Linkin Park

amerikalik musiqiy guruh

Linkin Park — vatani Los Anjeles (Kaliforniya) boʻlgan rok guruh, hozirgi paytda ular Warner Brothers Records (en) bilan shartnoma tuzganlar. Ular Nu-Metal janridagi eng mashhur va eng daromadli guruh deb hisoblanishadi. Debyut albomi „Hybrid Theory“ (2000) dunyo boʻylab 27 million nusxada sotilgan.

Linkin Park
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Los Anjeles
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Faoliyat yillari 1996-bugun
Janr Nu-Metal, Raprock, Alternative Rock, Alternative Metal, Elektronik Rock
Leybl Warner Brothers
Tarkib Chester Bennington
Mike Shinoda
Joe Hahn
Brad Delson
Rob Bourdon
Dave „Phoenix“ Farrell
Sobiq aʼzolar Scott Koziol (Stand-in)
Kyle Christener (Stand-in)
Mark Wakefield
Scott Belsha
Vebsayt www.linkinpark.com

Guruh aʼzolari

tahrir
  • Chester Bennington — vokal
  • Rob Bourdon — barabanlar
  • Brad Delson — gitara
  • Dave „Phoenix“ Farrell — bas-gitara
  • Joe Hahn — DJ
  • Mike Shinoda — vokal, klavishalar, ritm-gitara

2001-yilgacha Linkin Park tarkibidagi aʼzolar:

Kayl Kristner (Kyle Christner): Hybrid Theory EP yozilishida ishtirok etgan: Bas-gitara. Nosedive guruhida basist boʻlgan. Hozirda punk (ska) yoʻnalishida ijod qiladi.

Skott Kozel (Scott Koziol): Hybrid Theory yozilishida ishtirok etgan: Bas-gitara.Berkli Musiqa Kollejida oʻqigan va 1994-yilda tamomlagan. Uning yangi ijodi haqida bu yerda oʻqish mumkin: www.bassslut.com (Wayback Machine saytida 2016-01-09 sanasida arxivlangan)

Mark Ueykfild (Mark Wakefield): Vokal. Guruhning Xero paytida, Chesterdan avval ashula aytgan. Velvet Hammer managementʼda ishlaydi. Taproot guruhining menejeri, oldin System Of A Down guruhi bilan ishlagan. System Of A Down'ning „Toxicity“ albomiga muqova yaratgan.[1]

Guruh haqida

tahrir
 
Mike Shinoda Tailand MTVsiga intervyu bermoqda, Bangkok

Guruh 2000-yilning 28-sentyabrida o'zining birinchi singli „One Step Closer“ chiqishidan soʻng mashhurlikka erishdi.

Guruhning musiqasi hip hop, pop, rok va elektron sempllarning aralashmasidan iborat.

Guruhning birinchi nomi — Xero (keyin "Hybrid Theory"ga almashtirilgan), 2000-yildan buyon Linkin Park deb ataladi. Guruh boshida Mike Shinoda - vokalist, Brad Delson - gitarist, bassist, Rob Bourdon - barabanchidan tashkil topgan, keyin Mark Wakefield - asosiy vokalist, Joseph Hahn - DJ va Dave Farrell qo'shilishgan. 1997-yilda ular o'zining birinchi 4 qo'shiqdan iborat "Xero" nomli kichkina albomini yaratishdi va asta sekin klub, teatrlarda ijro etishni boshlashdi. 1999-yilda Mark Wakefield bu guruhning kelajagi yo'q deya ularni tashlab ketdi, ular sarosimaga tushishmadi va yangi vokalist qidirishga tushishdi. Va nihoyat "Zomba Music" vitse-prezidenti orqali kutilgan vokalist - Chester Bennington ularning nazariga tushdi. 1999-yil 20-mart kuni Hybrid Theory nomi ostidagi guruh Chester Benningtonga qo'ng'iroq qilishdi va undan vokalini demo kassetaga yozib jo'natishni so'rashdi. Chester o'sha kuni o'zining 23-tug'ilgan kunini nishonlayotgan edi va shunga qaramasdan u studioga borib kassetaga vokalini yozib, ertasi kuni ularga jo'natdi. Uning ovozidagi kuch guruhni hayratga soldi va undan guruhga qo'shilishini so'rashdi. Chester u paytgacha bir necha guruhlarda ish olib borgan edi va muvaffaqiyatga erisha olmaganidan keyin hafsalasi pir boʻlgan edi. U o'zining omadini yana bir bor sinab ko'rishga qaror qildi va Feniks(Chesterning tug'ilib o'sgan shahri)dan Los-Angelesga ya'ni ularning oldiga ko'chib bordi.

"Hybrid Theory" 2000

1999-yilda Linkin Park o'zining birinchi albomi "Hybrid Theory" ustida ish yuritishni boshladi. 2000-yilning iyul oyiga kelib Linkin Park albom ustida ish tugaganini aytishdi va konsertlar bera boshlashdi. Albom 2000-yilning 24-oktyabr kuni taqdim etildi. Guruh tezda mashhurlikka erishdi. 2001-yilning yanvar oyida Linkin Park "Hybrid Theory" albomi orqali "Hybrid Theory World Tour"ga chiqishdi. 57ta konsertdan iborat boʻlgan katta tur 2001-yilning 24-sentyabrida Amsterdamda yakuniga yetadi. 2001-yilning sentyabr oyiga kelib albom 4.8 million nusxada sotilgan edi. 2001-yilda "Crawling", 2002-yilda "In The End" ashulalari uchun Linkin Park mukofotlangan. Albomning mashhurligi ketidan Linkin Park 2001-yilda "Ozzfest", "Rock Am Ring" kabi festivallarda ishtirok ettilar va boshqa rock guruhlar bilan ham tur qildilar. 2000-2001-yillar davomida Linkin Park 324 ta konsert uyushtirishgan.

"Meteora" 2003

2001-yil yozning oxirlarida Linkin Park AQSH bo'ylab tur uyushtirishayotgan edi. O'sha paytlarda ular yangi ashulalar ustida ish boshlashdi. 2002-yil mart oyida uzoq davom etgan "Hybrid Theory World Tour" tugagandan so'ng ular o'z shahriga Los-Angelesga qaytib kelishdi va ikkinchi albom ustida ish boshlashdi. 2002-yilni ular studioda ashula yozish bilan o'tkazishdi va 2002-yilning 12-dekabr kuni ularning yangi albomi "Meteora" tayyor boʻlgani e'lon qilindi. 2003-yil 23-fevral kuni Linkin Park navbatdagi tur "LP Underground Tour" ga chiqishdi. 16 ta konsertdan iborat boʻlgan tur 26-mart kuni nihoyasiga yetdi. Tur yevropada boshlandi va konsertlar "Hybrid Theory" va "Meteora" albomi ashulalaridan iborat edi. Va nihoyat, kutilgan damlar keldi. 2003-yilning 25-martida ikkinchi albom "Meteora" chiqdi va bir necha oy ichida katta mashhurlikka erishdi. 2003-yilning 9-aprel aprel kuni navbatdagi "Project Revolution" turi boshlandi, tur AQSH bo'ylab 13 ta konsertdan iborat edi va 26-aprel kuni nihoyasiga yetdi. Shu yilning iyul oyida Metallica "Summer Sanitarium" nomli tur rejalashtirishdi va Linkin Park ham shu turda Limp Bizkit, Mudvayne, Deftones guruhlari bilan birgalikda ishtirok etishdi. 2003-yil 2-3-avgust kunlarida Linkin Park Texas shtatining Dallas va Xyuston shaharlarida konsert orqali o'zining "Live in Texas" nomli jonli albomini yozib olishdi va noyabr oyida muxlislarga havola etishdi.

2007-yil 15 may kuni Minutes to Midnight albomi dunyo yuzini koʻrdi. Muhlislar rasmiy relizidan 10 kun oldin uni tinglashga muvaffaq boʻldilar. Chester bir intervyusida aytgandi, Linkin Park har doim oʻziga yoqqan musiqani yaratganlar, „Meteora“ bilan esa ishlar bunday kechmagan. Ular „Meteora“ni muhlislar „Hybrid Theory“ kabi stildagi albomni eshitishlari hohlagani uchun shunday yozganlar. Hozir esa, guruh yangi musiqasidan toʻliq mamnun va „oʻzini komfortda sezmoqda“. Bu albom kollektivning avvalgi ishlaridan shu bilan farqlanadiki, unda kamroq agressiv riflar, rep, koʻproq musiqaviylik boʻlib, guruh muhlislarini ajratdi. Birinchilarga nyu-metaldan chekinish yoqmadi va ular birinchi ishlarni eng yahshi deb hisobladilar. Ikkinchilar esa, yangi ovozni guruhning rivojlanishidagi keyingi pogʻona deb qabul qilishdi. Yangi saund U2’ga oʻxshash boʻlib qoldi. Va darrov bu bilan Linkin Park’ni guruhda paydo boʻlgan yangi ovoz, yangi stilni solishtirib kritikaga mahkum qilishdi.

