurgiya, energetika, konchilik, kimyo, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, stanoksozlik korxonalarini barpo etish yoʻli tutildi. Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat va kooperativ xoʻjaliklari tashkil etildi.

Oziq-ovqat sanoati, hunarmandchilik va mahalliy sanoat korxonalari mavjud. Bu yerda rangli, qora, asl metallar, toshkoʻmir, temir rudasi, volfram, qoʻrgʻoshin-rux, molibden, alyuminiy rudalari, grafit, magnezit va boshqa foydali kazilmalarning zahiralari bor. Iqtisodiyotining asosi ogʻir sanoat, yetakchi tarmoqlari — elektr energetika, qora va rangli metallurgiya, konchilik va kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mashinasozlik; yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 53,5 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Lekin shunga karamay, 2000-yil arafasida xalq xoʻjaligi tang ahvolga tushib qoldi: iqtisodiyot boshi berk koʻchaga kirib qolgan, sanoat notekis rivojlangan, texnikaning rivoji orqada qolgan, isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi past, elektr energiya, yoqilgi, xom ashyo, oziq-ovqat tanqis.

Don yetishtirish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosini tashkil etadi. Sholi (haydaladigan yerlarning 50%) va makkajoʻxori — asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlaridir. Bugʻdoy, arpa, soya, paxta, qand lavlagi, kartoshka, tamaki va boshqa ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, parrandachilik, baliqchilik, pillachilik mavjud. Kesonda jenshen plantatsiyalari bor. Chorvachilik unchalik rivojlanmagan. Mamlakat butun hududining 18%, yaʼni 2,27 mln. ga yerda dehqonchilik qilinadi, 9 mln. ga yer oʻrmon bilan qoplangan.

Keyingi yillarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi surunkali inqirozga duchor boʻddi. Donli ekinlar, avvalo asosiy mahsu-lot boʻlmish sholi hosili pasayishi aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashni mushkullashtirdi. Mamlakatda aholini oziq-ovqat va xalq isteʼmol mollari bilan belgilangan meʼyorda taʼminlash tizimi saqlangan.

Yuklarning 90% yaqini temir yoʻlda tashiladi. Transport yoʻlilar uzunligi — 9 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 23 ming km. Dengiz savdo floti tonnaji 951 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Vonsan, Chxonjin, Nampxo va boshqa Pxenyan yaqinidagi Sunan degan joyda xalqaro aeroport bor. Amnokkan, Chxonchxongan, Tedongan va Tumangan daryolarining quyi oqimida kema qatnaydi.

Tashqi savdosi unchalik rivojlanmagan. Chetga, asosan, xom ashyo chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, suyuq yoqilgʻi, koks, prokat, paxta tolasi, oʻgʻit, xalq isteʼmol mollari sotib oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Xitoy, Rossiya va boshqa Pul birligi — vona.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

tahrir

Yaponiya hukmronligi davrida maktabda darslar yapon tilida oʻqitilgan. 1945-yildan yangi 4 yillik maktablar ochildi. Darslar ona tilida yangi dastur asosida olib boriladigan boʻldi. 1958-yildan oʻqish bepul. 1975-yildan majburiy 11 yillik taʼlim joriy etilgan. KXDRda 10 mingdan koʻproq umumiy taʼlim maktabi, 600 texnika bilim yurti va 200 dan ortiq oliy oʻquv yurti bor. Eng yirik oliy oʻquv yurti — Kim Ir Sen nomidagi Pxenyan universiteti. Pxenyanda KXDR Fanlar akademiyasi va Hamxinda uning filiali, Tibbiyot fanlari, Qishloq xoʻjaligi fanlari, Ijtimoiy fanlar, Oʻrmon-tex-nika akademiyalari mavjud. Kutubxona va muzeylari: Davlat markaziy kutubxonasi (1947), Fanlar akademiyasi kutubxonasi (1952), Markaziy tarix muzeyi, K. inqilob muzeyi (1948), Ozodlik urushi muzeyi (1953), Etn. muzeyi (1956), Nafis sanʼat markaziy muzeyi. Vonsan, Hamxin, Sarivon va boshqa shaharlarda ham muzeylar bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

