Lyaonin — Xitoyning shimoli-sharqiy qismidagi provinsiya. Jan.dan Sariq dengiz oʻrab turadi. Maydoni 151 ming km². Axoliyey 41,57 mln. kishi (1998). Maʼmuriy markazi — Shenyan shahri Yer yuzasi oʻrqirli (30% maydoni tekislik), sharqida togʻli. Iqlimi mussonli iqlim, yozi issiq va sernam, qishi sovuq, qor kam yogʻadi. Yiliga 500–1000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryosi — Lyaoxe. Togʻlar keng bargli va igna bargli oʻrmonlar bilan krplangan, tekislik qismi dasht. L. — mamlakatning muhim sanoat rayonlaridan. Konchilik sanoati (toshkoʻmir, yonuvchi slanets, temir rudasi, rangli metall rudalari olinadi), kora va rangli metallurgiya, ma-shinasozlik (kemasozlik, vagonsozlik, elektrotexnika buyumlari, kon sanoati jixrzlari, stanoklar, traktorlar ishlab chiqarish) rivojlangan. Kime, neftni qayta ishlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Shenyan, Anipan, Bensi, Fushun. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Bugʻdoy, sholi, makkajoʻxori yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan paxta, kanop, tamaki, yer yongʻoq ekiladi. Ipakchilik rivojlangan. Baliqovlanadi. Tuz olinadi. Asosiy portlari — Dalyan, Inkou.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES
mac 1
os 11