„Guruhning navbatdagi albomini 2012-yilgacha kutish kerakmi?“, — degan savolga ijobiy javob olindi. Mister Benningtonning soʻzlariga qaraganda, Linkin Park „Oʻzligini toʻliq angladilar. Shuning uchun endi albomlarni tezroq yozadilar“.

Diskografiya

tahrir

Albomlar

tahrir
Yil Albom Leybl
1997 Xero Sampler Tape -
1999 Hybrid Theory EP -
2001 Hybrid Theory Warner Brothers Records
2002 Reanimation Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings
2003 Meteora Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings
2003 Live in Texas Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings
2004 MTV Ultimate Mash-Ups: Collision Course (feat. Jay-Z) Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings/Roc-a-Fella Records
2007 Minutes to Midnight Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings
2010 A Thousand Suns Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings
2012 Living Things Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings
2014 The Hunting Party Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings
2017 One More Light Warner Brothers Records/Machine Shop Recordings
2024 From Zero

Shuningdek, Linkin Park’ning pirat albomlari mavjud.

Ulardan biri Under Attack (B-Sides) albomidir. Bu albomda taronalarining yarmi haqiqatdan ham Linkin Park’ka tegishli: taronalar Hybrid Theory va Meteora albomlaridan yigʻilgan. Bu albomning ayrim ashulalarini Grey Daze guruhi (Chesterning avvalgi guruhi) ijro etadi. Shuningdek, hamma taronalarning nomlari toʻgʻri nomlanmagan.

Yana, pirat albomlar qatoriga 2003-yil chiqarilgan Erection albomi kiradi. Bu albom ashulalarining bir qismini Tribal Ink nomli shved guruhi ijro etadi. Tribal Ink guruhining Surrounded By Freaks albomi mavjud, shu albomning hamma ashulalari boshqatdan nomlanib, soʻng Erection albomiga koʻchirilgan. Erection albomining qolgan ashulalari haqiqatdan ham Linkin Park tomonidan ijro etiladi, ammo ular guruhning avvalgi albomlaridan olingan.

LP Underground Bonus CDlar

tahrir
  • Hybrid Theory EP (Qayta nashr) (2001,-)
  • LP Underground 2.0 (2002, Machine Shop Recordings)
  • LP Underground 3.0 (2003, Machine Shop Recordings)
  • LP Underground 4.0 (2004, Machine Shop Recordings)
  • LP Underground 5.0 (2005, Machine Shop Recordings)
  • LP Underground 6.0 (2006, Machine Shop Recordings)
  • LP Underground 7.0 (2007, Machine Shop Recordings)
  • LP Underground 8.0 : MMM…COOKIES — Sweet Hamster Like Jewels From America! (2008, Machine Shop Recordings)
  • LP Underground 9.0 — Demos (2009, Machine Shop Recordings)
  • LP Underground X — Demos (2010, Machine Shop Recordings)
  • LP Underground 11.0 (2011, Machine Shop Recordings)

Ushbu disklar roʻyxatdan oʻtish pulli boʻlgan LPUnderground aʼzolariga yuboriladi. Erkin sotuvdagi barcha LPUndeground disklari pirat nusxalardir.

Singllar

tahrir
Yil Tarona Albom
2001 "One Step Closer" Hybrid Theory
2001 "Crawling" Hybrid Theory
2001 "In the End" Hybrid Theory
2001 "Papercut" Hybrid Theory
2002 "Pts.Of.Athrty/H! Vltg3" Reanimation
2003 "Somewhere I Belong" Meteora
2003 "Faint" Meteora
2003 "Numb" Meteora
2004 "Lying From You" Meteora
2004 "From the Inside" Meteora
2004 "Breaking the Habit" Meteora
2004 "Numb/Encore" (with Jay-Z) Collision Course
2007 "What I've Done" Minutes to Midnight
2007 "Bleed It Out" Minutes to Midnight
2007 "Shadow Of the Day" Minutes to Midnight
2008 "Given Up" Minutes to Midnight
2008 "We Made It" (with Busta Rhymes)
2008 "Leave Out All the Rest" Minutes to Midnight
2009 "New Divide"
2010 "The Catalyst" A Thousand Suns
2010 "Waiting for the End A Thousand Suns
2011 "Burning in the Skies" A Thousand Suns
2011 "Iridescent" A Thousand Suns
  • 2000 „Crawling“
  • 2000 „In The End“
  • 2000 „Frat Party At The Pankake Festival“
  • 2002 „Reanimation (DVD-Audio)“
  • 2003 „The Making Of Meteora“
  • 2004 „Breaking The Habit“
  • 2003 „Live In Texas“
  • 2004 „Collision Course“ (ft. Jay-Z)