tahrir

Asosiy gazeta va jurnallari: "Koreya" (koreys, rus, xitoy, ingliz, fransuz va ispan tilida nashr etiladigan oylik jurnal, 1956-yildan), "Nodon Sinmun" ("Ishchi gazetasi", kundalik gazeta, 1945-yildan), "Minchju Choson" ("Demokratik Koreya", kundalik gazeta, 1946-yildan) "Choson inmingun" ("Koreya xalq, armiyasi", kundalik gazeta, 1948-yildan), "Chxollima" ("Qanotli ot", oylik jurnal, 1959-yildan), "Killochja" ("Mehnatkash", oylik jurnal, 1946-yildan), "Choson yesul" ("Koreys sanʼati", oylik jurnal) va boshqa K. Markaziy telegraf agentligi 1946 i. tashkil etilgan. K. Markaziy radio qoʻmitasi va Markaziy televideniyesi mavjud. Radioeshittirishlar koreys, shuningdek, rus, ingliz, fransuz, ispan, yapon, xitoy tillarida olib boriladi. Pxenyanda telemarkaz 1967-yildan ishlaydi.

Adabiyoti

tahrir

Ikkinchi jahon urushidan keyin Shimoliy K.da adabiyotni sotsialistik realizm yoʻlidan rivojlantirish ragʻbatlantirildi. 1946-yilda koreys yozuvchilari Shimoliy K. Adabiyot va sanʼat arboblari assotsiatsiyasiga birlashdi. Katta avlod bilan bir qatorda yosh shoirlar adabiyotga kirib keldi. Ular "yangi turmush"ni, "SSSR bilan doʻstlik"ni madh etishdan boshqa ilojlari yoʻq edi. Shunday sharoitda ham isteʼdodli qalam sohiblari xalq tarixini haqqoniy yoritishga intildilar. Cho Gi Chxon "Pektusan togʻi" dostonida yaponiyalik bosqinchilarga qarshi xalq harakatini, Chxve Myon Ik, Chxon Se Bon hikoya va ocherklarida, Li Gi Yon "Yer" romanida qishloq turmushini aks ettirdi. Li Buk Myon, Xvan Gon va boshqa yozuvchilar ishchilar haqida asarlar yaratishdi. Shoirlar orasida Pak Phar Yan, Min Byon Gyun, Pak Se Yon, An Nyon Mon, Cho Gi Chxon 1950—53 yillar urushi haqida vatanparvarlik ruhidagi asarlar yozishdi. Urushdan keyin roman adabiyotning asosiy janri boʻlib qoldi. Yun Se Jun, Chxon Se Bon va boshqa dolzarb zamonaviy muammolarni koʻtarib chikdi. Li Gi Yon, Chxve Myon Ik, Pak Txe Von tarixiy romanlar yaratishdi. 60-yillardan esdalik adabiyoti keng yoyildi. Keyingi yillarda dunyo yuzini koʻrgan salmoqli asarlar orasida koʻpchilik boʻlib yozilgan "Qon dengizi", "Soqchining taqsiri" kabi asarlarni koʻrsatish mumkin.

Meʼmorligi

tahrir

1940-yillar oxiridan shaharsozlik rivojlandi. Pxenyanning bosh rejasi ishlab chiqildi. 1950—53 yillardagi urushda vayron boʻlgan shaharlar (Hamxin, Vonsan, Sarivon, Keson, Nampxo va boshqalar) qayta tiklandi. Sanoat va gidrotexnika inshootlari, maktab, kasalxona, madaniyat saroylari qurishga kirishildi. Dastlabki paytlarda oʻrta asr koreys meʼmorligi anʼanalaridan foydalanildi (Pxenyan Katta teatri). 60-yillarning 2-yarmidan yangi qurilish materiallari va konstruksiyalari joriy etildi, ixcham rejalangan, qulay va chiroyli binolar (Kim Ir Sen nomidagi universitet) qad koʻtardi, tipovoy loyihalar asosida koʻp qavatli turar joylar qurildi. Qishloq joylarda kottejlar, blokli va seksiyali uylar barpo etilgan. Kurortlar qurilishiga eʼtibor berildi. Meʼmorlar orasida Kim Jon Xi, Li Xyon, Pak Ik Xvan. Sin Sun Gen va boshqalarlarni koʻrsatish mumkin. 1954-yilda K. meʼmorlar uyushmasi tuzilgan.

