Kyuri nuqtasi yoki Kyuri temperaturasi (9 yoki G.) — fazaviy oʻtishlar nuqtasiga yaqinlashgan sari modda holatining oʻzgara borishi bilan xarakterlanadigan 11-tur fazaviy oʻtishlar temperaturasi; modda bu temperatura G da sifat jihatidan yangi xossaga ega boʻladi. T — Kyuri nuqtasi deyilib, fazaviy oʻtishlarni ferromagnetiklarda mukammal ravishda oʻrgangan va 1895-yilda Ts=770° temperatura mavjudligini ochgan P. Kyuri sharafiga qoʻyilgan. Kyuri nuqtasidan past temperaturada ferromagnetiklar spontan (oʻz-oʻzidan) magnitlanganlik xossasiga ega boʻladi. Ferromagnit qizdirilganda va Kyuri nuqtasiga yaqinlashganda atomlarning issiqlik harakati mavjud magnit tartibni, yaʼni atomlarning magnit momentlarining oriyentatsiyasini buzib yuboradi. G dan yuqori temperaturalarda ferromagnetikning spontan magnitlanganligi yoʻqoladi, ferromagnetik paramagnetik qolatda oʻtadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES