LGBT yoki LBBT qisqartmasi lezbian, gey (LBBT shaklida esa besoqol), biseksual va transseksual odamlarni nomlashda ishlatiladi[1]. Bu qisqartma 1990-yillardan beri qoʻllanilmoqda; avvaliga u „LGB“ koʻrinishida boʻlgan. Hozirda LGBT atamasi bilan LGBT harakatini ham atashadi.

LGBT
Kamalak bayroq
Kamalak bayroq
Gomoseksuallik · Jins · Gomofobiya · Biseksuallik · Transseksuallik
LGBT tarixi
LGBT madaniyati
Teng jinsli nikohlar

Har bir atama maʼnosi

Qisqartmani tashkil etuvchi har bir soʻz tegishli jamoat (submadaniyat) aʼzolarini bildiradi.

Lezbian

Lezbian atamasi jinsiy moyilligi ayollarga qaratilgan ayolga nisbatan ishlatiladi.

Gey

gey yoki besoqol atamalari jinsiy moyilligi erkaklarga qaratilgan erkakni bildiradi.

Biseksual

Biseksual soʻzi bir vaqtning oʻzida bir necha ayollar yoki erkaklar bilan jinsiy moyilligi istalgan jins vakiliga qaratilgan kishiga aytiladi.

Transseksual

Transseksual atamasi bilan jins oʻzgartirish amaliyotini boshidan kechirgan yoki transvestizmga moyil shaxslar nomlanadi. Transseksual odamlar „…tugʻilgan paytdagi jinslari oʻzlariga mos emasligini his etuvchilardir“, degan taʼrif mavjud.

LGBT tarixi

1960-yillarning seksual inqilobigacha odatiy jinsiy moyillikdan tashqari moyilliklarga ega kishilar jamiyatda deyarli eʼtiborda boʻlishmagan. Baʼzi manbalarda bunday odamlar uchinchi jins deb atalganini koʻrish mumkin, biroq bu atama keng tarqalmadi. Tibbiy atama — gomoseksual — bora-bora haqorat tusini olgani uchun gey soʻzi qoʻllanila boshlandi; ayol gomoseksuallar ham sezilarli faollikka erishishganidan soʻng lezbian atamasi bu safga qoʻshildi. Keyin esa biseksual va transseksual soʻzlari paydo boʻldi.

Yana qarang

Manbalar

  1. Parent, Mike C.; DeBlaere, Cirleen; Moradi, Bonnie (June 2013). "Approaches to Research on Intersectionality: Perspectives on Gender, LGBT, and Racial/Ethnic Identities". Sex Roles 68 (11–12): 639–645. doi:10.1007/s11199-013-0283-2. ISSN 0360-0025. 

Havolalar

  NODES