Tasviriy sanʼati

tahrir

1946-yilda tashkil etilgan Adabiyot va sanʼat arboblari assotsiatsiyasi milliy rangtasvirni tiklashni maqsad qilib olgan edi. 1950—53 yillardagi urush davrida rassomlar, asosan, tashviqot-targʻibot ruhidagi varaqa va plakatlar yaratishdi. Milliy anʼanalarni davom ettirish bilan birga zamonaviy mavzularga murojaat etayotgan rassomlar orasida Li Chxon, Chxve Gen, Li Sok Xo, Kim Yon Jun, Chon Yon Man, haykaltaroshlardan Mun Sok O, Cho Gyu Bonlar bor. Qad. kulollik, chinnisozlik, suyak va yogʻoch oʻymakorligi, bambuk tolasidan toʻquvchilik, kashtachilikda xalq amaliy sanʼati saqlanib qolgan. 1953-yilda rassomlar uyushmasi tuzilgan.

Musiqasi

tahrir

K. ozod etilgandan keyin (1945) dastlab ommaviy qoʻshiqlar rivojlandi. Xalq qoʻshiqlarini yigʻish, oʻrganish va ommalashtirishga kirishildi. 1946-yil Musiqachilar uyushmasi tuzildi. Katta shaharlarda musiqa oʻquv yurtlari (Pxenyanda konservatoriya), konsert zallari, musiqali teatrlar ochildi. Filarmoniya, katta simfonik orkestr va boshqa musiqa jamoalari tashkil etildi. Simfonik va kantata-oratoriya janrlari, xalq mu-siqiy dramasi (chxangik), zamonaviy opera (kagik) va balet rivoj topdi (kompozitorlar Li Myon San, Xvan Haq Kin, Li Gon U, Pak Ton Sil, Kim Yon Gyu).

Teatri

tahrir

1947—49 yillarda Pxenyanda Davlat teatri (hozirgi "Chxollima" davlat drama teatri), Davlat xalq badiiy teatri (hozirgi Pxenyan shahri teatri), K. xalq armiyasi huzuridagi truppa ochildi. Viloyatlarda teatrlar ishlab turibdi. Maishiy, tarixiy asarlardan tashkari, Yaponiya mustamlaka hukmronligi yillaridagi ozodlik harakatiga ba-gʻishlangan pyesalar sahnalashtirilgan ("Pusan", "Pochxonbo mashʼali", "Onamiz" kabi spektakllar).

Kinosi

tahrir

1947-yil kinostudiya tashkil etildi, uning asosida badiiy va hujjatli filmlar studiyasi ochildi (1958). KXDRda birinchi badiiy film — "Mening vatanim" 1949-yilda ishlab chiqarildi. 1950-yilda "Domna pechi", "Chegarachilar" filmlari yaratildi. Shimoliy — Janubiy urushi yillarida "Yosh partizanlar", "Ona yurt himoyachilari" va boshqa filmlar suratga olindi. 1957-yil "Ogainilar" rangli filmi yaratildi. 1959-yil Pxenyan teatr va kino instituti ochildi. 1961-yil KXDR kinematografchilar uyushmasi tashkil etildi.

Keyingi yillardagi eng yaxshi koreys filmlari orasida "Sadoson qalʼasi haqidagi rivoyat", "Ayriliqda yashab boʻlarmi", "Humo qushi", "Qizil gul", "Besh aka-uka", "Oʻrmon shovqini" va boshqa bor.

Oʻzbekiston — KXDR aloqalari. 1994-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi bilan KXDR oʻrtasida iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikka oid huquqiy negizni yaratish sohasidagi ish davom etayotir. 1995-yilda oʻzbek va koreys tomonlari "Havo qatnovi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim" va "Qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik haqida bitim" deb atalgan hujjatlarni kelishib oldilar.

Ikki mamlakat oʻrtasida savdo-sotiq yoʻlga qoʻyila boshladi. Tovar aylanmasi 1998-yildagi 2,3 mln. AKSH dollaridan 1999-yilda 6,7 mln. dollarga yetdi. Oʻzbekiston Respublikasida KXDR sarmoyasi ishtirokida 2 ta shoʻʼba korxona va 2 ta qoʻshma korxona roʻyxatga olingan. Chunonchi, "Rinrado", "K. U. Rinrado", "Choson-Sik-reksul" va "Safar" korxonalari xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish, xarid qilish va sotish bilan shugʻullanadi.[2]

Manbalar

tahrir



  NODES
INTERN 1
Note 1