Videokliplar

tahrir
  • Hybrid Theory albomidan videokliplar
  1. „One Step Closer“ (2000)
  2. „Crawling“ (2001)
  3. „Papercut“ (2001) (International)
  4. „In The End“ (2001)
  5. "Points Of Authority (2001) (International) (Not Official)
  • The X-Ecutioners bilan birgalikdagi video
  1. „Itʼs Going Down“ (2002)
  • Reanimation albomiga videokliplar
  1. „Opening“ (2002 MTV Flashback)
  2. „Pts.Of.Athrty“ (2002 MTV Flashback)
  3. „Enth E Nd“ (2002 MTV Flashback)
  4. „[Chali]“ (2002 MTV Flashback)
  5. „Frgt/10“ (2002 MTV Flashback)
  6. „P5hng Me A*wy“ (2002 MTV Flashback)
  7. „Plc.4 Mie HÆD“ (2002 MTV Flashback)
  8. „X-Ecutioner Style“ (2002 MTV Flashback)
  9. „H! Vltg3“ (2002 MTV Flashback)
  10. „[Riff Raff]“ (2002 MTV Flashback)
  11. „Wth>You“ (2002 MTV Flashback)
  12. „Ntr\Mssion“ (2002 MTV Flashback)
  13. „Ppr:Kut“ (2002 MTV Flashback)
  14. „Rnw@y“ (2002 MTV Flashback)
  15. „My<Dsmbr“ (2002 MTV Flashback)
  16. „[Stef]“ (2002 MTV Flashback)
  17. „By_Myslf“ (2002 MTV Flashback)
  18. „Kyur4 Th Ich“ (2002 MTV Flashback)
  19. „1Stp Klosr“ (2002 MTV Flashback)
  20. „Krwlng“ (2002 MTV Flashback)
  21. „Pts.Of.Athrty“ (2002 played on MTV normal video play)
  • Meteora albomiga videokliplar
  1. „Somewhere I Belong“ (2003)
  2. „Faint“ (2003)
  3. „Numb“ (2003)
  4. „From The Inside“ (2003) (International)
  5. „Breaking The Habit“ (2004)
  • Collision Course albomiga video
  1. „Numb/Encore“ feat. Jay-Z (2004)
  • Minutes to Midnight albomiga video
  1. „What I've Done“ (2007)
  2. „Bleed It Out“ (2007)
  3. „Shadow of the Day“ (2007)
  4. „Leave Out All the Rest“ (2008)
  • Busta Rhymes bilan birgalikdagi video
  1. „We Made It“ (2008)
  • Transformers 2 bilan birgalikdagi video
  1. „New Divide“ (2009)
  • A Thousand Suns albomiga video
  1. „The Catalyst“ (2010)
  2. „Waiting for the End“ (2010)
  3. „Burning in the Skies“ (2011)
  4. „Iridescent“ (2011)

Manbalar

tahrir
  1. arxiv nusxasi, 2019-07-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-03

Havolalar

tahrir
Linkin Park
Hozirgi tarkib: Rob Bourdon | Brad Delson | Dave "Phoenix" Farrell | Joe Hahn | Mike Shinoda
Sobiq tarkib: Chester Bennington | Kyle Christener | Scott Koziol | Mark Wakefield
Diskografiya
Studiyaviy albomlar: Hybrid Theory | Meteora | Minutes to Midnight | A Thousand Suns
Singllar: One Step Closer | Crawling | Papercut | In the End | It's Goin Down | Pts.OF.Athrty | Somewhere I Belong | Faint | Numb | From the Inside | Lying from You | Breaking the Habit | Numb/Encore | What I've Done | Bleed It Out | Shadow of the Day | Given Up | We Made It | Leave Out All the Rest | New Divide | The Catalyst | Waiting for the End | Burning in the Skies | Iridescent
  NODES
Intern 3
mac 21
os 32