MALPIGI (Malpighi) Marchello (1628.10.3, Krevalkore - 1694.30.11, Rim) — italiyalik biolog va vrach. London Qirollik jamiyati aʼzosi. Tibbiyot d-ri (1653-yildan), professor (1656—91). Mikroskopda oʻsimlik va hayvonlar anatomiyasini oʻrganib, ularning hujayradan tuzilganligini taʼriflab berdi. Oʻrgimchaksimonlar, koʻpoyoqlilar va hasharotlar talogʻining limfa tanachalari, buyrak chigallarini, chiqarish organlarini (qarang Malpigi naychalari), terining oʻsish qavatini, shuningdek, oʻpka alveolalari, tildagi taʼm bilish soʻrgʻichlarini tavsifladi. Kapillyarlarda qon aylanishini aniqladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES