Kvebek (fransuzcha: Québec, talaffuzi: [ke.bɛk]; inglizcha: Quebec, talaffuzi: [kwəˈbɛk] yoki [kəˈbɛk]) – Kanadaning sharqiy qismidagi provinsiya. Maydoni 1540,7 ming km2. Aholisi 9 million kishi (2023), asosan, kanadalik fransuzlar. Maʼmuriy markazi – Kvebek shahri, eng katta shahri – Monreal. Kvebekning koʻp qismi Labrador yarim orolda joylashgan, janubda Appalachi togʻlarining tarmoqlari (balandligi 1 311 m gacha) joylashgan, San-Lavrentiy daryo vodiysi pasttekislikdan iborat. Kvebekning shimoli tundra, oʻrta va janubiy qismi oʻrmon. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shim. da –24 °C dan jan.da –10 °C gacha, iyulniki 11–21 °C, yillik yogʻin 500–1 000 mm.

Kvebek

Quebec
Provinsiya
Skyline of Kvebek
Kvebek
Bayroq
Kvebek
Gerb
52°0′0″N 72°0′0″W / 52.00000°N 72.00000°W / 52.00000; -72.00000
Mamlakat Kanada
Hukumat
 • Bosh vazir François Legault [en]
Maydon 1,542,056 km2 (595,391 kv mi)
Aholisi
 (2023[1])
9 000 049
Zichligi 6,23 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC-5
Pochta indeks(lar)i QC
Kvebek xaritada
Kvebek
Kvebek

Kvebek – iqtisodiy jihatdan rivojlangan provinsiya, elektr stansiyalarining umumiy quvvati jihatdan va alyuminiy i.ch.da mamlakatda yetakchi oʻrinda. Temir, mis, polimetall, oltin, kumush, nikel, asbest konlari bor. Kanadada olinayotgan asbestning aksari qismi Kvebekda qazib olinadi. Neftni qayta ishlash, mashinasozlik, toʻqimachilik, moʻyna, koʻn poyabzal, oziq-ovqat, sellyuloza-qogʻoz sanoati rivojlangan.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi – sut chorvachiligi. Parrandachilik ham rivojlangan. Ichki va tashqi suv havzalarida baliq ovlanadi. Sanoat markazlari va portlari: Monreal va Kvebek. Kvebekning hozirgi hududida yevropaliklar kelgunga qadar indeys va eskimos (shimoliy qismida) qabilalari yashagan. Kvebekni dastlab (1608) fransuzlar egallagan. Yetti yillik urush (1756–1763) dan soʻng Buyuk Britaniya qoʻliga oʻtdi. 1774-yilda „Kvebek“ nomini oldi. 1867-yildan Kanada provinsiyasi. Kvebekning chegarasi 1898- va 1912-yillarda shimolga tomon ancha kengaydi.

Aholisi

tahrir
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1822 427 465—    
1831 553 134+29.4%
1841 650 000+17.5%
1851 892 061+37.2%
1861 1 111 566+24.6%
1871 1 191 516+7.2%
1881 1 359 027+14.1%
1891 1 488 535+9.5%
1901 1 648 898+10.8%
1911 2 005 776+21.6%
1921 2 360 665+17.7%
1931 2 874 255+21.8%
1941 3 331 882+15.9%
1951 4 055 681+21.7%
1956 4 628 378+14.1%
1961 5 259 211+13.6%
YilAholi±%
1966 5 780 845+9.9%
1971 6 027 765+4.3%
1976 6 234 445+3.4%
1981 6 438 403+3.3%
1986 6 532 460+1.5%
1991 6 895 963+5.6%
1996 7 138 795+3.5%
2001 7 237 479+1.4%
2006 7 546 131+4.3%
2011 7 903 001+4.7%
2012 8 085 900+2.3%
2013 8 155 500+0.9%
2014 8 214 500+0.7%
2015 8 259 500+0.5%
2016 8 326 100+0.8%
2017 8 398 200+0.9%
Manba: [1][2][3] (Wayback Machine saytida 2008-02-13 sanasida arxivlangan)[4]

Manbalar

tahrir
  1. „Population estimates, quarterly“. Statistics Canada (2023-yil 27-sentyabr). 2023-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir



  NODES